Moliyaviy tizim
Xo‘jalik yurituvchi
subyektlar moliyasi
Davlat moliyasi va
mahalliy moliya
Tijorat korxonalari va
tashkilotlari moliyasi
Moliyaviy vositachilar
moliyasi
Notijorat tashkilotlar
moliyasi
Davlat
byudjeti
Byudjetdan tashqari
davlat
Maqsadli fondlari
Davlat
krediti
87
• Moliyaviy siyosatni amalga oshirishning asosiy metodologik
tamoyillarini aytib bering.
• Moliyaviy siyosatning natijaliligi qanday sabablarga bog‘liq?
• Moliyaviy siyosat, eng avvalo, nimaga yo‘naltirilgan bo‘lishi
kerak va nima uchun?
• Moliyaviy siyosatning mazmuni, uning asosiy yo‘nalishlari
nimalar orqali namoyon bo‘ladi?
• Mumtoz siyosiy iqtisod asoschilari bo‘lgan A.Smit va
D.Rikardolar
moliyaviy
siyosatga
oid
konsepsiyalarining
mohiyatini tushuntirib bering.
• XX asrning 20-yillari oxirlaridan boshlab keynschilik nazariy
konsepsiyasiga
muvofiq
moliyaviy
siyosatning
asosiy
yo‘nalishlarini aytib bering.
• XX asrning 70-yillarida iqtisodiy nazariyaning neoklassik
yo‘nalishi moliyaviy siyosatning o‘ziga xos bo‘lgan qanday
xususiyatlarini belgilab berdi?
• Sho‘rolar davlatida va sotsialistik orientatsiyada bo‘lgan
mamlakatlarda moliyaviy siyosatning o‘ziga xos bo‘lgan belgilari
nimalardan iborat bo‘lgan?
• II jahon urushidan keyingi yillarda Sovet davlatining
moliyaviy siyosatini tushuntirib bering.
• Moliyaviy siyosatni ishlab chiqishda moliyaviy resurslarni
taqsimlash
va
qayta
taqsimlashning
negizida
qanday
prinsiplarning yotishi muhim ahamiyatga ega?
• Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismlariga (yo‘nalishlariga)
nimalar kiradi?
• Qanday besh yo‘nalishlarning yig‘indisi (majmui) davlat
siyosatini amalga oshirishning asosiy vositasi sifatida xizmat
qiladigan moliyaviy siyosatni aniqlab beradi?
• Moliyaviy siyosatning yo‘nalishi sifatida davlatning byudjet
siyosati qanday aniqlanadi va uning mazmuni nimalardan iborat?
• Zamonaviy moliya fani soliqlarga nisbatan munosabatini aniq
belgilash imkoniga ega bo‘lgan. Bu munosabatlar nimalardan
tashkil topadi?
• Moliyaviy siyosatning yo‘nalishlaridan yana biri bo‘lgan pul
siyosatining
o‘ziga
xos
bo‘lgan
xarakterli
xususiyatlarini
tushuntirib bering.
• Moliyaviy siyosatning yo‘nalishi bo‘lgan kredit siyosatining
mazmunini va uning amalga oshirilish yo‘lini aytib bering.
88
• Amalga oshirilayotgan kredit siyosatiga muvofiq foiz stavkasi
asossiz darajada yuqori bo‘lsa, u qanday salbiy oqibatlarga olib
kelishi mumkin?
• Moliyaviy siyosatning yo‘nalishi sifatida davlatning baho
siyosati nimalar orqali ifodalanadi?
• Investitsiya siyosati moliyaviy siyosatning yo‘nalishlaridan
biri sifatida qanday tadbirlar kompleksidan iborat bo‘lishi mumkin?
• Moliyaviy siyosatning yo‘nalishi sifatida ijtimoiy siyosat yana
siyosatning qanday ko‘rinishlarini o‘z ichiga oladi?
• Boj siyosatining mazmuni va uning o‘ziga xos bo‘lgan
xususiyatlari nimalardan iborat?
• Sobiq Ittifoq moliyaviy siyosatning mohiyati nimada edi?
• O‘zbekistonda mustaqil moliyaviy tizimni tashkil etish qanday
amalga oshirildi?
• Milliy valyutani muomalaga kiritish tarixini aytib bering.
• Valyuta konvertatsiyasining ilk va chegaralangan tartibi
qanday amal qildi?
• “Yagona rubl hududi”ni tashkil etish g‘oyasi nega amalga
oshmadi?
• 1993-1994-yillarda amalga oshirilgan milliy valyutani joriy
etish qanday tashkil etilgan?
• 1992-2016-yillar mobaynida amal qilgan moliyaviy
siyosatning o‘ziga xos xususiyatlarini aytib bering.
• 2003-2017-yillar
davrida
amal
qilgan
valyuta
konvertatsiyasining yutuq va kamchiliklari nimalarda edi?
• “2017 – 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar
strategiyasi”da ishlab chiqilgan davlat moliyaviy siyosatning
maqsadi va vazifalarini nimalar tashkil etadi?
• 2016-yildan boshlangan iqtisodiy taraqqiyotning yangi
davrida
moliyaviy
siyosatning
vazifalari
va
o‘ziga
xos
xususiyatlarini tushuntirib bering.
• O‘z
bekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev 2017-yil 2
sentyabrda imzolagan “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha
birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonining
mazmunini gapirib bering.
89
Do'stlaringiz bilan baham: |