Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollar
• “Ishlab chiqarish xarajatlari” va “ishlab chiqarish chiqimlari”
tushunchalari bir xil ma’noni anglatadimi? Ularning farqli jihatlari
nimalardan iborat?
• Ishlab chiqarish chiqimlarini qanday guruhlarga bo‘lish
mumkin va ular qanday nomlanadi?
283
baholarning past darajasi esa (masalan, bolalar va keksa
yoshdagi qariyalarga mo‘ljallangan tovarlar) ana shunday sotib
oluvchi
(iste’molchi)lar
foydasiga
mablag‘larning
qayta
taqsimlanishiga olib keladi. Bir tomondan, mamlakatda sanoat
ishlab chiqarish xarakteriga ega bo‘lgan ko‘plab tovarlarga
nisbatan baholarning erkinlashtirilishi va ikkinchi tomondan, bir
necha qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga nisbatan baholarning davlat
tomonidan tartibga solinishi qishloq xo‘jaligiga tegishli bo‘lgan
daromadlar bir qismining sanoatning ayrim tarmoqlari foydasiga
qayta taqsimlanishiga imkon beradi. Shunday qilib, demak, ulgurji
baholarni oshirish yoki pasaytirish orqali tarmoqlar, XYuSlar,
mintaqalar, ijtimoiy guruhlar va oilalarning daromadlari va
foydasini qayta taqsimlash mumkin.
Aynan bahoning tartibga solish funksiyasi orqali bozor
iqtisodiyotida ishlab chiqarish va iste’mol, taklif va talab o‘rtasida
aloqa o‘rnatiladi (amalga oshiriladi). Shunisi xarakterliki, tartibga
soluvchi baho tartibga solish jarayonining o‘zida vujudga keladi va
uning o‘zi ham tartibga solinuvchi hisoblanadi. Shuning uchun
ham bu yerda muvozanatli, ya’ni o‘z-o‘zidan o‘rnatiluvchi, darajasi
talab va taklifning tenglashishiga muvofiq keladigan baho
yordamida tovar-pul jarayonlarini o‘z-o‘zidan tartibga solish funk-
siyasi xususida gapirish aniqroq bo‘lur edi.
Oila byudjetining o‘zgarishi, aholi daromadlari va xarajatlarini
qayta taqsimlash munosabati bilan chakana baholar o‘zgarganda
bahoning ijtimoiy funksiyasi vujudga keladi. Buning natijasida
ijtimoiy ne’matlar va xizmatlarning u yoki bu turlariga nisbatan
iste’mol qilish hajmlari oshadi yoki kamayadi. Chakana
baholarning oshishi turmush darajasini pasaytiradi va aksincha,
deb e’tirof etilgan. Biroq, agar bir vaqtning o‘zida chakana baholar
bilan birgalikda ulgurji baholar va aholi daromadlari ham o‘zgarsa,
bu “manzara” ko‘p omilliga aylanadi va baholar dinamikasining
turmush darajasiga ta’siri xususida xulosa chiqarish uchun
yanada chuqurroq tahlil o‘tkazish zarur bo‘ladi.
Bahoning rag‘batlantiruvchi funksiyasi ishlab chiqarishni
moddiy
va
mehnat
resurslaridan
samarali
foydalanish,
mahsulotning ma’lum bir turini ishlab chiqarish yo‘nalishlarida
rag‘batlantirish orqali namoyon bo‘ladi. Bunday baholar agar ular
iste’molchi uchun qulay bo‘lsa, iste’molni ham rag‘batlantiradi.
Bahoning rag‘batlantiruvchi funksiyasi bozorni tartibga solishning
282
tovarning sifati orqali namoyon bo‘ladigan uning iste’mol
qiymatini, uning foydaliligini ham hisobga olmoq lozim. Bundan
baho bozor mexanizmining pulda ifodalangan muhim elementidir,
degan xulosa kelib chiqadi.
Baho yordamida mol yetkazib beruvchi va iste’molchi
foydalanayotgan resurslarning hajmi ifodalanadi, ular bir resurs
bilan ta’minlanadi, bir vaqtning o‘zida ikkinchi resursni oladi,
buning natijasida resurslarning foydaliligi oshadi. Shunday qilib,
baho kerakli mahsulot yoki xizmatga ega bo‘lish uchun kishi
berishi lozim bo‘lgan resurslarning miqdoridir. Bahoning ijtimoiy
zaruriy mehnat xarajatlariga yaqinlashishini ta’minlovchi modeli
ana shundan iborat. Yuqorida bayon qilingan holatlarga asoslanib
vujudga keltirilgan baho o‘ziga tegishli bo‘lgan funksiyalarni bozor
iqtisodiyotida yaxshi bajaradi.
Eng avvalo, baho yordamida barcha tovarlarning yoki tovar
birligining hajm, dona va og‘irlik birliklaridagi qiymati pul
birliklarida o‘lchanadi. Pulli ekvivalentning mavjud ekanligi bahoga
miqdor va son shakllaridagi tovar qiymatini ifodalovchi yoki
o‘lchovchi sifatida maydonga chiqishga imkon beradi. Bir vaqtning
o‘zida baho pulda ifodalangan turli tovar qiymatlarining
o‘lchovchisi hamdir. Ko‘rilayotgan ana shu sifatda baho
umumiqtisodiy samaradorlikning eng muhim ko‘rsatkichlaridan biri
sanaladi, xo‘jalik qarorlarini qabul qilish uchun mo‘ljal, bashorat-
lashning muhim vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Yuqoridagilarning
barchasi bahoning o‘lchov(chilik) funksiyasidan darak beradi.
Ma’lum ma’noda, bahoning hisob-nazorat funksiyasi uning
o‘lchov(chilik) funksiyasining o‘ziga xos bo‘lgan “qo‘shni”si
hisoblanadi va qisman uning tarkibiga kiradi. Baho, milliy
boylikning buyumlashgan va moddiy o‘lchamlarini qiymat va
demak, moliyaviy o‘lchamlarga aylantirib, qiymatning fuqa-
rolarda, ularning oilalarida, XYuSlarda, tarmoqlarda, umuman
iqtisodiyotda, qishloq, shahar, tuman, viloyat va mamlakat
bo‘yicha saqlanishi, jamg‘arilishi va harakat etishi ustidan hisob
va nazoratni olib borishning instrumenti bo‘lib xizmat qiladi.
Bahoning
Do'stlaringiz bilan baham: |