Byudjetdan mablag‘ ajratish – qonun hujjatlarida nazarda tutilgan
tartibda Davlat byudjetidan byudjet tashkilotlariga hamda boshqa byudjet
mablag‘lari oluvchilarga ajratiladigan pul mablag‘lari.
Byudjet profitsiti – muayyan davrda byudjet daromadlarining
byudjet xarajatlaridan ortiq bo‘lgan summasi.
Byudjet rospisi (ro‘yxat-yozuvi) – byudjet klassifikatsiyasining
bo‘linmalari bo‘yicha daromadlar va xarajatlar taqsimlanishining asosiy
operativ rejasi. Unda yil davomida soliqlar va boshqa to‘lovlarning
byudjetga kelib tushish va byudjet mablag‘larining sarflanish muddatlari o‘z
aksini topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |