11.3. Aylanma mablag‘larni me’yor (norma)lashtirish
Aylanma kapitalni rejalashtirish va undan foydalanishni
tashkil qilish uchun unga nisbatan bo‘lgan ehtiyojni aniqlash
usullari va rejalashtirish tizimini ishlab chiqmoq lozim. Moddiy
resurslar va ular zaxiralarining harakatini boshqarish tizimini
avtomatlashtirish xususida o‘ylamoq, aylanma kapital va uni
shakllantirish manbalaridan samarali foydalanish, materiallarning
sarflanishi va ularning saqlanishi ustidan nazoratni ta’minlash
kerak.
Yuqoridagilarni amalga oshirish maqsadlariga xizmat qilish
uchun aylanma mablag‘lar quyidagi ikki ikki guruhga bo‘linadi:
• me’yor (norma)lashtiriladigan aylanma mablag‘lar;
• me’yor (norma)lashtirilmaydigan aylanma mablag‘lar.
Me’yorlashtiriladigan aylanma mablag‘larga aylanma ishlab
chiqarish fondlari va realizatsiya qilinmagan tayyor mahsulot
zaxiralari kiradi. Me’yorlashtirilmaydigan aylanma mablag‘lar esa
ombordagi tayyor mahsulot zaxiralaridan tashqari muomala
fondlarining barcha elementlarini o‘z tarkibiga oladi. Aylanma
kapitalning o‘lchamini optimallashtirish uchun moddiy aylanma
mablag‘larning rejalashtirilishi amalga oshiriladi.
Moddiy aylanma mablag‘larni rejalashtirishning asosini
normativ usul tashkil etadi. Unga ko‘ra aylanma mablag‘larning
normativi belgilanadi, transport, sug‘urta, tayyorgarlik, texnologik,
joriy zaxiralarni ham qo‘shgan holda zaxiralar normalashtiriladi,
moddiy resurslarning barcha ko‘rinishlari, tugallanmagan ishlab
chiqarish, ombordagi tayyor mahsulotga nisbatan xarajatlar
normasi o‘rnatiladi.
258
Aylanma mablag‘larni me’yorlashtirish jarayoni bir necha
bosqichlardan iborat. Dastlab, aylanma mablag‘larning har bir
elementi bo‘yicha ishlab chiqarish zaxiralarining normasi ishlab
chiqiladi. Ishlab chiqarish zaxiralarining me’yori ishlab chiqarish
jarayonining uzluksizligini ta’minlovchi ularning ilmiy asoslangan
rejali hajmidan iborat bo‘lib, u eng avvalo, quyidagilarni o‘z ichiga
oluvchi XYuS ish sharoitiga bog‘liq:
• ishlab chiqarish siklining uzoq-yaqinligi;
• ishlab chiqarishga materiallarni kiritish davri;
• mol yetkazib beruvchilarning uzoqligi;
• mol yetkazib berish partiyalarining kompleksligi yoki hajmi;
• materiallar sifati;
• hisob-kitoblar tizimi;
• va boshqalar.
Norma (me’yor) normalashtiriladigan moddiy resurslarga
(ularning har bir turi bo‘yicha) bo‘lgan o‘rtacha kunlik
ehtiyojlarning hajmi va mol yetkazib berishlar o‘rtacha intervali
(oraliq)ning uzunligini hisobga olgan holda kunlik zaxiralarda
o‘rnatiladi (belgilanadi). Demak, agar ana shu oraliq, masalan, 24
kunga teng bo‘lgan bo‘lsa, shunga mos ravishda zaxiralar shu
kunlar oralig‘ida ishlab chiqarish siklining normal (sog‘lom)
rivojlanishini ta’minlashga yetarli bo‘lmog‘i lozim.
Kunlarda ifodalangan zaxiralar va ma’lum bir ko‘rinishdagi
tovar-moddiy boyliklar xarajatlarining normasi (me’yori) asosida
normalashtiriladigan zaxiralarni yaratish uchun zarur bo‘lgan
aylanma mablag‘larning hajmi aniqlanadi. Agar me’yor kunlarda
aniqlansa (belgilansa), u holda aylanma mablag‘larning normativi
XYuSning sog‘lom (normal) faoliyat ko‘rsatishi uchun minimal
darajada
zarur
bo‘lgan
tovar-moddiy
boyliklarning
pulda
ifodalangan rejalashtirilgan zaxiralaridan iboratdir.
Qandaydir bir resurslarning zaxiralariga avanslashtiriladigan
aylanma mablag‘lar normativining formulasi quyidagi ko‘rinishga
ega:
Do'stlaringiz bilan baham: |