M
с
= (
∆
F : M
р
) x 100%
Bu yerda: M
с
– moliyaviy samaradorlik;
∆
F – foydaning o‘sgan qismi;
M
р
– moliyaviy resurslar.
Asosiy kapitalning rivojlanishi va uning moliyaviy jihatdan
ta’minlanishini boshqarishda asosiy ishlab chiqarish fondlaridan
foydalanishning samaradorligini baholash alohida ahamiyat kasb
etadiki, uning juda ko‘p jihatlari mavjud.
Bu yerda, eng avvalo, davlat, mulkdorlar, boshqaruvchilar va
xodim (ishchi)lar manfaatlarini birgalikda qarash jihati juda
muhimdir. Davlat manfaatlari, bir tomondan, XYuSlarning soliq
to‘lovlarini maksimallashtirish maqsadida balans foydaning
maksimallashtirilishini ko‘zda tutadi. Ikkinchi tomondan esa,
foydadan soliq to‘lovlari foydaning kengaytirilgan ilmtalab
takror
ishlab chiqarishga qayta investitsiya qilinishini hisobga olgan
holda optimallashtirilmog‘i lozim.
Juda ko‘p hollarda mulkdorlar va boshqaruvchilar manfaatlari
bir-biriga mos keladi. Mulkdorlar uchun ham, boshqaruvchilar
uchun ham bir aksiyaga to‘g‘ri keluvchi foyda summasining o‘sishi
orqali aksionerlar daromadlarini maksimallashtirish maqsadini
amalga oshirish alohida ahamiyat kasb etadi.
Odatda, daromadlarni maksimallashtirish ishlab chiqarish-
ning samaradorligini oshirish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish
hisobidan erishiladi. U rentabellik va mehnat unumdorligi, fond
qaytimining oshishi, xarajatlarning qisqarishi, aylanma mablag‘lar
aylanishining tezlashuvi, mahsulot sifatining oshishi, asosiy
fondlarning yangilanishi, innovatsion texnologiyalar va boshqaruv
metodlaridan foydalanish bilan bog‘liq.
Boshqaruv qarorlarida dividend siyosatini oqilona shakllan-
tirish muhim ahamiyatga egaki, u sof foydani dividendlar to‘lashga
248
va uni jamg‘arishga yo‘naltirishga oqilona taqsimlanishini nazarda
tutadi.
XYuS xodim (ishchi)lari manfaatlari nuqtayi nazaridan
faqatgina moliyaviy natija emas, balki o‘zining tarkibiga ish haqi
va uning o‘sishi, ijtimoiy dasturlar va mehnat sharoitlarini
yaxshilashga qaratilgan XYuS xarajatlari hisobidan vujudga
keladigan moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarning o‘sishini qamrab
oluvchi ijtimoiy-iqtisodiy samara ham muhimdir.
Asosiy kapitaldan samarali foydalanishni baholashda XYuS
moliya-xo‘jalik faoliyatining natijaliligini ochib beruvchi umumiy
moliyaviy-iqtisodiy
ko‘rsatkichlardan
foydalanish
maqsadga
muvofiq. Bu yerda hal qiluvchi va aniqlovchi ko‘rsatkich sifatida
ishlab
chiqarishning
umumiy
rentabelligi
ko‘rsatkichidan
foydalanish mumkin. U samaradorlikni baholashning me’zoni
bo‘lib xizmat qiladi va quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |