Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


  13.3. Xo‘jalik yurituvchi subyekt marketing



Download 5,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/444
Sana22.12.2021
Hajmi5,3 Mb.
#122845
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   444
Bog'liq
Moliya 2020 (darslik)

 


296 

13.3. Xo‘jalik yurituvchi subyekt marketing 

 strategiyasining moliyaviy jihatlari 

 

Agar  mamlakat  ijtimoiy-iqtisodiy  taraqqiyotining  5  yoki  10 



yilga  mo‘ljallangan  ilmiy  asoslangan  istiqboli  oldindan  oqilona 

tarzda aniqlangan bo‘lsa, baho strategiyasini mustahkam egallash 

mumkin.  Aks  holda  faqat  hozirgi  paytda  ishlab  chiqarilayotgan 

tovarlarning  emas,  balki  ilmiy-texnika  taraqqiyoti  va  ishlab 

chiqarishning tarkibiy tuzilmasidagi ilg‘or o‘zgarishlar ta’siri ostida 

yaratilishi  lozim  bo‘lgan  yangi  barcha  buyumlar  bahosining 

dinamikasini  ham  ko‘proq  yoki  ozroq  aniqlikda  ko‘rish  imkoniyati 

murakkabligicha  qolaveradi.  Ma’lumki,  iqtisodiy  jihatdan  yuqori 

sur’atlarda  taraqqiy  etgan  mamlakatlarning  barchasida  erkin 

baholar,  odatda,  davlat  tomonidan  tartibga  solinadigan  baholar 

bilan oqilona uyg‘unlashgan holda ishlatiladi. 

XYuSlar  marketing  strategiyasining  moliyaviy  jihatlari 

raqobat  sharoitida  bozordagi  baho  bozor  iqtisodiyotining  asosiy 

bo‘g‘iniga  bog‘liq  bo‘lmagan  omillar  asosida  ustuvor  ravishda 

shakllanishini  va  u  uchun,  asosan,  topshirilgan  (berilgan)  miqdor 

ekanligini  nazarda  tutadi.  XYuSning  bozor  muhiti  bozor  tashqi 

omillari  va  shart-sharoitlari  hamda  bozordan  tashqari  xo‘jalik 

aloqalar  majmuidan  iborat  bo‘lib,  ular  iqtisodiyot  asosiy  bo‘g‘ini 

faoliyatining  samaradorligini,  uning  maqsadli  strategiyasi  va 

tadbirkorlik 

muhitidagi 

xatti-harakati 

taktikasining 

amalga 


oshirilishini ko‘zda tutadi. 

Baholarni shakllantirish masalalarini hal etish uchun raqobat 

muhitini 

tahlil 


qila 

borib, 


XYuSning 

tegishli 

xizmatlari 

mahsulotlarni yetkazib berish va ularni sotish baholarini o‘rganishi 

(1), soliqlar va boshqa to‘lovlarni inobatga olgan holda XYuSning 

ishlab chiqarish va sotish chiqimlari, mol yetkazib berish shartlari 

va  XYuSni  ishlab  chiqarish  omillari  bilan  ta’minlashga  baho 

berishi  (2),  amalga  oshirilayotgan  tadbirlar  va  faoliyat  samara-

dorligini aniqlashi (3) kerak. 

Ana  shu  yuqoridagi  uch  yo‘nalishlar  XYuS  faoliyat 

ko‘rsatishining  mikromuhitini  xarakterlab,  u  biroq  XYuS 

faoliyatining umumiy sharoitlarini cheklamaydi. XYuS faoliyatining 

umumiy  sharoitlarini  makromuhit  deb  e’tirof  etish  qabul  qilingan 

bo‘lib, u o‘z ichiga quyidagi omillarni qamrab oladi: 

•  inflyatsion omillar, shu jumladan inflyatsion kutilishlar; 

297 


•  ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlardagi o‘zgarishlar (mehnat, shu 

sohadagi  beqarorlashtiruvchi  holatlar,  siyosiy  omillarni  ham 

qo‘shib hisoblaganda); 

•  davlat va mahalliy hokimiyat organlarining moliyaviy, soliq va 

pul-kredit siyosati; 

•  baholarni  davlat  tomonidan  tartibga  solish  sohasida 

ko‘riladigan choralar; 

•  XYuSning  bozorda  faoliyat  ko‘rsatishini  qonuniy  ta’-

minlashga qaratilgan o‘zgarishlar. 

Xo‘jalik  yurituvchi  subyekt,  mulkdorning  bozor  vakili  yoki 

uning  vakolatchisi  sifatida  iqtisodiy  mustaqillik  va  XYuS  o‘z  xatti-

harakatini  tanlash  erkinligi  bozor  baholarini  shakllantirishning 

zaruriy  shartlari  hisoblanadi.  O‘zaro  manfaatli,  xususan,  og‘zaki 

bitimlar,  shartnomalar,  oldi-sotdi  shartnomalari  ko‘rinishidagi 

shartnomalar 

vositasida 

amalga 

oshiriladigan 

xo‘jalik 

subyektlarining tijorat munosabatlari ham shunga kiradi. Bu yerda 

yo‘qotmalar,  zararlar  va  qo‘ldan  chiqarilgan  imkoniyatlar 

(foydalar)ni 

qoplash 

kafolatini 

beruvchi 

shartnoma-bitim 

munosabatlari, boshqa xo‘jalik munozaralariga ta’sir ko‘rsatish va 

ularni  himoya  qilish  muhim  rolynaydi.  Raqobat  muhitining 

mavjudligi va monopolizmga barham berish ham bu yerda kerakli 

sharoit 


sifatida 

maydonga 

chiqib, 

ular 


xo‘jalik 

yuritish 

subyektlarini, bozor vakillarini xatti-harakatni tanlash imkoniyatlari 

bilan  ta’minlaydi.  Bularning  qatoriga  muvozanat  baholar  evaziga 

talab  va  taklif  nisbatlarining  tenglashuvi  oqibatida  vujudga 

keladigan bozor muvozanatini ham kiritish kerak. 

Bozor iqtisodiyotida baholarni shakllantirish jarayoni, boshqa 

holatlardan  tashqari,  yana  bahoni  o‘rnatish  xususida  kim  qaror 

qabul  qilganligiga  va  uni  kim  tayyorlaganligiga  ham  bog‘liq. 

Shuning  uchun  ham  baholar  qay  hollarda  direktorlar  kengashi, 

hissadorlik jamiyatining prezidenti, XYuSning bosh direktori, uning 

o‘rinbosarlari  va  qay  hollarda  esa  ta’minot  bo‘limining  boshlig‘i, 

uning  joylardagi  vakillari  tomonidan  tasdiqlanishini  bilish  juda 

muhimdir.  Shuningdek,  bahoni  asoslash  bilan  shug‘ullanadigan 

ma’muriyat  xizmatlari  va  bo‘linmalarining  aniq  funksiyalarini 

belgilash  ham  kerak.  Bu  faoliyat  XYuS  markaziy  xizmatlari 

tomonidan  qat’iy  muvofiqlashtirilgan  asosda  amalga  oshirilmog‘i 

lozim.  



320 


Download 5,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   444




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish