Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


Oktyabr davlat to‘ntarilishiga qadar olimlarning ishlarida



Download 5,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/444
Sana22.12.2021
Hajmi5,3 Mb.
#122845
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   444
Bog'liq
Moliya 2020 (darslik)

Oktyabr davlat to‘ntarilishiga qadar olimlarning ishlarida 

moliya masalalari. Rossiya moliya fanining gullab-yashnashi XIX 

asrning  oxiri  va  XX  asrning  boshlariga  to‘g‘ri  kelib,  bu  davrda 

rossiyalik  iqtisodchilar  va  yuristlardan  I.Yanjul,  I.Ozerov, 

I.Kulisher,  L.Xodskiy,  V.Lebedev,  S.Ilovayskiy  va  boshqalarning 

eng mashhur asarlari e’lon qilindi. 

 

Rossiyalik  iqtisodchi  olimlar  moliya  fanining  ham  nazariy  va 



ham  amaliy  masalalarini  ishlab  chiqishdi.  Nazariyada  ular 

pragmatik 

yondashuvning 

vakillari 

hisoblanib, 

“jamoa 

ehtiyojlarini  qondirish”  nazariyasining  tarafdorlari  edilar.  Bu 

narsa  I.Ozerovning  “Moliya  fani  asoslari”  deb  nomlangan 

darsligida yaqqol namoyon bo‘lgan edi.  

                                                 

56

  O‘zbekistonda  tayyorlangan  darslikda  rossiyalik  iqtisodchilarning  moliyaviy  nazariyalarini  o‘rganish  masalasi 



ayrimlarning  e’tirozlariga  sabab  bo‘lishi  mumkin.  Lekin,  bizning  fikrimizcha,  X1X  asrning  60-yillarida  O‘rta 

Osiyoning  Rossiya  imperiyasi  tomonidan  ishg‘ol  etilganligi,  bu  erda  Qo‘qon  xonligi,  Buxoro  amirligi  va  Xiva 

xonligi  kabi  kapitalistik  emas,  balki  feodal  davlatlarning  mavjud  bo‘lganligi,  undan  keyingi  yillarda 

O‘zbekistonning  sobiq  SSSR  tarkibida  bo‘lganligi  va  bu  holatlarning  barchasi  tegishli  masalalarga  (shu  jumladan, 

moliya sohasidagi nazariyalarning yaratilishiga ham) o‘z ta’sirini ko‘rsatganligini xolisona tan olishimiz kerak. Shu 

sabablarga ko‘ra, mazkur darslikda rossiyalik moliyachilarning fanga qo‘shgan hissalari haqida qisqacha ma’lumot 

berishni maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz.  



196 

 

Davlat  moliyasini  tadqiq  qilish  shu  davrdagi  olimlarning 



ishlarida asosiy o‘rinni egallagan edi. Ta’kidlash joizki, bu davrda 

e’lon  qilingan  ishlarda  xususiy  xo‘jalik  moliyasi  to‘g‘risida 

masalalar,  hatto  biror  marta  ham,  esga  olinmagan.  Bir  vaqtning 

o‘zida, davlat daromadlariga oid masalalar: daromadlar tizimi, turli 

davlatlarda  ularning  rivojlanishi,  soliqlarni  byudjetga  undirish 

shakllari  va  tartiblari,  shu  jarayonlar  ustidan  davlat  tomonidan 

amalga  oshirilgan  nazorat,  byudjet  defitsitini  qoplash  manbalari, 

davlat kreditining rivojlanishi kabi masalalar tadqiq qilingan. 

 

Oktyabr  davlat  to‘ntarilishiga  qadar  moliyachilar  tomonidan 



o‘rganilgan  masalalarning  boshqa  bir  yo‘nalishi  byudjet  va 

mahalliy  byudjetlar  bilan  bog‘langan.  Ularda  markaziy  byudjet  va 

mahalliy  byudjetlarning  tuzilish  masalalari  va  byudjet  jarayoniga 

tegishli bo‘lgan boshqa masalalar ko‘rib chiqilgan. 

 


Download 5,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   444




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish