iyulidan kechiktirmay taqdim etiladi.
Tumanlar va shaharlar byudjetlarining loyihalari tumanlar va
shaharlar hokimliklarining moliya bo‘limlari tomonidan:
Davlat
byudjeti
daromadlari
qismi
bo‘yicha
Davlat
byudjetiga kiritiladigan daromadlar prognoziga doir takliflar hamda
davlat soliq inspeksiyalari, hokimliklarning bo‘limlari va davlat
boshqaruvi
organlarining
boshqa
tuman
hamda
shahar
bo‘linmalari tomonidan ma’muriy-hududiy birlik iqtisodiyotini
rivojlantirishning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognoziga muvofiq
taqdim etiladigan boshqa axborot asosida, davlat byudjeti
xarajatlari qismi bo‘yicha tumanlar va shaharlar byudjetlaridan
moliyalashtiriladigan davlat byudjeti tashkilotlari va davlat byudjeti
mablag‘lari oluvchilarning davlat byudjeti so‘rovlari asosida ishlab
chiqiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va
Toshkent
shahar
mahalliy
byudjetlarining
loyihalari
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va
Toshkent
shahar
hokimliklarining
moliya
boshqarmalari
tomonidan davlat byudjetining daromadlari qismi bo‘yicha Davlat
byudjetiga kiritiladigan daromadlar prognoziga doir takliflar hamda
davlat soliq boshqarmalari va hokimliklarning boshqarmalari,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar
davlat boshqaruvi organlarining bo‘linmalari tomonidan ma’muriy-
hududiy birlik iqtisodiyotini rivojlantirishning makroiqtisodiy
477
Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida va
boshqa banklarda o‘zga bank hisobvaraqlari ochish huquqiga
ega. Yagona g‘azna hisobvarag‘i O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy bankida ochiladi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligining bank hisobvaraqlaridan mablag‘larning so‘zsiz
tartibda hisobdan chiqarilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. O‘zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligining bank hisobvaraqlariga xizmat
ko‘rsatilganligi uchun haq olinmaydi.
Shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari quyidagi turlar bo‘yicha
ochiladi:
•
davlat byudjeti tizimi byudjetlarining darajalari bo‘yicha
shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari;
•
Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg‘arma-
larining daromadlari bo‘yicha shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari;
•
davlat byudjeti tashkilotlari va davlat byudjeti mablag‘lari
oluvchilarning shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari.
Shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarini yuritish tartibi O‘zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Davlat byudjeti tizimi byudjetlarining darajalari bo‘yicha
shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari:
• O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjeti bo‘yicha
— O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan;
• Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika byudjeti,
viloyatlarning viloyat byudjetlari va Toshkent shahrining shahar
byudjeti bo‘yicha — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya
vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya
boshqarmalari tomonidan;
• tumanlar va shaharlar byudjetlari bo‘yicha — tumanlar va
shaharlar hokimliklarining moliya bo‘limlari tomonidan;
• davlat maqsadli jamg‘armalarining byudjetlari bo‘yicha —
davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlar tomonidan
ochiladi.
Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg‘armalarining
daromadlari bo‘yicha shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari O‘zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ochiladi:
O‘zbekiston
Respublikasining
respublika
byudjetidan
moliyalashtiriladigan davlat byudjeti tashkilotlari va davlat byudjeti
mablag‘lari
oluvchilarning
shaxsiy
g‘azna
hisobvaraqlari
O‘zbekiston
Respublikasi
Moliya
vazirligi
tomonidan,
Qoraqalpog‘iston
Respublikasining
respublika
byudjetidan,
viloyatlarning viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahrining
476
tomonidan amalga oshiriladi. Shuningdek, bu jarayonda Moliya
vazirligining muhim tarkibiy tuzilmalaridan biri bo‘lgan Davlat
G‘aznachilik tizimi va uning quyi organlari alohida rolni o‘ynaydi
101
.
Davlat g‘aznachilik tizimi davlat byudjeti ijrosi bo‘yicha
quyidagilarni amalga oshiradi:
• davlat byudjeti daromadlarining tushishini qayd etish;
• davlat byudjeti majburiyatlarini, ya’ni davlat byudjeti
to‘g‘risidagi qonunga muvofiq ravishda vujudga keladigan ma’lum
muddat davomida xarajatlarni sarflash majburiyatini qabul qilish
muddatlari va hajmlarini tartibga solish;
• ajratilgan davlat byudjeti majburiyatlari limiti doirasida
xarajatlarni amalga oshirish huquqiga ruxsat yozuvlarini sodir
etish;
• byudjetdan mablag‘ oluvchilar nomidan to‘lovlarni amalga
oshirish;
• va boshqa funksiyalar.
Davlat byudjeti tizimi byudjetlarining ijrosi moliya yili
mobaynida va qo‘shimcha vaqt davrida amalga oshiriladi. Keyingi
yilning yanvar oyi moliya yiliga qo‘shimcha vaqt davri bo‘lib, bu
davr mobaynida o‘tgan yil uchun davlat byudjeti tizimi
byudjetlarining ijrosi amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligi davlat byudjeti tizimi byudjetlarining qo‘shimcha
vaqt davridagi ijrosi bo‘yicha operatsiyalarni o‘tkazish tartibini va
oxirgi muddatlarini belgilaydi.
O‘zbekiston
Respublikasida
davlat
byudjetining
ijrosi
g‘aznachilik ijrosi asosida amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |