Kxf = T : A
Bu yerda: Kxf – xo‘jalik faolligi koeffitsiyenti;
T – tushum;
A – barcha aktivlarning o‘rtacha qiymati.
Bu ko‘rsatkich bir so‘mlik foydalanilayotgan aktivlarga to‘g‘ri
keluvchi tushumni ifodalaydi. Uning o‘sishi XYuS boshqa barcha
moliyaviy ko‘rsatkichlarining ko‘payishi uchun asos bo‘lib xizmat
qiladi.
217
Aktivlarga joylashtirilgan kapitalning oqilona tarkibiy tuzilishi
ham muhim ahamiyatga ega. Uzluksiz ravishda doiraviy
aylanadigan va daromadlarning olinishiga xizmat qiladigan
aylanma aktivlarga moddiylashtirilgan kapital XYuS faoliyatida
faol rol o‘ynaydi. Shuning uchun ham aylanma aktivlarga
qo‘yilgan (joylashtirilgan) tez aylanayotgan kapitalning barcha
foydalanilayotgan kapitalga nisbati kapital noishlab chiqarish
qobiliyatining oshganligini aks ettiradi. Buni formula yordamida
quyidagicha ko‘rsatish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |