uch ish kuni ichida;
• davlat byudjeti mablag‘larini taqsimlovchilar va davlat
maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlar uchun belgilangan
daromadlar va xarajatlarning hajmlarini ularning e’tiboriga — o‘n
ish kuni ichida yetkazadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va
Toshkent shahar mahalliy byudjetlari tasdiqlangandan keyin
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va
Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari:
• tumanlar va shaharlar byudjetlarining daromadlari va
xarajatlari
hajmlarini,
shuningdek‚
ularga
tegishincha
Qoraqalpog‘iston
Respublikasining
respublika
byudjetidan,
viloyatlarning viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahrining
shahar byudjetidan beriladigan subvensiyalar, o‘tkazib beriladigan
daromadlar dotatsiyalar va maqsadli ijtimoiy transfertlar hajmlarini
tumanlar va shaharlar hokimliklari e’tiboriga — uch ish kuni
ichida;
• Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika byudjetidan,
viloyatlarning viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahrining
shahar
byudjetidan
moliyalashtiriladigan
davlat
byudjeti
tashkilotlari hamda davlat byudjeti mablag‘lari oluvchilar e’tiboriga
ular uchun nazarda tutilgan byudjetdan ajratiladigan mablag‘lar
hajmlarini — bir haftalik muddatda yetkazadi.
Tumanlar va shaharlar byudjetlari tasdiqlanganidan keyin
tumanlar va shaharlar hokimliklarining moliya bo‘limlari tumanlar
va shaharlar byudjetlaridan moliyalashtiriladigan davlat byudjeti
tashkilotlari hamda davlat byudjeti mablag‘lari oluvchilar e’tiboriga
471
• mamlakatning istiqboldagi iqtisodiy rivojlanishi;
• inflyatsiya darajasi;
• aholining bandlik darajasi;
• ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashdan foydalanayotgan aholi soni
hisobga olinadi.
Shuningdek, davlat byudjeti loyihasini tuzishda quyidagi turli
usullardan foydalaniladi:
• iqtisodiy tahlil usuli – bu usuldan foydalangan holda o‘tgan
yilgi davlat byudjetining bajarilish darajasi aniqlanadi va joriy yil
uchun davlat byudjetining bajarilish darajasi o‘rnatiladi, farqlarning
sabablari aniqlanadi;
• normativ usul – bu usulning asosida davlat tomonidan taqdim
etilayotgan xizmatlarning birligiga to‘g‘ri keluvchi moliyaviy
xarajatlarning normativi yotadi. Natural birlikni normativga
ko‘paytirib har bir bosh taqsimlovchi, taqsimlovchi va davlat byudjeti
tashkiloti bo‘yicha mablag‘ xarajatlarining summasi aniqlanadi.
• ekstrapolyatsiya usuli – unga ko‘ra oldingi yillarning hisobot
ma’lumotlari dinamikasi asosida moliyaviy ko‘rsatkichlar aniqlanadi
va ular kelgusi yil uchun ekstrapolyatsiya qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |