272
iste’molchilarning
talablariga
va
ilmiy-texnika
taraqqiyoti
yutuqlariga javob beradigan harakatchan ishlab chiqarishni
yaratishiga bog‘liq.
12.2. Foyda, uni shakllantirish va undan foydalanish
XYuSning barcha moliyaviy resurslari o‘z mablag‘lari
hisobidan, moliya va kredit bozorlaridan jalb qilinadigan resurslar
hisobidan, uzoq va qisqa muddatli kreditlar
hamda kreditorlik
qarzlaridan
iborat
bo‘lgan
qarz mablag‘lari ko‘rinishidagi
resurslardan tashkil topadi.
XYuSning o‘z mablag‘lari quyidagilar manbalar hisobidan
shakllanadi:
• mahsulotni realizatsiya qilishdan olingan tushum;
• moliyaviy operatsiyalardan keladigan daromadlar;
• investitsion faoliyatdan olingan daromadlar;
• boshqa daromadlar.
Shuningdek, o‘z faoliyati hisobidan pullarning kelib tushishi
amortizatsiya ajratmalari, chiqib ketgan mol-mulkni sotish,
maqsadli tushilmalar, qurilishda ichki resurslarni mobilizatsiya
qilish, XYuS ishtirokchilarining a’zolik va boshqa badallarining
kelib tushishi hisobidan ham amalga oshirilishi mumkin.
Moliyaviy bozordan jalb qilinadigan resurslar aksiya,
obligatsiya va boshqa qimmatli qog‘ozlarning emissiyasi va
sotilishi natijasida va shuningdek, kreditlar hisobidan shakllanadi.
Qayta taqsimlash tartibida olinadigan tushilmalarga sug‘urta
qoplamalari, xoldinglar, assotsiatsiyalar yoki boshqa tarmoq
tuzilmalaridan kelib tushadigan moliyaviy resurslar kiradi.
Investitsion faoliyatdan resurslar XYuSga qimmatli qog‘ozlar,
boshqa XYuSlarga hissali ishtirok etishdan va h.k.lardan
olinadigan dividendlar va foizlar ko‘rinishida kelib tushadi.
Yuqoridagi barcha manbalar hisobidan XYuSning xarajatlari
amalga oshiriladi.
XYuSning daromadlari va xarajatlari, uning byudjet va
byudjetdan tashqari davlat maxsus fondlari bilan o‘zaro aloqalari
choraklarga bo‘lingan tarzda tegishli yil uchun tuziladigan
moliyaviy rejada o‘z aksini topadi. Moliyaviy reja XYuS moliyaviy
faoliyatining tashkil qilinishi va uning natijasi hisoblangan foydani
aks ettiruvchi asosiy hujjat bo‘lib xizmat qiladi.
257
Muomala sohasida bunday omillar qatoriga mol yetkazib
beruvchilar va iste’molchilar bilan ishlarni yaxshilash, xo‘jalik
aloqalarining
samarali
usullaridan
foydalanish,
zamonaviy
marketingni amalga oshirish, tayyor mahsulot zaxiralarini
kamaytirish va uning realizatsiya qilinishini tezlashtirish kabilar
kiradi. To‘lov qobiliyatini mustahkamlash va mablag‘larning
aylanuvchanligini tezlashtirish maqsadida debitorlik qarzlari va pul
oqimlarini boshqarishni yaxshilash ham bu o‘rinda alohida
ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: