Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


Iqtisodiy xususiyat kasb etuvchi jamg‘armalar



Download 5,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet218/444
Sana22.12.2021
Hajmi5,3 Mb.
#122845
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   444
Bog'liq
Moliya 2020 (darslik)

2.Iqtisodiy xususiyat kasb etuvchi jamg‘armalar. Bularning 

tarkibi Respublika Yo‘l jamg‘armasi (ushbu jamg‘arma 2019-yil 1- 

yanvardan  boshlab  O‘zbekiston  Respublikasining  Avtomobil 

481 


Yuqoridagilarni  inobatga  olib  aytish  mumkinki,  davlat 

byudjetidan  moliya  yili  boshlanganidan  keyin  qabul  qilingan 

xarajatlarning  umumiy  summasi  moliya  yili  davomida  qabul 

qilingan davlat byudjeti ko‘rsatkichlariga muvofiqlashtirilishi kerak. 

Ba’zi  hollarda  davlat  byudjetining  ijrosi  davomida  byudjetdan 

ajratiladigan  mablag‘larga  o‘zgartirishlar  kiritish  zaruriyati  paydo 

bo‘lishi  mumkin.  Bunday  vaziyatda  byudjetdan  ajratiladigan 

mablag‘larga moliya yili mobaynida o‘zgartirishlar kiritish bir davlat 

byudjeti 

mablag‘larini 

oluvchi 

uchun 


davlat 

byudjeti 

mablag‘larining  kamaytirilishi  boshqa  davlat  byudjeti  mablag‘larini 

oluvchisi  uchun  davlat  byudjeti  mablag‘larining  tegishli  ravishda 

ko‘paytirilishini nazarda tutgan tartibda:  

1) tasdiqlangan  byudjetdan ajratiladigan mablag‘lar hajmining 

10% ga qadari: 

•  davlat  byudjetida  ko‘rsatilgan  davlat  byudjeti  mablag‘larini 

oluvchilar  uchun  –  O‘zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligining 

taqdimnomasiga  binoan  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar 

Mahkamasi tomonidan; 

•  Respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan davlat byudjeti 

mablag‘larini  oluvchilar  uchun  –  O‘zbekiston  Respublikasi  Moliya 

vazirligi tomonidan; 

•  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  byudjeti  va  mahalliy 

byudjetlardan  moliyalashtiriladigan  davlat  byudjeti  mablag‘larini 

oluvchilar uchun – O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan 

kelishilgan  tegishli  moliya  organlarining  taqdimnomasiga  binoan 

Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  Vazirlar  Kengashi  va  tegishli 

hokimlar  tomonidan  (kapital  qo‘yilmalar  moddalari  bundan 

mustasno); 

 2) tasdiqlangan byudjetdan ajratiladigan mablag‘lar hajmining 

10% dan ortig‘i:  

•  davlat byudjetida ko‘rsatib o‘tilgan davlat byudjeti mablag‘larini 

oluvchilar  uchun  –  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  palatalari 

tomonidan; 

•  Respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan davlat byudjeti 

mablag‘larini  oluvchilar  uchun  –  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy 

Majlisi 

tomonidan 

belgilanadigan 

tartibda 

O‘zbekiston 

Respublikasi 

Moliya 

vazirligining 

taqdimnomasiga 

binoan 


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan; 

•  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  byudjeti  va  mahalliy 

byudjetlardan  moliyalashtiriladigan  davlat  byudjeti  mablag‘larini 

oluvchilar  uchun  –  tegishli  moliya  organlarining  O‘zbekiston 




482 

Respublikasi  Moliya  vazirligi  bilan  kelishilgan  taqdimnomasiga 

binoan  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  Jo‘qorg‘i  Kengesi  hamda 

joylardagi  tegishli  hokimiyat  vakillik  organlari  tomonidan  (kapital 

qo‘yilmalar moddalari bundan mustasno) amalga oshiriladi. 

Davlat byudjeti mablag‘ini oluvchining so‘roviga binoan moliya yili 

uchun  unga  nazarda  tutilgan  byudjetdan  ajratiladigan  mablag‘lar 

ayrim  moddalar  bo‘yicha  (kapital  qo‘yilmalar  moddalari  bundan 

mustasno)  byudjetdan  ajratiladigan  mablag‘lar  teng  miqdorda 

kamaytirilgan  va  mazkur  mablag‘larni  oluvchi  uchun  nazarda 

tutilgan  byudjetdan  ajratiladigan  mablag‘larning  umumiy  hajmi 

saqlab  qolingan  holda  dastlabki  hajmining  10%  ga  qadar 

kamaytirilishi 

mumkin. 


Bu 

holda 


byudjetdan 

ajratiladigan 

mablag‘larga o‘zgartirishlar: 

•  Respublika  byudjetidan  ajratiladigan  davlat  byudjeti 

mablag‘lariga  –  O‘zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi 

tomonidan; 

•  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  byudjeti  va  mahalliy 

byudjetlardan  ajratiladigan  davlat  byudjeti  mablag‘lariga  – 

O‘zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi  belgilagan  tartibda 

tegishli moliya organlari tomonidan kiritiladi. 

Davlat  byudjetini  belgilangan  parametrlar  doirasida  ijro  etish 

alohida 


ahamiyatga 

ega. 


Shu 

sababli, 

Qoraqalpog‘iston 

Respublikasi  Jo‘qorg‘i  Kengesi  va  mahalliy  hokimiyat  vakillik 

organlari,  agar  muayyan  harakatlari  davlat  byudjeti  taqchilligining 

qonun  hujjatlarida  belgilangan  eng  yuqori  darajasidan  oshib 

ketishiga  olib  keladigan  bo‘lsa,  davlat  byudjeti  daromadlarini 

qisqartiruvchi  yoki  xarajatlarini  oshiruvchi  biron-bir  harakat 

qilishga  haqli  emaslar.  Shunga  mos  ravishda  Qoraqalpog‘iston 

Respublikasi 

byudjeti 

hamda 


mahalliy 

byudjetlar 

qabul 

qilinganidan  keyin  moliya  yili  mobaynida  ayrim  turlar  bo‘yicha 



davlat byudjeti daromadlarini qisqartirishga olib keluvchi Qoraqal-

pog‘iston  Respublikasi  Jo‘qorg‘i  Kengesi  va  tegishli  mahalliy 

hokimiyat  vakillik  organining  qarori,  agar  unda  boshqa  turlar 

bo‘yicha  daromadlarni  ko‘paytirish  va  (yoki)  davlat  byudjeti 

xarajatlarining  tegishli  miqdorda  qisqartirilishi  kerak  bo‘lgan 

moddalar nazarda tutilgan taqdirdagina, qabul qilinishi va amalga 

kiritilishi mumkin. 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar 

qabul  qilinganidan  keyin  moliya  yili  mobaynida  tegishli  davlat 

byudjeti 

xarajatlari 

qisqartirilishiga 

va 

(yoki) 


daromadlari 

ko‘payishiga  olib  keluvchi  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  Jo‘qorg‘i 

495 

jamg‘arma  ichida,  jamg‘armalararo  va  moliya  tizimining  boshqa 



bo‘g‘inlari  o‘rtasida  ko‘p  qirrali  moliyaviy  munosabatlarni  amalga 

oshirishni 

taqozo 

etadi. 


Amaliyotdagi 

bunday 


moliyaviy 

munosabatlar  bir  tomonlama,  ikki  tomonlama  va  ko‘p  tomonlama 

bo‘lishi mumkin. 


Download 5,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   444




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish