Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


Byudjet  klassifikatsiyasi  (tasnifi)



Download 5,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet330/444
Sana22.12.2021
Hajmi5,3 Mb.
#122845
1   ...   326   327   328   329   330   331   332   333   ...   444
Bog'liq
Moliya 2020 (darslik)

Byudjet  klassifikatsiyasi  (tasnifi)  –  Davlat  byudjeti  tuzilmasiga 

kiruvchi byudjetlar daromadlari va xarajatlarini, shuningdek uning defitsitini 

moliyalashtirish 

manbalarini 

guruhlash. 

Unda 


tasnif 

obyektlariga 

guruhlashtiruvchi 

kodlar 


beriladi. 

Barcha 


darajadagi 

byudjet 


ko‘rsatkichlarining  qiyoslanishini  ta’minlaydi.  Byudjet  tasnifi  byudjet 

daromadlari  tasnifini,  byudjet  xarajatlarining  vazifa  jihatidan,  tashkiliy  va 

iqtisodiy  tasnifini,  Davlat  byudjeti  taqchilligini  moliyalashtirish  manbalari 

tasnifini  o‘z  ichiga  oladi.  Byudjet  daromadlari  tasnifi  qonun  hujjatlariga 

muvofiq  daromadlarni  turlar  va  manbalar  bo‘yicha  guruhlarga  bo‘lishdan 

iboratdir.  Byudjet  xarajatlarining  vazifa  jihatidan  tasnifi  davlat  boshqaruv 

organlari,  mahalliy  davlat  hokimiyati  organlari,  shuningdek  boshqa  byudjet 

tashkilotlari  tomonidan  ijro  etiladigan  asosiy  vazifalar  bo‘yicha  xarajatlarni 

guruhlarga  bo‘lishdan  iborat  bo‘ladi.  Byudjet  xarajatlarining  tashkiliy  tasnifi 

esa  byudjetdan  ajratiladigan  mablag‘lar  ularni  bevosita  oluvchilar  o‘rtasida 

taqsimlanishini aks ettiruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar va tadbirlar turlari 

bo‘yicha xarajatlarni guruhlarga bo‘lishdan iboratdir. Byudjet xarajatlarining 

iqtisodiy tasnifi to‘lovlarning iqtisodiy vazifasi va turlari bo‘yicha xarajatlarni 

guruhlashni  o‘z  ichiga  oladi.  Davlat  byudjeti  defitsitini  moliyalashtirish 

manbalari  tasnifi  defitsitni  moliyalashtirishning  ichki  va  tashqi  manbalari 

bo‘yicha  guruhlarga  bo‘lishdan  iborat  bo‘ladi.  Byudjet  tasnifi  qonun 

 

741 


maqsadida erkinlashtirish va rasmiylashtirish kursini to‘g‘rilash 

bilan bir vaqtda, kelishib olingan tartibda pul-kredit va byudjet 

siyosatini o‘tkazish maqsadga muvofiqdir. 

Yuqorida  ko‘rib  o‘tilganlardan  respublikada  yuritilayotgan 

makroiqtisodiy  siyosatni  hisobga  olib,  valyuta  bozorlarini 

bosqima-bosqich erkinlashtirish siyosati ma’qul ko‘rildi. 

1992-yil  sentyabr  oyidan  boshlab  O‘zbekiston  Respublikasi 

Jahon bankining teng huquqli a’zosi hisoblanadi. 1992-yil 2-iyulda 

O‘zbekiston  Respublikasining  “Xalqaro  valyuta  fondi,  Xalqaro 

tiklanish  va  taraqqiyot  banki,  Xalqaro  taraqqiyot  assotsiatsiasi, 

Xalqaro 

moliya 


korporatsiyasi, 

Investitsiyalarni 

kafolatlash 

bo‘yicha ko‘p tomonlama agentlikda O‘zbekiston Respublikasining 

a’zoligi to‘g‘risida”gi qonuni kuchga kirdi. Hozir Toshkentda Jahon 

bankning vakolatxonasi faoliyat yuritmoqda.  

Jahon  bankining  mamlakatga  ko‘mak  berish  bo‘yicha 

mo‘ljallangan 

Strategiyasi 

doirasida 

Davlatning 

ustuvor 


yo‘nalishlarini  qo‘llab-quvvatlash  uchun  amalga  oshirilayotgan 

dasturlar to‘plami asosiy 4 yo‘nalishga qaratilgan:  

1) iqtisodiy o‘sish uchun sharoitni yaxshilash;  

2) qishloqlarda iqtisodiy o‘sish imkoniyatlarini oshirish;  

3) aholiga xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirish;  

4)  atrof-muhitni  boshqarish  hamda  global  ommaviy 

ehtiyojlarning taqdim etilishi. 

Hozirgi 


kunda 

mamlakatimizda 

Jahon 

banki 


bilan 

hamkorlikda quyidagi loyihalar amalga oshirilmoqda: 

–  Qishloq xo‘jaligi korxonalarini qo‘llab-quvvatlash loyihasi; 

–  Irrigatsiya  infratuzilmalari  va  drenajlarni  rekonstruksiya 

qilish loyihasi; 

–  Maktab ta’limini rivojlantirish loyihasi; 

–  Farg‘ona vodiysida suv resurslarini boshqarish loyihasi; 

–  Samarqand  va  Buxoro  shaharlarida  quvurlar  tizimi  va 

tozalash inshoatlarini rekonstruksiya qilish loyihasi; 

–  Sanoat  korxonalarida  energiya  samaradorligini  oshirish 

loyihasi; 

–  Sirdaryo viloyatida suv ta’minotini yaxshilash loyihasi; 

–  Talimarjon issiqlik elektr stansiyasi (IES) qurilishi loyihasi; 



 

742 


–  Sog‘liqni  saqlash  tizimini  modernizatsiyalash  loyihasi 

(Salomatlik-3); 

–  Elektr  energiyasidan  foydalanishni  nazorat  qilish  va 

hisoblashning avtomatlashgan tizimini joriy etish loyihasi; 

–  Olot  va  Qorako‘l  tumanlarida  suv  ta’minotini  yaxshilash 

loyihasi va boshq. 

Mamlakatimizning  Osiyo  Taraqqiyot  Banki  bilan  o‘zaro 

hamkorlik  aloqalari  yetarli darajada  faol  rivojlanib  bormoqda. 

O‘zbekiston  Respublikasi  1995-yilda  Osiyo  taraqqiyot  bankiga 

(OTB) a’zo bo‘lgan.  

O‘zbekistonda OTB bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan 

dastur va loyihalar 4 ta muhim sohalarga yo‘naltirilgan. Bular: 

–  qishloq xo‘jaligi; 

–  xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish; 

–  transport  va  bojxona  tranziti  sohalarida  mintaqaviy 

hamkorlik; 

–  bolalikni himoya qilish va boshlang‘ich ta’limni egallashga 

qaratilgan ijtimoiy xizmatlarni takomillashtirish.  

O‘zbekistonda  Osiyo  Taraqqiyot  Banki  bilan  amalga 

oshirilgan dasturlar va loyihalar xususan qishloq xo‘jaligi, xususiy 

tadbirkorlikni  rivojlantirish,  irrigatsiya,  suv  resurslarini  boshqarish, 

transport  va  bojxona  tranziti  hamda  bolalikni  muhofaza  qilishga 

yo‘naltirilgan  ijtimoiy  xizmat  ko‘rsatish  turlari  va  boshlang‘ich 

ta’limni yaxshilash kabi sohalarni qamrab olgan. 

O‘zbekiston  1992-yildan  Yevropa  Tiklanish  va  Taraqqiyot 

banki  a’zosi  hisoblanadi.  ETTB  O‘zbekistonda  xususiy  sektorni 

rivojlantirishni  qo‘llab-quvvatlashni  amalga  oshiruvchi  eng  yirik 

investorlardan biri hisoblanadi. 

ETTB  O‘zbekistonda  o‘z  faoliyati  ettita  yo‘nalishini  belgiladi. 

Bular quyidagi sohalarni rivojlantirishga qaratiladi: 

–  moliya sektori va bank infratuzilmasi; 

–  kichik va o‘rta korxonalar; 

–  bozor infratuzilmasi; 

–  energetika majmuasi; 

–  paxtani  qayta  ishlash  va  yengil sanoatning  boshqa 

tarmoqlari; 

–  sayyohlik infratuzilmasi; 

 

747 



hamkorlikda  ishlab  chiqadigan  hamda  quyidagilarni  o‘z  ichiga  oluvchi 

loyihaviy hujjat: 1) mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning o‘tgan yilgi 

asosiy  yakunlari  va  mamlakatni  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirish  joriy  yilgi 

yakunlarining  prognoz  (bashoratli)  bahosi; 2) o‘tgan  yilgi  Davlat  byudjeti 

ijrosi to‘g‘risidagi hisobot va joriy yilgi Davlat byudjetining kutilayotgan ijrosi 

bahosi; 3) kelgusi  yilga  mo‘ljallangan  Davlat  byudjeti  loyihasini  tuzishda 

asos  bo‘lgan  kelgusi  yil  uchun  asosiy  makroiqtisodiy  ko‘rsatkichlar; 4) 

mamlkat  byudjet  va  soliq  siyosatining  kelgusi  yilgi  asosiy  yo‘nalishlari 

loyihasi; 5) mamlakat  byudjet  va  soliq  siyosatining  kelgusi  yilgi  asosiy 

yo‘nalishlariga  sharhlar; 6) davlat  tashqi  va  ichki  qarzlari  hamda  ular 

bo‘yicha  xarajatlar  holati  to‘g‘risidagi  ma’lumotlar; 7) kelgusi  moliya  yiliga 

mo‘ljallangan  Davlat  byudjeti  loyihasi.  O‘zbekiston  Respublikasi  Moliya 

vazirligi yuqoridagilarni o‘z ichiga oluvchi byudjetnoma loyihasini har yilning 

birinchi  oktyabriga  qadar  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasiga 

taqdim  etishi  lozim.  Shuningdek,  byudjetnoma  O‘zbekiston  Respublikasi 

Moliya vazirligi tomonidan joriy yilning birinchi noyabridan kechiktirilmasdan 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etilishi kerak.  


Download 5,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   326   327   328   329   330   331   332   333   ...   444




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish