Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollar
• Davlat byudjeti tizimining mazmunini tushuntirib bering.
• Mamlakatning davlat byudjeti tizimi qanday omillarga bog‘liq
bo‘ladi?
• U yoki bu mamlakatning davlat byudjeti tizimi necha bo‘g‘inli
bo‘lishi mumkin?
• Davlat byudjeti tizimi qanday prinsiplarga tayanadi?
• Davlat byudjeti tizimining yagonaligi prinsipini izohlab
bering.
• Davlat byudjeti tizimining darajalari o‘rtasida daromadlar va
xarajatlarning chegaralanganligi prinsipining mazmuni nimada?
• Byudjetlarning mustaqilligi prinsipining mazmuni nimada?
• Davlatning byudjetdan tashqari maxsus fondlari byudjetlari,
byudjetlarning daromadlar va xarajatlarining to‘liq aks etishi
prinsipi nimalarni anglatadi?
• Byudjetlarning balansliligi prinsipini tushuntirib bering.
• Davlat byudjeti mablag‘laridan foydalanishning samarador-
ligi va tejamliligi prinsipining mazmunini aytib bering.
• Davlat byudjeti xarajatlarini qoplashning umumiyligi prinsipi
nimani anglatadi?
• Davlat byudjeti tizimidagi oshkoralik prinsipining ma’nosini
aytib bering.
• Davlat byudjetining haqqoniyligi prinsipining ma’nosi nimada?
• Davlat byudjeti mablag‘larining manzilliligi va maqsadli
xarakterdaligi prinsipi nimani nazarda tutadi?
• O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining davlat
byudjeti tizimini boshqarish sohasidagi vakolatlarini aytib bering.
• Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va mahalliy
hokimiyat vakillik organlariga davlat byudjeti tizimini boshqarish
sohasida qanday vakolatlar xos?
• Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va tegishli
hokimiyatlar davlat byudjeti tizimini boshqarish sohasida qanday
vakolatlarga ega?
455
madaniy xarakterdagi u yoki bu ehtiyojlarning qondirilish darajasini
aniqlashda davlat byudjeti klassifikatsiyasi muhim rol o‘ynaydi.
Davlat byudjeti ijrosi jarayonida ham davlat byudjeti
klassifikatsiyasi (tasnifi) alohida ahamiyatga ega. Tasdiqlangan
davlat byudjeti va davlat byudjeti tashkilotlarining xarajatlar
smetasida
ko‘zda
tuzilgan
tadbirlarning
maqsadli
moliyalashtirilishini ta’minlashda u zaruriy shart hisoblanadi.
Davlat byudjeti klassifikatsiyasi (tasnifi) moliya organlarida, davlat
byudjeti tashkilotlarida va boshqa muassasalarda davlat byudjeti
daromadlari va xarajatlarining sintetik va analitik hisobi
yagonaligining asosini tashkil etadi. U O‘zbekiston Respublikasi
davlat byudjetining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni tayyorlash uchun
ham zarurdir.
Davlat byudjeti tasnifi davlat byudjeti tizimi byudjetlarining
daromadlari va xarajatlari, shuningdek‚ Davlat byudjeti taqchilligini
qoplash manbalarini guruhlashdan iborat bo‘lib, davlat byudjeti
tizimi byudjetlarini shakllantirish, tuzish va ijro etishni tizimlash-
tirish uchun foydalaniladi. Davlat byudjeti tasnifi xalqaro tasnif
tizimlariga muvofiq ishlab chiqiladi va O‘zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi
91
.
Davlat byudjeti tasnifining asosiy prinsiplari to‘liqlik,
yagonalik va o‘zaro muvofiqlikdan iboratdir
92
.
Davlat byudjeti tasnifining to‘liqlik prinsipi davlat byudjeti
jarayonining barcha ishtirokchilari qamrab olinishini nazarda
tutadi.
Davlat byudjeti tasnifining yagonalik prinsipi davlat byudjeti
jarayonining barcha ishtirokchilari tomonidan yagona davlat
byudjeti tasnifi qo‘llanilishini anglatadi.
Davlat byudjeti tasnifining o‘zaro muvofiqligi prinsipi davlat
byudjeti tasnifining kodlari bir vaqtning o‘zida davlat byudjeti
jarayonining turli xil operatsiyalarini hisobga olish uchun
qo‘llanilmasligini anglatadi.
Davlat
byudjeti
klassifikatsiyasi
(tasnifi)da
belgilangan
daromadlar va xarajatlarning iqtisodiy guruhlanishi byudjetni tuzish
va ijro etish hamda uning resurslaridan foydalanishda moliya-davlat
byudjeti intizomiga rioya etilishini nazorat qilishga imkon beradi.
Davlat byudjeti klassifikatsiyasi (tasnifi) tashkiliy ahamiyatga
ham egadirki, bu uning bo‘linmalariga muvofiq ravishda byudjetni
tuzish va ijrosini ta’minlash borasida katta ishlarning amalga
91
“O‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi”, 18 modda: T.: “Adolat”, 2014 y. - 9-b.
92
“O‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi”, 20 modda: T.: “Adolat”, 2014 y. - 9-b.
456
oshirilishi orqali namoyon bo‘ladi. Bu yana shu narsa orqali
ifodalanadiki, davlat byudjeti tasdiqlanganidan so‘ng barcha xo‘jalik
yurituvchi subyektlar va ularning yuqori organlari davlat byudjeti
daromadlari tushumining to‘liqligini ta’minlashga va tasdiqlangan
byudjetdagi klassifikatsiyaning bo‘linmalariga muvofiq ravishda
xarajatlarni amalga oshirishga majburdirlar. Demak, davlat byudjeti
klassifikatsiyasining tashkiliy ahamiyati byudjetni rejalashtirish va
uning ijrosini ta’minlashga bir xilda tegishlidir.
Tasdiqlangan davlat byudjeti qonun kuchiga ega bo‘lganligi va
uning ko‘rsatkichlarini barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar aniq va
to‘liq bajarishga majbur bo‘lganligi uchun davlat byudjeti
klassifikatsiyasi huquqiy ahamiyat ham kasb etadi.
Davlat
byudjeti
klassifikatsiyasi
(tasnifi)
o‘z
ichiga
quyidagilarni oladi
93
:
• davlat byudjeti tizimi byudjetlari daromadlarining tasnifini;
• davlat byudjeti tizimi byudjetlari xarajatlarining tasnifini;
• Davlat byudjeti defitsiti (taqchilligi)ni qoplash manbalari
tasnifini o‘z ichiga oladi.
Davlat byudjeti tizimi byudjetlari daromadlarining tasnifi
tuzilmasi quyidagilardan iborat
94
:
• davlat byudjeti tizimi byudjetlari mablag‘larining manbalari va
darajalari tasnifi;
• daromadlarning turlari;
• tashkiliy tasnif;
• hududiy tasnif.
Davlat byudjeti tizimi byudjetlari mablag‘larining manbalari
va darajalari tasnifi kelib tushayotgan daromadlarning tegishli
mablag‘lar manbalariga va ushbu byudjetlar darajalariga
mansubligini aniqlash uchun qo‘llaniladi. Daromadlarning turi
bo‘lim, paragraf va daromad tipidan iboratdir. Daromadlar bo‘limi
daromadlarni ularni olish manbalari bo‘yicha kodlashdan iborat
bo‘ladi. Daromadlar paragrafi soliqlar va boshqa majburiy
to‘lovlarni, shuningdek‚ soliq bo‘lmagan to‘lovlarni ularni undirish
bazasi bo‘yicha kodlashdan iborat bo‘ladi. Daromad tipi davlat
byudjeti tizimi byudjetlari daromadining aniq turidan iborat bo‘ladi.
Tashkiliy tasnif kelib tushayotgan daromadlarning ana shu
daromadlarni ma’muriy jihatdan idora qiluvchi tegishli organga
mansubligini identifikatsiyalash maqsadida qo‘llaniladi. Hududiy
tasnif kelib tushayotgan daromadlarning ushbu daromadlar
93
“O‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi”, 19 modda: T.: “Adolat”, 2014 y. - 9-b.
94
“O‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi”, 21 modda: T.: “Adolat”, 2014 y. - 9-b.
457
shakllantirilayotgan yoxud o‘tkazib berilayotgan tegishli ma’muriy-
hududiy birlikka mansubligini identifikatsiyalash maqsadida
qo‘llaniladi.
Davlat byudjeti tizimi byudjetlari xarajatlarining tasnifi davlat
byudjeti tizimi byudjetlari xarajatlarini kodlashdan iborat bo‘ladi va
ularning yo‘nalishini aks ettiradi. Davlat byudjeti tizimi byudjetlari
xarajatlari tasnifining tuzilmasi quyidagilardan iborat
95
:
• davlat byudjeti tizimi byudjetlari mablag‘larining manbalari va
darajalari tasnifi;
• vazifa jihatidan tasnif;
• tashkiliy tasnif;
• iqtisodiy tasnif;
• hududiy tasnif.
Davlat byudjeti tizimi byudjetlari mablag‘larining manbalari
va darajalari tasnifi amalga oshirilayotgan xarajatlarning tegishli
mablag‘lar manbalari va byudjetlar darajalariga mansubligini
aniqlash uchun qo‘llaniladi. Xarajatlarning vazifa jihatidan tasnifi
davlat funksiyalarini bajarish uchun mablag‘lar yo‘nalishini aks
ettiruvchi xarajatlarni guruhlashdir. Xarajatlarning tashkiliy tasnifi
davlat byudjeti tizimi byudjetlarining mablag‘larini taqsimlovchilar
bo‘yicha kodlashdan iborat bo‘ladi. Xarajatlarning iqtisodiy tasnifi
xarajatlarni iqtisodiy yo‘nalishiga ko‘ra kodlashdan iborat bo‘ladi.
Hududiy tasnif davlat byudjeti tashkilotlarining va davlat byudjeti
mablag‘lari oluvchilarning tegishli ma’muriy-hududiy birlikka
mansubligini aniqlash maqsadida qo‘llaniladi.
Davlat byudjeti tizimi byudjetlarining iqtisodiy belgilar
bo‘yicha xarajatlari quyidagi xarajatlar guruhlarini o‘z ichiga oladi
96
:
birinchi guruh — ish haqi, pensiyalar, nafaqalar,
stipendiyalar, kompensatsiya to‘lovlari va kam ta’minlangan
oilalarga moddiy yordam;
ikkinchi guruh — ijtimoiy ehtiyojlarga ajratmalar;
uchinchi guruh — kapital qo‘yilmalar (rivojlanish davlat
dasturlarida nazarda tutilgan aniq yo‘naltirilgan ro‘yxatlarga
muvofiq);
to‘rtinchi guruh — boshqa xarajatlar.
95
“O‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi” 22 modda: T.: “Adolat”, 2014 y. - 9-b.
96
480
bosqichma-bosqich, tayinlash sertifikatini muayyan davrga va
tegishli summaga rasmiylashtirish yo‘li bilan:
• Respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan tashkilotlar
bo‘yicha – O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan;
• Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetidan yoki mahalliy
byudjetlardan moliyalashtiriladigan tashkilotlar bo‘yicha – tegishli
moliya organlari tomonidan sarflanadi.
Tayinlash sertifikatlarini tayyorlash, rasmiylashtirish, berish,
ijro etish va hisobga olish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi tomonidan belgilanadi.
Davlat
byudjetining
ijrosini
ta’minlash
jarayonida
Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti va barcha darajadagi
mahalliy byudjetlar hisobvaraqlaridagi davlat byudjeti mablag‘lari
qoldiqlari tasdiqlangan miqdorda aylanma kassa mablag‘i
me’yorini shakllantirishga yo‘naltirilishi kerak. Qoldiqlarning
aylanma kassa mablag‘i me’yorining tasdiqlangan miqdoridan
ortiq qismi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining
hamda tegishli hokimliklarning qaroriga ko‘ra qo‘shimcha xarajat-
larni moliyalashtirishga yo‘naltirilishi mumkin.
Davlat byudjeti tashkilotlari hisobvaraqlaridagi davlat byudjeti
mablag‘lari qoldiqlari olib qo‘yilmasligi va davlat byudjeti
tashkilotlarining maxsus mablag‘lari hisobvaraqlariga o‘tkazilmog‘i
lozim (kapital qo‘yilmalarini moliyalashtirish uchun nazarda tutilgan
mablag‘lar bundan mustasno). Davlat byudjeti tashkilotlarining
maxsus mablag‘larini shakllantirish va sarflash tartibi O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ayrim vaziyatlarda turli sabablarga ko‘ra yil boshlangunga
qadar kelgusi moliya yili uchun davlat byudjeti qabul qilinmasligi
mumkin. U holda davlat byudjeti qabul qilingunga qadar bo‘lgan
davrda davlat xarajatlari quyidagi shartlarga rioya etilgan holda
amalga oshirilishi mumkin:
• boshlangan
moliya
yilidagi
xarajatlar
O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda
davlat byudjeti mablag‘larining avvalgi moliya yili so‘nggi 3 oyining
uchdan bir qismidan ortiq bo‘lmagan miqdorlarda har oyda amalga
oshirilmog‘i lozim;
• avvalgi moliya yilida qilinmagan davlat byudjeti xarajatlari
amalga oshirilmasligi kerak;
• avvalgi moliya yilida amalda bo‘lgan soliqqa tortish va
majburiy to‘lovlarni to‘lash tartibi davlat byudjeti qabul qilingunga
qadar o‘z kuchini yo‘qotmasligi zarur.
465
tegishli byudjetlar loyihalarini tayyorlash uchun — tuman va
shahar hokimlariga;
davlat byudjeti so‘rovlarini tuzish uchun — Qora-
qalpog‘iston
Respublikasining
respublika
byudjetidan,
viloyatlarning viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahrining
shahar
byudjetidan
moliyalashtiriladigan
davlat
byudjeti
tashkilotlari hamda davlat byudjeti mablag‘lari oluvchilarga
yuboradi.
Tuman va shahar hokimlari kelgusi davr uchun davlat
byudjeti so‘rovini tuzish tartibini olgandan so‘ng uch ish kuni
ichida tegishli byudjetlar loyihalarini tuzish to‘g‘risida va ularni
tayyorlash muddatlarini belgilash haqida qarorlar qabul qiladi.
Tumanlar va shaharlar hokimliklarining moliya bo‘limlari
qarorlar qabul qilinganidan so‘ng uch ish kuni ichida kelgusi
davr uchun davlat byudjeti so‘rovini tuzish tartibini tumanlar va
shaharlar
byudjetidan
moliyalashtiriladigan
davlat
byudjeti
tashkilotlariga va davlat byudjeti mablag‘lari oluvchilarga davlat
byudjeti so‘rovlarini tuzish uchun yuboradi.
Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarini
tuzish jarayonida davlat byudjeti so‘rovining juda katta ahamiyati
bor.
Davlat byudjeti so‘rovi o‘z tarkibiga:
- davlat byudjeti tashkilotining, davlat byudjeti mablag‘lari
oluvchining va davlat byudjeti mablag‘larini taqsimlovchining
davlat byudjeti tizimi byudjetlari mablag‘laridan foydalanish bilan
bog‘liq faoliyatining miqdor va sifat ko‘rsatkichlarini o‘z ichiga
oluvchi, o‘tgan yilda erishilgan natijalar va joriy yilda kutilayotgan
natijalar to‘g‘risidagi tahliliy hisobotni;
• xarajat majburiyatlarining ularni kiritish (ijro etish) uchun
asos bo‘ladigan hamda moliyalashtirish manbalari va amal qilish
muddatlarini belgilaydigan normativ-huquqiy hujjatlar, shartno-
malar va (yoki) ularning alohida qoidalari ko‘rsatilgan reestrini;
• davlat byudjeti mablag‘larini taqsimlovchining rivojlantirish
dasturini;
• davlat byudjeti mablag‘larini taqsimlovchining rivojlantirish
dasturi bilan uzviy bog‘liq holda tuzilgan kelgusi davr uchun davlat
byudjeti buyurtmasini o‘z ichiga oladi.
Tumanlar va shaharlar byudjetidan moliyalashtiriladigan
davlat byudjeti tashkilotlari va davlat byudjeti mablag‘lari
466
oluvchilar bo‘yicha davlat byudjeti so‘rovini ko‘rib chiqish tumanlar
va shaharlar hokimliklarining moliya bo‘limlari tomonidan,
Qoraqalpog‘iston
Respublikasining
respublika
byudjetidan,
viloyatlarning viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahrining
shahar
byudjetidan
moliyalashtiriladigan
davlat
byudjeti
tashkilotlari va davlat byudjeti mablag‘lari oluvchilar bo‘yicha,
shuningdek‚ tumanlar va shaharlar byudjetlari loyihalari bo‘yicha
davlat byudjeti so‘rovini ko‘rib chiqish Qoraqalpog‘iston Respub-
likasi
Moliya
vazirligi,
viloyatlar
va
Toshkent
shahar
hokimliklarining moliya boshqarmalari tomonidan, O‘zbekiston
Respublikasining respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan
tasarrufdagi davlat byudjeti tashkilotlari va davlat byudjeti
mablag‘lari oluvchilar bo‘yicha davlat byudjeti so‘rovlarini ko‘rib
chiqish
esa
davlat
byudjeti
mablag‘larini
taqsimlovchilar
tomonidan amalga oshiriladi. Davlat byudjeti mablag‘larini
taqsimlovchilar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar
va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari loyihalari, shuningdek
davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlari loyihalari bo‘yicha davlat
byudjeti so‘rovlarini ko‘rib chiqish O‘zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston
Respublikasi
Davlat
soliq
qo‘mitasi,
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi va boshqa
vazirliklar, davlat qo‘mitalari hamda idoralarning Davlat byudjeti
loyihasining daromad qismi bo‘yicha takliflarini ko‘rib chiqish
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan amalga
oshiriladi.
Davlat byudjeti so‘rovlari ko‘rib chiqilayotganda O‘zbekiston
Respublikasi
Moliya
vazirligiga
davlat
byudjeti
so‘rovlari
olinganidan keyin o‘n ish kuni ichida quyidagilarga yozma
bildirishlar yuborish huquqi beriladi:
• davlat byudjeti mablag‘larini taqsimlovchilarga va davlat
maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlarga — amalga
oshirish uchun asoslar mavjud bo‘lmagan, ijtimoiy-iqtisodiy
samaradorligi past bo‘lgan, davlat byudjeti daromadlarining
tegishli o‘sishi bilan ta’minlanmagan xarajatlarni kamaytirish
to‘g‘risida, shuningdek‚ davlat byudjeti tashkilotlari va davlat
byudjeti
mablag‘lari
oluvchilar
faoliyatining
samaradorlik
ko‘rsatkichlari pasaygan hollarda xarajatlarni maqbullashtirish
haqida;
479
• davlat byudjeti majburiyatlarining limitlari to‘g‘risidagi
xabarnomani tasdiqlash va uni davlat byudjeti mablag‘larini
oluvchilar va taqsimlovchilarga yetkazish;
• davlat byudjeti mablag‘larini oluvchilarning pulli majbu-
riyatlarini qabul qilish.
Byudjetni xarajatlar bo‘yicha ijro etish har bir bosh
taqsimlovchi (quyi idoralar va davlat byudjeti mablag‘larini
oluvchilar bo‘yicha davlat byudjeti mablag‘larini taqsimlash
huquqiga ega bo‘lgan davlat hokimiyati organlari) va davlat
byudjeti mablag‘larini taqsimlovchilar (idoraviy belgisi bo‘yicha
davlat
byudjeti
mablag‘larini
oluvchilarga
davlat
byudjeti
mablag‘larini taqsimlash huquqiga ega bo‘lgan davlat hokimiyati
organlari yoki mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish organlari) uchun
G‘aznachilikning yagona hisob registrida ochiladigan shaxsiy
hisobvaraqlaridan foydalanish yordamida amalga oshiriladi.
G‘aznachilik tizimi byudjetga kelib tushayotgan daromadlar va
davlat byudjeti defitsitini moliyalashtirish manbalaridan tushumlar
bilan bog‘liq bo‘lgan barcha operatsiyalarni, shuningdek, davlat
byudjeti xarajatlarini moliyalashtirish va sanksiyalashtirishni
o‘zining Bosh daftarida qayd etadi.
Davlat byudjeti daromadlari qismining ijrosini soliqlar va boshqa
to‘lovlarni byudjetga undirish bilan shug‘ullanadigan O‘zbekiston
Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi
Davlat bojxona qo‘mitasi hamda ularning quyi organlari ta’minlaydi.
Moliyaviy yil joriy yilning 31-dekabrida nihoyasiga yetishi
kerak. Davlat byudjeti majburiyatlarining limitlari ham o‘zlarining
harakatini 31-dekabrda to‘xtatadi. Odatda, 25-dekabrdan so‘ng
pulli majburiyatlarning qabul qilinishiga yo‘l qo‘yilmasligi kerak.
Davlat byudjetining ijrosiga oid foydalanilgan hisobvaraqlar 31-
dekabrda yopilishi zarur.
Davlat byudjetining ijrosini ta’minlash jarayonida uning
daromadlarini shakllantirish O‘zbekiston Respublikasining “Byudjeti
kodeksi”, “Soliq kodeksi”, “Bojxona kodeksi” va boshqa qonun
hujjatlariga
muvofiq
amalga
oshiriladi.
Bunda
hisoblab
chiqarilgan, biroq joriy yilning 31-dekabrigacha davlat byudjetiga
to‘lanmagan daromadlar kelgusi yilda davlat byudjetiga o‘tkazilishi
kerak.
Tasdiqlangan davlat byudjeti mablag‘lari doirasida va xarajatlar
smetasiga muvofiq davlat byudjeti mablag‘lari davlat byudjeti
mablag‘lari
oluvchilar
tomonidan
moliya
yili
mobaynida
478
shahar
byudjetidan
moliyalashtiriladigan
davlat
byudjeti
tashkilotlari va davlat byudjeti mablag‘lari oluvchilarning shaxsiy
g‘azna hisobvaraqlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya
vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya
boshqarmalari tomonidan, tumanlar va shaharlar byudjetlaridan
moliyalashtiriladigan davlat byudjeti tashkilotlari va davlat byudjeti
mablag‘lari oluvchilarning shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari tumanlar
va shaharlar hokimliklarining moliya bo‘limlari tomonidan ochiladi.
Davlat byudjeti ijrosi davomida barcha operatsiyalar va davlat
byudjetining mablag‘lari G‘aznachilikning
balans hisobvaraqlarida
aks ettiriladi. Bu hisobvaraqlari Markaziy bank va kredit
tashkilotlarida joylashgan. G‘aznachilik tizimi
davlat byudjeti
mablag‘lariga nisbatan kassaning yagonaligi prinsipini ta’minlaydi.
Bu prinsip barcha kelib tushuvchi daromadlar va davlat byudjeti
defitsitini moliyalashtirish manbalaridan tushumlarni hamda
ko‘zda tutilgan barcha xarajatlarni amalga oshirishni davlat
byudjetining yagona hisobvarag‘idan amalga oshirilishini taqozo
etadi. Mamlakat davlat byudjeti tizimi barcha darajalarining
byudjetlari kassaning yagonaligi prinsipi asosida ijro etilishi kerak.
Davlat
byudjetining
daromadlar
bo‘yicha
ijro
etilishi
quyidagilarni ko‘zda tutadi:
• daromadlarni davlat byudjetining yagona hisobvarag‘iga
o‘tkazish va yozish;
• tasdiqlangan byudjetga muvofiq ravishda tartibga keltiruvchi
(soluvchi) daromadlarni taqsimlash;
• byudjetga ortiqcha to‘langan daromadlar summasini qaytarish;
• davlat byudjeti daromadlarini hisobga olish va daromadlar
to‘g‘risida hisobot tuzish.
Xarajatlar bo‘yicha byudjetlar ijrosi davlat byudjetining yagona
hisobvarag‘ida davlat byudjeti mablag‘larining haqiqatda mavjudligi
doirasida
hamda
moliyalashtirish
va
sanksiyalashtirishning
(sanksiya qo‘llashning)
ketma-ket majburiy amalga oshiriladigan
tartiblariga rioya qilgan holda amalga oshiriladi. Davlat byudjeti
xarajatlarining ijrosi
davomida sanksiyalashtirishning
asosiy
bosqichlari quyidagilar hisoblanadi:
• davlat byudjeti xarajatlari ro‘yxatini tuzish va tasdiqlash;
• davlat byudjeti mablag‘lari to‘g‘risidagi xabarnomani
tasdiqlash va ularni davlat byudjeti mablag‘larini oluvchilar hamda
taqsimlovchilarga
yetkazish,
shuningdek,
davlat
byudjeti
tashkilotlari va davlat byudjeti mablag‘larini taqsimlovchilarning
daromadlar va xarajatlar smetasini tasdiqlash;
467
• Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat-
lar, Toshkent shahar hokimliklari va davlat maqsadli jamg‘ar-
malarini taqsimlovchi organlarga – tegishli byudjetlar va davlat
maqsadli
jamg‘armalari
byudjetlari
daromadlari
hamda
xarajatlarining prognozlari asossiz ravishda pasaytirilgan yoki
oshirilgan hollarda, mazkur prognozlarga tuzatish kiritish
to‘g‘risida.
Davlat
byudjeti
mablag‘larini
taqsimlovchilar,
Qora-
qalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent
shahar
hokimliklari
va
davlat
maqsadli
jamg‘armalarini
taqsimlovchi
organlar
O‘zbekiston
Respublikasi
Moliya
vazirligining yozma bildirishlarini olgandan keyin uch ish kuni
ichida mazkur yozma bildirishlarda ko‘rsatilgan fikr-mulohazalarni
hisobga olgan holda yangilangan davlat byudjeti so‘rovlarini
taqdim etishi shart.
Kelgusi davr uchun davlat byudjeti so‘rovlari:
• Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika byudjetidan,
viloyatlarning viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahrining
shahar byudjetidan, tumanlar va shaharlar byudjetlaridan
moliyalashtiriladigan davlat byudjeti tashkilotlari va davlat byudjeti
mablag‘lari oluvchilar tomonidan tegishli moliya organlariga,
shuningdek‚ O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan
moliyalashtiriladigan tasarrufdagi davlat byudjeti tashkilotlari va
davlat byudjeti mablag‘lari oluvchilar tomonidan davlat byudjeti
mablag‘larini taqsimlovchilarga – joriy yilning 1 iyunigacha;
• davlat byudjeti mablag‘larini taqsimlovchilar tomonidan
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga – joriy yilning 1 iyuli-
gacha;
• davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlar to-
monidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga — joriy
yilning 1 iyuligacha taqdim etiladi.
O‘zbekiston
Respublikasi
Davlat
soliq
qo‘mitasi,
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi va boshqa
vazirliklar, davlat qo‘mitalari hamda idoralar Davlat byudjeti va
davlat maqsadli jamg‘armalari daromadlarining prognozi bo‘yicha
takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga va davlat
maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlarga — joriy yilning
Do'stlaringiz bilan baham: |