Byudjet jarayoni – Davlat byudjetini tuzish, ko‘rib chiqish, qabul
qilish va ijro etish, uning ijrosini nazorat qilish, ijrosi haqidagi hisobotni
tayyorlash va tasdiqlash, shuningdek Davlat byudjeti tuzilmasiga kiruvchi
byudjetlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni tartibga solish bo‘yicha
qonunchilik bilan reglamantatsiya qilingan hokimiyat organlarining faoliyati.
Yagonalik, mustaqillik va balans metodi byudjet jarayonining prinsiplaridir.
Byudjet dotatsiyasi - o‘z daromadlari va byudjetni tartibga soluvchi
boshqa mablag‘lar etishmagan taqdirda quyi byudjetning xarajatlari bilan
daromadlari o‘rtasidagi farqni qoplash uchun yuqori byudjetdan quyi
byudjetga qaytarmaslik sharti bilan ajratiladigan pul mablag‘lari.
Byudjet defitsiti - muayyan davrda byudjet xarajatlarining byudjet
daromadlaridan ortiq bo‘lgan summasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |