Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan



Download 5,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/444
Sana22.12.2021
Hajmi5,3 Mb.
#122845
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   444
Bog'liq
Moliya 2020 (darslik)

Ks = Hmo : Rmo 

 

 Bu yerda:  



Ks  — 

moliyaviy oqim samaradorligining  

   

 

 



 

 

koeffitsiyenti; 



          

Hmo —   davriy koeffitsiyentga o‘zgartirilgan 

          

 

 



(korrektirovka qilingan) haqiqatdagi 

         

 

 

moliyaviy oqim; 



          

Rmo —   rejadagi moliyaviy oqim. 

 

Moliyaviy 



oqimlar 

moddiy 


resurslarning 

uchrashma 

harakatini o‘zida aks ettiradi. Ular orqali iqtisodiyotning makro- va 

mikrodarajalarida 

(korxonalar, 

firmalar, 

korporatsiyalar 

va 


boshqalarda)  mulkdan  foydalanishning  holati,  dinamikasi  va 

samaradorligi nazorat qilinadi. 

Tushumlar  va  boshqa  pul  mablag‘larining  kelib  tushishini 

(oqib  kelishini)  aks  ettiradigan  moliyaviy  oqimlar  ijobiy  oqimlar 

deyiladi. 

Aksincha, 

pul 

mablag‘larining 



oqib 

ketishini 

xarakterlaydigan  moliyaviy  oqimlar  salbiy  oqimlar  deyiladi. 

Korxonaning  moliyaviy  ahvolini  mustahkamlash  uchun  ijobiy 

moliyaviy  oqimlar  salbiy  moliyaviy  oqimlardan  ancha  yuqori 

bo‘lishi  kerak.  Bunday  sharoitda  korxonaning  ixtiyorida  qoluvchi 




114 

pul mablag‘larining miqdorini aks ettiruvchi sof moliyaviy oqimning 

bo‘lishi  ta’minlanadi.  Sof  moliyaviy  oqim  korxona  moliyaviy 

salohiyatining  o‘sish,  ular  daromadlarining  kapitalizatsiyalashuvi 

darajasini  aniqlash,  investitsion  va  innovatsion  imkoniyatlarining 

manbai bo‘lib hisoblanadi. 

Korxona  va  korporatsiyalar  sof  moliyaviy  oqimining  o‘sishi 

ular 


rentabelligi 

va 


investitsion 

samaradorligini 

oshirish 

imkoniyatlarini 

xarakterlaydi 

hamda 


moliyaviy 

ahvolini 

mustahkamlashning muhim shart-sharoiti hisoblanadi. 

Makrodarajada  moliyaviy  ahvolni  xarakterlaydigan  quyidagi 

bir necha ko‘rsatkichlar mavjud: 

•  bir  ishlovchi  to‘g‘ri  keladigan  ishlab  chiqarilgan  YaIMning 

miqdori; 

•  inflyatsiya darajasi va dinamikasi; 

•  davlat byudjetining ahvoli (defitsit, profitsit); 

•  oltin-valyuta zaxiralarining miqdori va dinamikasi. 

Davlatning  moliyaviy  ahvoli  mamlakat  ijtimoiy-iqtisodiy 

kompleksi faoliyatining natijasidir. 

Jahon  taraqqiyoti  tendensiyalarining  ko‘rsatishicha,  hozirgi 

sharoitda  davlat  moliyaviy  ahvolini  mustahkamlashning  asosiy 

joriy  va  istiqboldagi  rezervi  ijtimoiy  intellektning  (sotsial 

kapitalning)  to‘planishi  (jamg‘arilishi)  va  uni  iqtisodiy  o‘sishning 

innovatsion-investitsion  strategiyasida  foydalanish  jarayonida 

samarali  moddiylashtirish  hisoblanadi.  Sotsial  xarakterdagi 

muammolarni 

(maorif, 

sog‘liqni 

saqlash, 

madaniyat 

va 


boshqalarni)  hal  etish,  hayotning  sifat  darajasini  oshirish  bilan 

birgalikda, iqtisodiy taraqqiyotning kuchli omili va buning oqibatida 

esa, 

mamlakat 



joriy 

va 


istiqboldagi 

salohiyatini 

mustahkamlashning muhim shartidir. 

Davlat  qarzlarini  o‘z  vaqtida  qaytarish  (uzish)  davlatning 

moliyaviy  ahvolini  ko‘rsatuvchi  muhim  ko‘rsatkichlardan  biri 

hisoblanadi.  Murakkab  moliyaviy  vaziyatda  davlat  defolt,  ya’ni  bir 

tomonlama 

tartibda 

qabul 

qilingan 



xalqaro 

moliya-kredit 

majburiyatlardan  bosh  tortish  e’lon  qilishi  mumkin.  Bir  vaqtning 

o‘zida davlat qarzlarini restrukturizatsiya qilish va uning qaytarilish 

muddatlari  bo‘yicha  kreditorlar  bilan  muvofiqlashtirilgan  holda 

choralarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirish kerak. 

Korxonalar,  firmalar  va  korporatsiyalar  darajasida  moliyaviy 

ahvol  to‘lovga  qobillilik  bilan,  ya’ni  bozor  iqtisodiyotining  boshqa 

127 

Moliyaviy  bashoratlash  turli  usullarning  qo‘llanilishini  taqozo 



etadi. Ularning eng asosiylari quyidagilar bo‘lishi mumkin: 

•  iqtisodiy jarayonlarni aniqlaydigan omillarga bog‘liq ravishda 

moliyaviy  reja  ko‘rsatkichlarining  dinamikasini  xarakterlaydigan 

ekonometrik modelni yaratish; 

•  korrelyatsion-regression tahlil; 

•  bevosita ekspertli baholash metodi. 

Asosida  aniq  shakllantirilgan  maqsad  va  unga  erishishning 

vositalari yotgan dasturli-maqsadli yondashuvdan foydalanadigan 

moliyaviy 

rejalashtirishning 

metodi 

sifatida 

moliyaviy 

dasturlashtirish quyidagilarning bo‘lishini ko‘zda tutadi: 

•  yo‘nalishlar  bo‘yicha  davlat  xarajatlarining  ustuvorlarini 

belgilash (o‘rnatish); 

•  davlat mablag‘lari sarflanishining samaradorligini oshirish; 

•  muqobil 

variantning 

tanlanishiga 

muvofiq 

ravishda 

moliyalashtirishni to‘xtatish. 

Dastur variantining tanlanishi, eng avvalo, iqtisodiy omillarga 

(resurslarga)  bog‘liq.  Bunda  faqat  maqsadga  erishishning 

masshtabi,  ahamiyati  va  murakkabligi  emas,  balki  mavjud 

zaxiralarning  hajmi,  kutilayotgan  jami  samara,  maqsadga 

erishilmaganda  potensial  yo‘qotmalar  ham  hisobga  olinadi. 

Moliyaviy siyosat sohasidagi uzoq va qisqa muddali maqsadlar va 

choralarni 

muvofiqlashtirishning 

muhim 


metodi 

sifatida 

dasturlashtirishdan moliyaviy rejalashtirishning hozirgi amaliyotida 

faol foydalanish maqsadga muvofiqdir. 

Moliyaviy  dasturlashtirish  rivojlangan  mamlakatlarda  o‘tgan 

asrning  60-yillaridanoq  foydalanib  kelinayapti.  Uning  asosiy 

mohiyati  besh  yillik  “o‘zgarib  turadigan”  xarajatlar  rejasini  tuzish 

bilan  belgilanadi.  Har  yili  joriy  yil  rejasi  ko‘rsatkichlarining 

kutilayotgan  ijrosi  asosida  reja  o‘zgartiriladi  (korrektirovka 

qilinadi).  Bunda  ko‘rsatkichlar  besh  yillik  shkala  bo‘yicha  bir  yil 

oldinga (hisobot yilidan keyingi yilga) “ko‘chiriladi”. Oldinda turgan 

birinchi  yilning  reja  ko‘rsatkichlari  direktiv  (majburiy),  keyingi  to‘rt 

yillik  ko‘rsatkichlar  esa  mo‘ljalli  (orientirovkali)  xaraktyerga ega 

hisoblanadi.  

Hozirgi  paytda  dunyoning  juda  ko‘p  mamlakatlarida  ishlab 

chiqarish 

maqsadlariga, 

resurslar 

va 

ijrochilar 



bo‘yicha 

balanslilikka  yo‘naltirilgan  ilmiy-tadqiqot,  tashkiliy-xo‘jalik  va 




126 

biznes-rejaning  boshqa  bo‘limlarida  aniqlanadigan  cheklanmalar 

bilan muvofiqlashtirilishi kerak; 

•  zaruriy 

investitsiyalarning 

hajmi, 


ishlab 

chiqarishni 

kengaytirish  bo‘yicha  moliyaviy  resurslarning  hajmi,  ularning 

samaradorligi va foydaga ta’sirini aniqlash; 

•  va boshqalar. 

Umuman  olganda,  moliyaviy  rejalarning  ko‘rsatkichlari 

davlatning  moliyaviy  ahvolini  tahlil  qilish  uchun  boshlang‘ich 

material  hisoblanadi,  istiqbolga  mo‘ljallangan  rejalashtirishning 

axborot  (informatsion)  asosi  bo‘lib  xizmat  qiladi.  Moliyaviy  rejalar 

tizimi  moliyaviy  resurslar  manbalarining  (jismoniy  va  yuridik 

shaxslar  daromadlari)  tarkibiy  tuzilishidagi  o‘zgarishlarning 

obyektiv 

ravishda 

o‘zaro 


bog‘liqligi 

va 


uzoq 

muddatli 

tendensiyalarini, 

shuningdek, 

kelajakda 

bu 


tendensiyalar 

rivojlanishiga 

ta’sir 

ko‘rsatishi 

mumkin 

bo‘lgan 


omillarni 

aniqlashga imkon beradi. 

Moliyaviy  rejalashtirishni  moliyaviy  bashoratlashsiz  tasavvur 

etib  bo‘lmaydi.  U  yoki  bu  davr  mobaynida  davlatning  mumkin 

bo‘lgan  moliyaviy  ahvolini  (holatini)  oldindan  ko‘ra  bilish  va 

moliyaviy  rejalarning  ko‘rsatkichlarini  asoslashga  moliyaviy 

bashoratlash  deyiladi.  Nazariya  va  amaliyotda  moliyaviy 

bashoratlash ikkiga ajratiladi: 

•  o‘rta muddatli (5-10 yillik) moliyaviy bashoratlash; 

•  uzoq muddatli (10 yildan ortiq) moliyaviy bashoratlash. 

Moliyaviy bashoratlash moliyaviy rejalarni tuzish bosqichidan 

oldin  sodir  bo‘ladi.  Unda  jamiyatning  ma’lum  bir  davrdagi 

taraqqiyotiga  bag‘ishlangan  moliyaviy  siyosatning  konsepsiyasi 

ishlab  chiqiladi.  Moliyaviy  bashoratlashning  bosh  maqsadi 

bashoratlanayotgan  davrda  haqiqatda  mavjud  bo‘lishi  mumkin 

bo‘lgan  moliyaviy  resurslarning  real  hajmi,  ularni  shakllantirish 

manbalari  va  ulardan  foydalanishni  aniqlashdan  iborat.  Moliyaviy 

bashoratlar 

moliyaviy 

tizim 


organlariga 

moliyaviy 

tizimni 

rivojlantirish  va  takomillashtirishning,  moliyaviy  siyosatni  amalga 

oshirish  shakllari  va  metodlarining  turli-tuman  variantlarini 

belgilashga  imkon  beradi.  Shu  ma’noda,  moliyaviy  bashoratlar 

moliyaviy  siyosatni  ishlab  chiqishning  zaruriy  elementi  va  bir 

vaqtning o‘zida muhim bosqichi bo‘lib hisoblanadi. Ular yordamida 

moliyaviy  tizimning  barcha  subyektlari  oldida  turgan  ijtimoiy-

iqtisodiy vazifalarni hal qilishning turli ssenariylari ishlab chiqiladi. 

115 

subyektlari  va  soliq  organlari  oldida  moliyaviy  majburiyatlarini  o‘z 



vaqtida  uzish imkoniyati  bilan  xarakterlanadi.  To‘lovga  qobillik  bu 

korxona  barcha  pul  aktivlari  (Pa)  va  to‘lov  muddati  kelgan  (yoki 

o‘tgan)  moliyaviy  majburiyatlar  (Mm)  o‘rtasidagi  nisbat  demakdir. 

Sog‘lom 


ishlayotgan 

korxonalar 

uchun 

to‘lovga 



qobillik 

koeffitsiyenti (TQk) doimo birdan yuqori (katta) bo‘lishi kerak: 

            Pa 

 Tqk = --------- 

 1 


            Mm 

   


Korxonaning  moliyaviy  holatini  aniqlash  uchun  likvidlilik, 

aylanma aktivlarning o‘z aylanma mablag‘lari bilan ta’minlanganlik 

ko‘rsatkichi va boshqa shu kabi ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. 

Ma’lum  bir  aniq  sanada  va  iqtiqbolda  korxona  to‘lov 

majburiyatlari  va  uning  moliyaviy  imkoniyatlari  o‘lchamini 

balanslashtirishning  asosiy  metodi  moliyaviy  oqimlar  byudjetidir 

(balansidir).  U  o‘z  ichiga  korxona  ixtiyoriga  kelib  tushadigan  pul 

mablag‘lari va korxona tomonidan sarflanadigan pul mablag‘larini 

oladi.  Bu  narsa  doimiy  ravishda  korxona  pul  mablag‘larining 

harakatini  nazorat  qilish,  ular  dinamikasini  baholash  va 

bashoratlash  imkonini  beradi.  Ana  shunday  byudjet  asosida 

korxonaning to‘lovga qobilligini boshqarish amalga oshiriladi. 

Moliyaviy  oqimlar  byudjeti  bu  korxona  to‘lovga  qobilligining 

kengaytirilgan  koeffitsiyenti,  demakdir.  Agar  uning  chap  tomoni 

(daromadlar  qismi)  o‘ng  tomoniga  teng  yoki  undan  katta  bo‘lsa, 

unda korxona to‘lovga qobildir. Agar uning o‘ng tomoni (xarajatlar 

qismi)  chap  tomonidan  oshsa,  u  holda  korxona  to‘lovga  qobil 

emas  hisoblanadi.  Moliyaviy  oqimlar  byudjeti  (balansi)  pul 

mablag‘larining  tushilmalari  va  ularning  sarflanish  yo‘nalishlari 

bo‘yicha  bir-biri  bilan  o‘zaro  bog‘liq  bo‘lgan  rejali-istiqbolli  hisob-

kitoblar tizimidan iborat bo‘lib, u byudjetlashtirish tizimiga (sotuvlar 

byudjeti,  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  (bevosita)  va  egri  (bilvosita)  xarajatlar 

byudjeti, investitsion byudjet va boshqalardan) asoslanadi. 

Moliyaviy  oqimlarning  miqdoriy  va  sifat  tavsifnomalari  orqali 

korxonaning  faoliyati  ifodalanadi.  Ular  ishlab  chiqarish  barcha 

omillari 

harakatining 

qiymatdagi 

ifodasidan 

iboratdir. 

Menejmentda  sifat  jihatdan  farqlanuvchi  boshqaruv  tizimi  – 

korxonani  moliyaviy  boshqarish  tizimi  shakllandiki,  bu  narsa 

moliyaviy  oqimlar  orqali  ishlab  chiqarish,  mahsulot  sotish, 



116 

resurslarning  aylanuvchanligi,  xarajatlar,  rentabellik  va  boshqa 

jarayonlarning boshqarilishini ko‘zda tutadi. 

Moliyaviy  oqimlar  byudjeti  bu  haqiqatda  turli  davriy 

muddatlarda hisoblanadigan korxonaning moliyaviy rejasidir. Turli 

davrlar  uchun  (kunlik,  dekadalik,  oylik,  choraklik,  yillik  va  uzoq 

istiqboldagi)  moliyaviy  oqimlarning  bashoratli  byudjetlarini  tuzish 

korxonaning  to‘lovga  qobillik  darajasini  oshirishga  imkon  beradi 

va kelajakda uning moliyaviy holati barqarorligini ta’minlaydi. 

 


Download 5,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   444




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish