Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollar
• Moliyaviy boshqaruv deb nimaga aytiladi?
• Qanday vazifalarni (muammolarni) bajarish (yechish)
moliyaviy boshqaruvning zimmasiga yuklatilgan?
• Moliyaviy boshqaruvning obyekti sifatida nimalar maydonga
chiqadi?
• Moliyaviy boshqaruvning subyektlarini aytib bering.
• Moliyaviy boshqaruvning maqsadi nimalardan iborat?
• Moliyaviy boshqaruvning asosiy metodologik prinsiplari
nimalardan iborat?
• Moliyaviy boshqaruvning konkret metodlari va shakllari
tarkibini aytib bering.
• Moliyaviy boshqaruv tizimi o‘z ichiga nimalarni oladi?
• Umumdavlat miqyosida moliyaviy boshqaruv tizimi qanday
boshqaruv organlaridan tashkil topishi mumkin?
• Moliyaviy boshqaruv organi sifatida mamlakat Prezidenti
qanday huquqlarga ega?
• Moliyaviy boshqaruvga oid Oliy Majlis palatalari qanday
vakolatlarga ega?
• Vazirlar Mahkamasining moliyaviy boshqaruvga tegishli
qanday vakolatlari mavjud?
• Davlat moliyaviy nazorat organi sifatida Hisob palatasi
moliyaviy boshqaruvga oid qanday vazifalarni bajaradi?
• Moliyaviy boshqaruvga daxldor Moliya vazirligining asosiy
vazifalari nimalardan iborat?
• Hozirgi paytda Moliya vazirligining Markaziy apparatida
qanday departamentlar bo‘lishi mumkin?
125
hajmining oshganligini ifodalaydi. Shularga muvofiq ravishda,
aholi pul daromadlari va xarajatlari balansi naqd pulli pul
aylanmasi, chakana tovar aylanmasi, soliq tushumlari, kredit
resurslarini rejalashtirish uchun muhim rol o‘ynaydi. Bu balans
Moliya vazirligi, Markaziy bank va moliyaviy tizimning boshqa
organlari ishtirokida Iqtisodiyot vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi.
Ma’lum bir muddatni qamrab olishiga qarab, moliyaviy rejalar
quyida ikki guruhga bo‘linishi mumkin:
• uzoq muddatli moliyaviy rejalar;
• qisqa muddatli moliyaviy rejalar.
Uzoq va qisqa muddatli moliyaviy rejalar bir-birlaridan
nafaqat
o‘zining
qamrab
olish
gorizonti
bo‘yicha,
balki
rejalashtirish maqsadlariga ko‘ra ham farqlanadi. Agar uzoq
muddatli moliyaviy rejalarning (rejalashtirishning) bosh maqsadi
moliyaviy barqarorlik nuqtayi nazaridan firma kengayishining yo‘l
qo‘yilishi mumkin bo‘lgan sur’atlarini aniqlash bo‘lsa, qisqa
muddatli moliyaviy rejalarning (rejalashtirishning) bosh maqsadi
firmaning to‘lovga doimiy qobilligini ta’minlashdan iboratdir.
Alohida olingan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy
rejasi unga tegishli bo‘lgan biznes-rejaning tarkibiy qismi
hisoblanadi. Unda marketing, operativ faoliyat, mulkka egalik
huquqi va korxona faoliyat ko‘rsatishining boshqa yo‘nalishlari
qiymat ko‘rsatkichlarida ifodalanadi. Moliyaviy reja korxona butun
faoliyatini moliyaviy jihatdan ta’minlashning vositasi sifatida
maydonga chiqadi va bir vaqtning o‘zida, shu faoliyatning
moliyaviy natijalarini xarakterlaydi. Biznes rejaning tarkibida
moliyaviy reja quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ishlab chiqiladi:
• bozorlarni va ko‘zda tutilayotgan sotuvlar hajmini
o‘zlashtirishning loyihaviy ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish;
• tannarxning turli ko‘rinishlarini (to‘liq, ishlab chiqarish, to‘g‘ri
va boshqalar) hisob-kitob qilish. Bu yerda marketing tadqiqotlari,
reklama, bozorlarni o‘zlashtirish xarajatlarini hisobga olish muhim
ahamiyat kasb etadi;
• pul mablag‘larining yillik oqimini loyihalashtirish va moliyaviy
natijalarni aniqlash. Bu tushumlarning kelib tushishi, debitorlik va
kreditorlik
qarzlarining
o‘zgarishi,
moliya
to‘lovlarini
optimallashtirish va boshqalar bo‘yicha dinamikalarning bashorat
qilinishini taqozo etadi. Shu yerning o‘zida foydaga oid hisob-
kitoblar korxonaning joriy istiqboldagi salohiyati bilan, shuningdek,
124
Bu moliyaviy rejalar (hujjatlar) Moliya vazirligi va moliyaviy
tizimning boshqa bo‘linmalari faol ishtirokida Iqtisodiyot vazirligi
tomonidan ishlab chiqiladi. Balansda byudjet fondi, byudjetdan
tashqari maxsus fondlar, sug‘urta fondi, kredit fondi, korxona va
tashkilotlarning pul fondlari va, nihoyat, fuqarolarning pul
mablag‘lari tarkibida rejalashtirilayotgan resurslarning shakllanishi
va ulardan foydalanish aks ettiriladi. Moliyaviy rejalashtirishning
balans metodi mamlakat, uning ma’muriy-hududiy tuzilmalari va
mahalliy ma’muriyatlari masshtabida moliyaviy resurslar defitsitini
aniqlashga, barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasida
mablag‘larni samarali va asosli qayta taqsimlashga imkon beradi.
Davlatning yig‘ma moliyaviy balansi (moliyaviy resurslar balansi)
mavjud barcha moliyaviy rejalarni yagona tizimga birlashtiradi.
Uning ko‘rsatkichlari byudjet va kredit rejalarini, shuningdek,
boshqa moliyaviy rejalarni tuzishda asos sifatida qabul qilinadi.
Boshqa bir sintetik balans – aholi daromadlari va
xarajatlarining balansi – davlatning yig‘ma moliyaviy balansi
(moliyaviy resurslar balansi) bilan bevosita bog‘langandir. Unda
naqd pulli va naqd pulsiz shakllardagi aholi pul resurslarining
harakati o‘z ifodasini topadi. Balansda aks ettirilayotgan aholining
pul daromadlari o‘zining manbasiga ko‘ra quyidagi uch guruhga
bo‘linadi:
• ish haqi va ish haqiga ustamalar, mukofotlar, safar xarajatlari
uchun
mo‘ljallangan
mablag‘lar,
yollanma
ishchilarga
(xodimlarga) ish beruvchi tomonidan amalga oshiriladigan
ijtimoiy xarakterdagi to‘lanmalar;
• tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlar, korxonalarning
foydasiga sheriklik, shaxsiy mulk bilan operatsiyalar va moliya-
kredit operatsiyalaridan olinadigan daromadlar;
• sotsial transfertlar – davlat pensiyalari, nafaqalar,
stipendiyalar va shunga o‘xshashlar.
Xuddi shuningdek, balansda aks ettirilayotgan aholining pul
xarajatlari ham quyidagi guruhlardan iborat bo‘ladi:
• iste’mol xarajatlari;
• soliqlar, boshqa majburiy to‘lovlar va ixtiyoriy badallar;
• pul to‘planmalari va jamg‘armalar.
Moliyaviy
reja
hisoblangan
ushbu
balans
aholining
daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi proporsiyani aniqlaydi,
mehnat haqi va pensiya ta’minotining o‘sganligi, tovarlar taklifi
117
• Moliyaviy boshqaruvga bevosita daxldor bo‘lgan G‘aznachilik
tizimining asosiy vazifalari tarkibiga nimalar kiradi?
• Moliyaviy boshqaruvga oid Davlat soliq qo‘mitasi va uning
quyi organlari qanday vazifalarni bajaradi?
• Davlat bojxona qo‘mitasi va uning tegishli organlariga
moliyaviy boshqaruvga nisbatan qanday vazifalar yuklatilgan?
• Moliyaviy oqim deb nimaga aytiladi?
• Moliyaviy oqimlarning hajmi nimalarga bog‘liq?
• Moliyaviy oqimlarning qanday shakllari mavjud?
• Moliyaviy oqimlarni boshqarishning funksiyalari nimalardan
iborat?
• Moliyaviy oqimning samaradorligini qanday aniqlash
mumkin?
• Ijobiy va salbiy moliyaviy oqimlarni tushuntirib bering.
• Sof moliyaviy oqim deganda nima tushuniladi?
• Makrodarajada moliyaviy ahvolni xarakterlaydigan qanday
ko‘rsatkichlar mavjud?
• Korxonalar uchun to‘lovga qobillik koeffitsiyenti qanday
aniqlanadi?
• Moliyaviy oqimlar byudjeti (balansi) deyilganda nima
tushuniladi?
• Qachon korxona to‘lovga qobil yoki qobil emas hisoblanadi?
• Moliyaviy oqimlar byudjeti (balansi) nimaga asoslanadi?
118
Do'stlaringiz bilan baham: |