Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


Moliyaviy muammolar markschilar asarlarida



Download 5,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/444
Sana22.12.2021
Hajmi5,3 Mb.
#122845
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   444
Bog'liq
Moliya 2020 (darslik)

Moliyaviy muammolar markschilar asarlarida.  

XIX  asrning  o‘rtalaridan  uning  oxirigacha  moliya  fani 

marksistik  ta’limotning  ta’siri  ostida  bo‘ldi.  Kapitalizm  sharoitida 

moliyaning  mohiyati,  ayrim  moliyaviy  kategoriyalarning  roli  va 

ahamiyati  K.Marks  (1813-1883-yillar)  va  F.Engels  (1820-1895 

yillar)  tomonidan  ishlab  chiqildi.  Albatta,  davlat  moliyasi 

masalalariga  bag‘ishlangan  maxsus  katta  ishlar  ularda  bo‘lmasa-

da,  shunday  bo‘lishiga  qaramasdan,  kapitalizmning  juda  ko‘p 

moliyaviy muammolari ularning qator asosiy  asarlarida, jumladan 

“Siyosiy iqtisod tanqidi”, “Kapital” nomli asarlarida va XIX asrning 

o‘rtalaridagi  ingliz  byudjetlari, 1840-yillardagi  pruss  va  fransuz 

byudjetlarining tavsifiga bag‘ishlangan ko‘p sonli maqolalarida o‘z 

aksini  topdi.  K.Marks  monopolistik  kapitalizmgacha  bo‘lgan 

davrdagi 

davlat 

byudjetlarining 

sinfiy 

xarakterini, 

davlat 

xarajatlarining  unumsiz,  xalqqa  qarshi  xarakterini  ochib  berdi  va 

davlat qarzlarining soliqlar bilan bog‘langanligini ko‘rsatdi. 

Kapitalning  dastlabki  jamg‘arilish  usullarini  tadqiq  qilib, 

ularning  safiga  birinchi  navbatda,  moliyaviy  metodlar  sifatida 

davlat  xarajatlari,  davlat  krediti  va  soliq  tizimini  kiritdi.  Uning 

fikricha,  aynan  ana  shu  metodlar  kapital  jamg‘arilishining  yuqori 

sur’atlarda  o‘sishini  ta’minladi,  kapitalistik  ishlab  chiqarishning 

shiddatli rivojlanishi uchun moddiy shart-sharoitlarni yaratdi. 

K.Marks  va  F.Engels  eng  muhim  moliyaviy  kategoriya 

hisoblangan  soliqlarga  jiddiy  e’tibor  berishdi.  Ularning  mohiyatini 

o‘rganib,  soliqlar  barcha  mehnatkashlar  uchun  qo‘shimcha 

ekspluatatsiya qilishning quroli ekanligini doimiy ravishda ta’kidlab 

keldilar.  Soliqqa  tortishni  baholashda  K.Marks  to‘g‘ridan-to‘g‘ri 

181 

Auditorlik  faoliyatini  litsenziyalash  O‘zbekiston  Respublikasi 



Moliya  vazirligi  (litsenziyalovchi  organ)  tomonidan  amalga 

oshiriladi. 

Auditorlik  faoliyati  mustaqillik,  xolislik,  erkinlik,  professional 

malakalilik va maxfiylik prinsiplari asosida amalga oshiriladi. Audit 

nazoratining  asosiy  tamoyili  uning  mustaqilligi  bo‘lib,  bunda 

asosan 


tekshirilayotgan 

subyektning 

moliyaviy 

hisoboti 

to‘g‘risidagi kasbiy fikrini ifodalashda biror tomonning ta’siri ostida 

bo‘lishdan uning ozod ekanligini tushunish lozim. Shu bilan birga, 

yana  shuni  hisobga  olish  kerakki,  audit  barcha  mamlakatlarda 

yyetarli darajada qattiq tartibga solinadi. 

Ayrim davlatlarda (masalan, Fransiyada) bu jarayonga davlat 

aralashib, u audit me’yori va normativlarini belgilaydi, auditorlarni 

va  auditorlik  firmalarini  ro‘yxatdan  o‘tkazadi  hamda  ularning 

faoliyati  ustidan  nazorat  o‘rnatadi.  O‘zbekistonda  ham  xuddi 

shunday  ahvol  tarkib  topgan  bo‘lib,  bu  yerda  davlat  auditorlik 

faoliyatini  tartibga  solishni  faol  amalga  oshiradi.  U  moliyaviy 

qiyinchiliklari  iqtisodiyotga  ta’sir  etishi  mumkin  bo‘lgan  muhim 

korxonalarni  ajratib,  ularda  audit  o‘tkazish  majburiy  ekanligini 

belgilaydi, 

auditorlarga 

(ma’lumoti, 

malakasi, 

imtihonlarni 

topshirish  tartibi,  mas’uliyati,  javobgarligi  va  boshqalar  bo‘yicha) 

talablar qo‘yadi.  

Auditni  davlat  tomonidan  tartibga  solishni  tashkil  etish 

qonunchilik  va  boshqa  normativ  hujjatlar  vositasida  amalga 

oshiriladi.  Bunda  auditorlar  jamoatchilik  tashkilotlari  tomonidan 

auditning  o‘zini  o‘zi  boshqarishiga  katta  imkoniyat  beriladi.  Qayd 

etish  lozimki,  har  bir  mamlakatda  jamoat  tashkilotlarining 

rivojlanishi va ta’siri turlicha amalga oshiriladi. Masalan, AQSh va 

Angliyada 

auditorlik 

faoliyati 

asosan 

ixtisoslashtirilgan 

professional  jamoat  auditorlik  tashkilotlari  tomonidan  tartibga 

solinadi. 

Ko‘pgina  mamlakatlarda  mustaqil  Auditorlar  palatalari  ishlab 

turibdi.  Ularning  asosiy  vazifalari  auditorlik  faoliyati  va  auditorlar 

axloq  me’yorlari  bo‘yicha  standartlarni  ishlab  chiqish,  auditorlar 

ish  faoliyatining  sifatini  nazorat  qilish,  auditorlik  faoliyati  bo‘yicha 

bilimlarini  attestatsiya  qilish  va  hujjatlar  berish  hamda  auditorlik 

me’yorlarini buzgan shaxslarga nisbatan intizomiy jazo choralarini 

qo‘llash  (bu  -  davlatga  xos  xususiyat  bo‘lmagan  mamlakatlarda) 

kabilardan iboratdir.  




182 

Ammo  ayrim  mamlakatlarda,  masalan,  Shvetsiyada,  garchi 

Vakolatli  auditorlar  uyushmasi  va  Tasdiqlangan  auditorlar 

uyushmasi  ishlab  turgan  bo‘lishiga  qaramasdan,  umuman 

auditorlik  faoliyatini  tartibga  solish  davlat  tomonidan  amalga 

oshirilib,  bu  bizning  Respublikamizga  ham  xos  bo‘lgan 

xususiyatdir.  O‘zbekiston  Auditorlar  palatasi  tuzilish  jihatidan 

davlat organlari bilan o‘zaro birgalikda harakat qiladi. Ammo uning 

auditorlik  faoliyatini  tartibga  solish  bo‘yicha  asosiy  funksiyalari 

davlat tomonidan mustahkamlab qo‘yilgan. 

 


Download 5,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   444




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish