4
grammatik-semantik shakllanishi boshqaradi. Masalan,
Muhayyo, Surayyo, Ra'no,
Muqaddas, Ko’zimni yashnatib, kiyibsiz atlas
(X.Saloh) gapida vergul uch xil
vazifada: 1) uyushgan undalmalarni biriktirish; 2) ularni
gap bilan grammatik
bog’lanmaganligi uchun gapdan ajratish; 3) oborotdagi qisqa
pauzani qoplash
uchun qo’llanilganki, buni shu gapning konkret sintaktik qurilishi taqozo qilgan.
Punktuatsiya
sintaktik fonetika
,
gap ohangi
bilan uzviy bog’lan-gan.
Ohang (intonatsiya) ovozning rang-barang tovlanishi: tinch boshla-nishi,
ko’tarilishi (kulminatsiyasi), pasayishi, susayishi, tinishi (uzilishi); tempi: tez va
sekinligi, osoyishtaligi; sifati: cho’ziq, qisqaligi, kuchli va kuchsizligi; davriy va
davomliligi, takrorlanishi kabilarda ko’rinadi.
Ohang juda murakkab bo’lib, urg’u, pauzalar, melodika kabilar uning
komponentlari hisoblanadi. Ohang gap mazmun-mundarijasining ajralmas qismi:
usiz gap shakllanmaydi, gapning kommunikativ (aloqa-aralashuv) vazifasini ohang
boshqaradi. Ohangning o’zgarishi gapning mazmun va tuzilish jihatidan o’zgarib
ketishiga sabab bo’ladi: mazmun farqlaydi, gap qayta shakllanadi. Quyidagi
gaplarning ohangini qiyos-laylik:
1.
Turg’un ukam vrach bo’ldi
.
2.
Turg’un, ukam, vrach bo’ldi.
3.
Turg’un – ukam vrach bo’ldi.
4.
Turg’un, ukam vrach bo’ldi.
1-gapda Turg’un bilan ukam o’rtasida pauza yo’q: Turg’un – aniq-lovchi,
ukam – ega; 2-gapda Turg’un bilan ukam sanash ohangi bilan aytiladi: uyushiq
egalar; 3-gapda "ukam" gapga nisbatan sal tez va pasayuvchi ohang bilan aytiladi:
ajratilgan bo’lak; 4-gapda Turg’un so’zi murojaat ohangi bilan gapdan ajratilib,
biroz pauza qilinadi: undalma.
Siz bor, men bor
qurilmasi ohangning o’zgarishi tufayli uyushiq bog’lovchisiz
qo’shma gap (
Siz bor, men bor va boshqalar bor
kabi); sabab ergash gapli qo’shma
gapga sinonim bo’lgan bog’lovchisiz qo’shma gap (
Siz bor – men
bor
//
Siz borligingiz tufayli men bor
) kabi shakllarda shakllanishi mumkin.
Punktuatsiya bilan ohang qanchalik yaqin bo’lmasin, ular o’ziga xosligi,
qimmati jihatidan har xil baholanadi: ohang (gap ohangi) – birlamchi, material
tushuncha; punktogrammalar (tinish belgilari) – hosila; ohangning mahsuli, uni aks
ettiruvchi shartli simvollardir. Punktogrammalar ohang ohangga qarab qo’yiladi.
Matn har bir gapning mazmun va grammatik, intonatsion xususiyatlaridan kelib
chiqib o’qila-di. Punktogrammalarning to’g’ri yoki noto’g’ri qo’yilganligini gap
mazmuni boshqaradi,
"Tinish belgilariga rioya qilib o’qish"
iborasi ham,
"Deyarli
5
barcha tinish belgilari "o’qiladi"
(A.M.Peshkovskiy), deyilgan fikrlar ham tinish
belgilari to’g’ri qo’yilgan normal matnlarga nisbatan aytilgandir.
O’zbek tilida ham punktogrammalarni qo’llashning o’z
asoslari va shartlari
mavjud. Tinish belgilarining qo’llanishida: 1) gapning tuzilishi, 2) mazmuni, 3)
ohangi asos qilib olinadi. Tinish belgilarining o’rni va vazifasini belgilashda mana
shu uch xil hodisa
alohida-alohida emas, balki ularning bir bugunligi nazarda
tutiladi. Chunki bular o’zaro bog’langan bir hodisaning uch tomoni – uch
xususiyatidir. Nutqning tuzilishi, mazmuni, ohangi o’zaro zich bog’langan bo’lib,
har qanday gapda shu uch xususiyat mujassamlashgan bo’ladi. Masalan,
Opalar,
singillar! Bu savollar majlisda berilsin!
(A.Q.) gapi: 1) tuzilishi jihatidan sodda, 2)
buyruq bilan birga emotsiya, murojaat ifodalangan, unda gap bilan grammatik
bog’lanmagan so’zlar (opalar, singillar) bor, 3) ko’ta-riluvchi ohangi ohangga ega.
Punktuatsiya asoslaridan kelib chiqib, tinish belgilari qo’llashning quyidagi
asoslarini ko’rsatamiz:
1.
Do'stlaringiz bilan baham: