Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollar
• Odatda, moliyaviy nazorat qanday ikki yo‘nalishda
(aspektda) qaraladi?
• Moliyaviy nazorat deb nimaga aytiladi?
• Moliyaviy nazoratning predmeti qanday moliyaviy
ko‘rsatkichlardan iborat?
• Moliyaviy nazorat qanday sohalarga bo‘linadi?
• Nodavlat moliyaviy nazorati nechaga bo‘linadi?
• Moliyaviy nazorat o‘z ichiga qanday tekshiruvlarni
oladi?
• Taraqqiy etgan mamlakatlarda moliyaviy nazorat tizimi,
asosan, qanday elementlardan tashkil topadi?
• Moliyaviy nazoratning oldida turgan eng asosiy vazifalar
nimalardan iborat?
• Moliyaviy nazoratni tashkil etishning asosiy prinsiplari
tarkibiga nimalar kiradi?
• Moliyaviy nazoratni amalga oshiruvchi subyektlarga
ko‘ra uning qanday turlari mavjud?
• Moliyaviy nazoratning shakllarini qanday mezonlar
bo‘yicha klassifikatsiya qilish qabul qilingan?
• Amalga oshirilish reglamenti bo‘yicha moliyaviy
nazoratning shakllari nimalardan iborat bo‘lishi mumkin?
• O‘tkazilish vaqti bo‘yicha moliyaviy nazoratning shakllari
o‘z ichiga nimalarni oladi?
• Nazoratning subyektlari bo‘yicha moliyaviy nazoratning
qanday shakllari bo‘lishi mumkin?
187
manfaatlarini hisobga olgan holda o‘z siyosatini o‘zgartirishga
hukumatni chaqiruvchi iqtisodchilarning asarlari paydo bo‘ldi.
Ingliz olimi J.S.Mill (1806-1873-yillar) mamlakatda ijtimoiy
keskinlashuvni yumshatish maqsadida daromadlarni taqsimlash
sohasida o‘zgartirishlar kiritish taklifi bilan maydonga chiqdi.
Boylikni nisbatan tekisroq (tengroq) taqsimlash uchun u
tomonidan oqilona soliq tizimining yangi prinsiplari ishlab chiqildi.
Hayot kechirish uchun zarur sanalgan daromadga teng bo‘lgan
daromadlarni soliqqa tortishda soliqqa tortilmaydigan minimumni
joriy etish g‘oyasi aynan unga tegishlidir.
J.S.Mill “xizmatlarning soliq nazariyasi”ni ishlab chiqdiki,
unga muvofiq ravishda har bir shaxs davlatdan olinadigan qo‘llab-
quvvatlashlar uchun o‘z daromadlarining bir qismini davlatga
berishi kerak. U soliqlar va davlat xarajatlari o‘rtasida bog‘liqlikni
o‘rnatib, soliqlarni davlat xarajatlari bilan uzviy ravishda
bog‘lagan.
Bu holatlar keyinroq shved iqtisodchilari K.Viksel va E.Lindal
tomonidan yanada rivojlantirildi. Bizning davrimizda esa bu
nazariya amerikalik iqtisodchi olim P.Samuelson qarashlarining
shakllanishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi va u soliqlarning o‘sishi davlat
xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojning o‘sishi bilan birgalikda yuz berishi
kerak, deb hisobladi.
Shveytsariyalik iqtisodchi J.Sismondi (1773-1842-yillar)
rivojlangan davlatlarning moliyaviy siyosatini tanqid qilib, mayda
tovar xo‘jaliklarini himoya qilgan. Uning chiqishlari, asosan,
proteksionizm siyosatiga (masalan, donni import qilish bo‘yicha
ingliz yuqori bojxona bojlari) qarshi qaratilgan bo‘lib, bunday
siyosatni u millatga ziyon yetkazuvchi siyosat deb hisobladi.
Ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi uchun tegishli sharoitni
yaratish borasidagi proteksionizm siyosatining ijobiy tomonlarini
ko‘ra olmasdan, mamlakat iqtisodiyotida uzluksiz ravishda katta
rol o‘ynab borayotgan o‘sib boruvchi yirik kapitalning ahamiyatini
u yetarlicha baholay olmadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |