Sotsial-demokratik oqimda moliya masalalari. Shu
davrning o‘zida iqtisodiyot fanida sotsial-demokratik oqim
rivojlanib, u K. Marks va F. Engelsning rossiyalik izdoshlari
tomonidan amalga oshirildi. Barcha sotsial-demokratlar uchun
umumiy holat, bu moliyaviy hayot voqeliklarini tadqiq etishda
yuzaki yondashish bo‘lib, nazariy ishlanmalarning hokimiyat
uchun
siyosiy
kurashning
bir
daqiqalik
ehtiyojlariga
bo‘ysundirilganligi bilan xarakterlanadi. Bu oqimning yaqqol
namoyandasi V.I.Lenin (1870-1924 yillar) edi.
Oktyabr davlat to‘ntarilishiga qadar yozilgan V.I.Lenin
ishlarining asosiy mazmuni Rossiya moliyaviy siyosatni tanqid
qilishdan iborat bo‘lgan. Maqolalari va chiqishlarida u byudjetning
daromadlar va xarajatlar tizimini tanqidiy ko‘rib chiqqan, egri
(bilvosita) soliqlarning ijtimoiy tavsifini ochib bergan va Oktyabr
davlat to‘ntarilishi arafasida davlat moliyaviy ahvolining ayanchli
ekanligini ko‘rsatgan.
1917-yilda V.I.Lenin tomonidan bolsheviklar partiyasining
iqtisodiy platformasi ishlab chiqiladi va u RSDRP (b)ning VI
syezdida qabul qilinadi. Unda pul, moliya va kredit masalalariga
ko‘p e’tibor qaratilgan edi. Xususan, bu iqtisodiy platformaga
muvofiq bank ishining milliylashtirilishi va markazlashtirilishi,
sug‘urta ishining milliylashtirilishi, qog‘oz pullarni chiqarishning
to‘xtatilishi, ichki va tashqi qarzlarni to‘lashdan voz kechish,
mulkka va mulkning o‘sishiga solinadigan yuqori stavkali soliqni
joriy etish, daromad solig‘ini isloh etish va kapitalistlarning
205
• “Tizilgan byudjet stabilizatorlari” nazariyasining negizini
ayting.
• Yangi mumtoz nazariyalarning vakillari va ularning asosiy
qarashlari mazmunini aytib bering.
• “Taklif iqtisodiyoti” nazariyasidagi yangi konservativ
yo‘nalishning asosiy mazmuni nimalardan iborat?
• A.Leffer soliq konsepsiyasining mashhur bo‘lish sababini
ayting.
• Postkeynschilar nazariyalarining mualliflari kimlar va ular
qanday g‘oyalarni ilgari surishgan?
• Xorijiy mualliflar moliyaviy konsepsiyalarining tahlili qanday
yakuniy xulosalarni chiqarishga imkon beradi?
• Oktyabr davlat to‘ntarilishiga qadar qaysi rus olimlarining
ishlarida moliya masalalari tadqiq etilgan?
• “Jamoa ehtiyojlarini qondirish” nazariyasining moliyaviy
jihatlari nimalardan iborat edi?
• Sotsial-demokratik oqimda moliya masalalari qanday talqin
qilingan?
• 1917-yilda V.I.Lenin tomonidan ishlab chiqilgan va RSDRP
(b)ning VI syezdida qabul qilingan bolsheviklar partiyasining
iqtisodiy platformasida pul, moliya va kredit sohasidagi qanday
masalalariga ko‘p e’tibor qaratilgan edi va ular qanday oqibatlarga
olib keldi?
• Sovet moliya fanining rivojlanishiga o‘ziga xos tarzda hissa
qo‘shgan olimlardan kimlarni bilasiz?
• Sovet moliya fani taraqqiyotining davrlarini shartli ravishda
qanday davrlarga bo‘lish mumkin va ularning namoyandalari
kimlar? Bu davrlarda ularning qanday asarlari vujudga keldi?
• 1950-yillarning oxiri va 1970-yillarning boshlarida sovet
moliya fani qanday natijalarga erishdi?
• Moliya nazariyasi masalalari bo‘yicha munozaralarning
mohiyati
qaysi
masalani
aniqlashga
qaratilgan
va
turli
konsepsiyalarning mualliflari qanday guruhlarga bo‘lingan?
Ularning bir-biridan farqli jihatlarini aytib bering.
• Sovet davrida moliya sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borgan
olimlardan kimlarni bilasiz? Ular ayrimlari asarlarining nomlarini
aytib bera olasizmi?
204
O‘zbekistonning mustaqillikka erishishi moliya fani oldiga
umumdavlat ahamiyatiga ega bo‘lgan ulkan vazifalar qo‘ydi.
Ularning eng muhimi mustaqil davlatning mustaqil moliyaviy
tizimni tashkil etishning nazariy va amaliy masalalarining
yechimini ishlab berish edi. O‘zbek moliyachi olimlari bu borada
tadqiqotlar olib bora boshlashdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |