Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollar
• XYuSlar moliyaviy resurslarining mazmuni va shakllarini
tushuntirib bering.
• XYuS vositalarining “pul shakli” va “pul qiymati”
tushunchalari o‘rtasida qanday farqlar mavjud?
• XYuSning kapitali deganda nima tushuniladi?
• Kapital mavjudligi va harakatining boshqa pulsiz shakllari
nimalardan iborat?
• Takror ishlab chiqarish jarayonining doiraviy aylanishiga
kiritilgan va uning egasiga daromad keltiruvchi har qanday mulkiy
va intellektual boylik kapital bo‘lishi mumkinmi?
• Tijorat XYuSlarning moliyaviy resurslari dastlab nimalar
hisobidan shakllantiriladi?
• Tushum xarajatlarni moliyalashtirish va kengaytirilgan takror
ishlab chiqarish jarayonini davom etttirishni ta’minlovchi qanday
pul mablag‘lari fondlariga bo‘linadi?
• Amortizatsiya
ajratmalari
fondi
XYuSlar
moliyaviy
resurslarining tarkibiy tuzilmasida qanday rol o‘ynaydi?
• XYuS moliyaviy resurslari tarkibiy tuzilmasida foydaning o‘rni
qanday?
• Tijorat
XYuSlarning
moliyaviy
resurslari
qanday
manbalardan tashkil topadi?
• XYuS moliyaviy resurslaridan foydalanish samaradorligini
formula orqali qanday tasavvur etish mumkin?
• Pul (P
*
) go‘yo to‘g‘ridan-to‘g‘ri puldan (P) hosil qilinganda
moliyaviy samaradorlikni aniqlash formulasi qanday ko‘rinishni
oladi?
• Bevosita moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish natijasida
XYuS tomonidan olingan daromad tarkibiga nimalar kiradi?
• Real sektor XYuSlarida, moddiy ishlab chiqarishda moliyaviy
resurslardan foydalanishning samaradorligini mos ravishda
baholash talablariga qanday ko‘rsatkich javob beradi?
• XYuSning iqtisodiy rentabelligi yoki biznesning rentabelligi
qanday aniqlanadi?
• XYuS moliyaviy resurslaridan foydalanish samaradorligini
tahlil qilishda qanday ko‘rsatkichlardan foydalaniladi?
• Sof moliyaviy ko‘rsatkichlar qatoriga qanday koeffitsiyentlarni
kiritish va ular yordamida XYuSning qobiliyatini qanday baholash
mumkin?
• Absolyut likvidlik, muddatli likvidlik va joriy likvidlik
koeffitsiyentlari qanday aniqlanadi?
225
kreditorlik qarzlari ko‘rinishlarida jalb qilingan qarz kapitaldan
foydalanish ular jalb qilingunga qadar erishilgan rentabellik
darajasidan ko‘ra yuqoriroq bo‘lgan rentabellik darajasiga
erishishni ta’minlasagina samarali bo‘lishi mumkin. Bu, o‘z
navbatida, XYuSdan qarz mablag‘larni yanada samaraliroq
foydalanish imkonini beruvchi biznes-loyihalarni ishlab chiqishni
talab qiladi. Faqat shu holdagina moliyaviy leverij yoki moliyaviy
dastak samarasi vujudga kelishi mumkin. Rentabellikning yangi
darajasi XYuS kreditdan foydalanganligi uchun bank kreditining
foizini va qaytarilish muddati o‘tkazib yuborilgan kreditorlik qarzlari
uchun to‘lov (penya)larni to‘lashni yyetarli darajada (hatto ancha
oshgan holda) qoplashi kerak. Qarz mablag‘lardan foydalanish
XYuSning maksimal qo‘shimcha foyda olishini ta’minlamog‘i
lozim. Moliyaviy leverij samarasini olish va uni taqsimlashning
umumiy ko‘rinishi quyidagi chizmada keltirilgan:
9.3.2-chizma. Moliyaviy leverij samarasini olish va uni
Do'stlaringiz bilan baham: |