Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan



Download 5,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/444
Sana22.12.2021
Hajmi5,3 Mb.
#122845
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   444
Bog'liq
Moliya 2020 (darslik)

Sovet  moliya  fani.  Iqtisodiyot  va  moliyani  boshqarishning 

direktiv  metodlariga  o‘tilishi  munosabati  bilan  moliya  xususidagi 

ilmiy  tasavvurlarni  unifikatsiya  qilish  va  tartibga  keltirish,  ularni 

sinfiy  kurash  manfaatlariga  bo‘ysundirish  zaruriyati  paydo  bo‘ldi. 

SSSR  moliyasi  to‘g‘risidagi  fanning  yaratilishi  buning  natijasi 

bo‘lib, unda sovetlar moliyasining kapitalistik davlatlar moliyasidan 

ustunligi ko‘rsatildi. Bu fanning oyoqqa turish davri nisbatan uzoq 

vaqtni 

talab 


etib, 1920-yillarning 

oxiridan 

1950-yillarning 

boshigacha davom etdi. 

 

Birinchi davrda (1926-1931-yillar), asosan, birinchi besh yillik 



rejaning  bajarilishi  jarayonida  vujudga  kelgan  moliyaning  xususiy 

masalalari  ishlab  chiqildi.  Bir  vaqtning  o‘zida,  moliyaning 




198 

sotsialistik amaliyotdagi yangi voqeliklarini umumlashtirishga ham 

harakat qilindi. Bunday ishlar qatoriga D. Kuzovkov, G. Tiktina, A. 

Bukovetskiylarning 

ishlarini 

va, 


ayniqsa, 

muallifning 

o‘zi 

tomonidan “markscha darslik” deb e’tirof etilgan D. Bogolepovning 



“Moliya fanining qisqacha kursi” darsligini ko‘rsatish mumkin. 

 

Sotsialistik 



atamalardan, 

so‘z 


va 

iboralardan 

keng 

foydalangan  bo‘lishiga  qaramasdan  D.  Bogolepov  moliyasining 



mazmuni  “jamoa  ehtiyojlarini  qondirish”  nazariyasidan  kelib 

chiqadiki,  uning  tarafdorlari,  yuqorida  qayd  etilganidek,  Oktyabr 

davlat  to‘ntarilishigacha  bo‘lgan  rossiyalik  iqtisodchilar  edi. 

Bularning  hammasi  moliya  nazariyasining  biron-bir  ishlanmasi 

rasmiy  jihatdan  e’tirof  etilmasligiga  va  qo‘llab-quvvatlanmasligiga 

olib keldi. Bu o‘sha davr SSSR tarixiy taraqqiyotiga xos holat edi. 

 

Sovet  moliya  fani  taraqqiyotining  ikkinchi  davri  (1931-1956- 



yillar)  moliyaning  predmetiga  nisbatan  yagona  qarashlarning 

shakllanganligi  bilan  xarakterlanadi.  Ilmiy  asarlarida  moliyaning 

nazariy  asoslarini:  moliyaning  mohiyati,  funksiyalari  va  ijtimoiy 

takror  ishlab  chiqarishdagi  roli,  milliy  daromadni  taqsimlashda 

moliyaning  o‘rni,  moliyaviy  tizimning  tarkibi  va  boshqa  shunga 

o‘xshash bir qancha masalalarni ishlab chiqqan V. D’yachenko bu 

davrning  klassikiga  aylandi.  U  birinchi  bo‘lib  moliyaga  markscha 

ta’rif  berdi.  Berilgan  ta’rif  quyidagicha  edi: “Daromadlar  va 

jamg‘armalarni  rejali  taqsimlash  orqali  davlatning  funksiyalari  va 

vazifalariga  muvofiq  ravishda  uning  markazlashtirilgan  va 

markazlashtirilmagan  pul  fondlarini  shakllantirish  va  ulardan 

foydalanishni ta’minlaydigan pul munosabatlari tizimiga sotsialistik 

davlatning moliyasi deyiladi”

57

 (tarjima - mualliflarniki).  



 

V.D’yachenkoning 

asarlari 

birinchi 

rasmiy 

darsliklar 

hisoblangan  “SSSR  moliyasi” (1933-yil)  va  “SSSR  moliyasi  va 

krediti” (1940-yil)  darsliklari  uchun  asos  bo‘lib  xizmat  qildi. 

V.D’yachenkoning  moliya  nazariyasiga  oid  umumiy  qarashlari 

uning  “Sovetlar  moliyasining  mohiyati  va  funksiyalari  to‘g‘risidagi 

masalalarga doir” asarida aks ettirilgan. 

  

Bu  davrda  moliya  fanining  amaliy  masalalarini  tadqiq  qilish, 



asosan, 

ikki 


yo‘nalishda 

amalga 


oshirildi: 1) moliya 

kategoriyalarining  taraqqiyot  tarixini  o‘rganish.  Bu  ro‘yxatga 

K.Plotnikovning  byudjet  tarixiga  bag‘ishlangan,  A.Zverev  va 

N.Voznesenskiylarning  Ulug‘  Vatan  urushi  davrida  moliyaning 

                                                 

57

 Qarang: D’yachenko V.P. Voprosi teorii finansov. – M.: Finansi, 1957. s.68-69. 



203 

idoralari  tizimlarining  moliya  bo‘linmalari  uchun  oliy  ma’lumotli 

moliya mutaxassislarini tayyorlar edi. 

O‘zbekistonda  moliya  sohasida  maxsus  oliy  o‘quv  yurti 

tashkil etilgani bilan uning professor-o‘qituvchilari batamom Ittifoq 

markazlaridan yuborilgan mutaxassislardan iborat edi. Ya’ni o‘sha 

davrlarda  Toshkent  Moliya  instituti  va  boshqa  oliy  o‘quv  yurtlari 

iqtisodiyot  fakultetlarining  talabalariga  ham  moliya  fanini 

Rossiyadan yuborilgan asosan xristian millatlariga mansub olimlar 

o‘qitishgan. 

 Lekin  1940-yillarga  kelib,  O‘zbekistonning  o‘zbek  millatiga 

mansub  oliy  ma’lumotli  ilk  moliyachi  mutaxassislari  paydo 

bo‘lishdi.  Bu  holat  ular  ichidan  Ittifoq  va  O‘zbekiston  davlat 

byudjetlari  o‘rtasidagi  munosabatlarni  tushuna  oladigan  va  bu 

borada  fikrlar  ayta  oladigan  o‘zbek  mutaxassislari  va  olimlarining 

ham paydo bo‘lishiga zamin yarata boshladi. Lekin, qator obyektiv 

sabablarga  ko‘ra,  eng  avvalo,  sobiq  Ittifoqning  bu  masalaga 

aynan  o‘gay  ko‘z  bilan  qaraganligi,  Markaziy  Osiyodan  moliya 

faniga  kimdir  kirib  qolishini  xohlamasligi  sababli  o‘zbek  moliyachi 

mutaxassislari  bu  sohada  ilmiy  daraja  olishlari  uchun  yana  uzoq 

yillar kutishlariga to‘g‘ri keldi.  

Demak, Toshkent Moliya institutining ilk o‘zbek o‘qituvchilari 

1940-yillarda  paydo  bo‘lishgan.  Ana  shulardan  biri  keyinchalik 

iqtisod  fanlari  doktori,  professor  darajasiga  yetishib,  Sho‘rolar 

davrida  O‘zbekistonda  yagona  bo‘lgan  “moliya”  kafedrasini  30-yil 

boshqargan,  o‘zbek  moliya  fanining  otasi  Hikmat  Rahimovich 

Sobirov edi. 

Sobiq  Sho‘rolar  davrida  O‘zbekistonda  moliya  fanining 

taraqqiyotida  va  uning  nazariy  masalalarini  tadqiq  etishda 

o‘zbekistonlik  moliyachi  olimlardan  dots.  Q.A.Yah’yoev,  dots. 

A.F.Krasnikov,  dots.  F.Sh.Shamsiddinov,  dots.  X.M.Muratov, 

dots.  H.H.Muhamednazarov,  fanning  rivojiga  muayyan  hissa 

qo‘shishgan.  

O‘zbekistonda  moliya  fanining  bugungi  taraqqiyotida  prof. 

T.S.Malikov,  prof.  O.O.Olimjonov,  prof.  J.Zaynalov,  prof. 

N.H.Haydarov,  prof.  O.K.  Iminov,  prof.  N.Karimov,  prof. 

M.I.Almardonov,  prof.  M.B.Hamidulin,  prof.  B.E.Toshmurodova, 

prof.  N.X.Jumaev,  prof.  I.  Butikov,  prof.  N.R.Qo‘zieva,  prof. 

Sh.A.Toshmatov,  prof.  A.A.Omonov  va  boshqalar  samarali 

faoliyat ko‘rsatishyapti.  




202 

ham e’tiborga molik ilmiy asarlar soni kamayib, sifati ham pasaya 

boshladi. 

 Bu salbiy tendensiya Markaziy Osiyoni chor Rossiyasi bosib 

olgan  davrda  yanada  kuchaydi.  O‘zbekiston  Rossiya  imperiyasi 

tarkibida bo‘lgan paytda bu yerda iqtisod va moliyaga oid asarlar 

yozish  deyarli  to‘xtab  qolishi  obyektiv  sabablarga  bog‘liq  edi. 

Negaki,  mazkur  masalalar  to‘laligicha  Rossiya  imperiyasining 

O‘zbekistonni  boshqarish  uchun  tashkil  etgan  maxsus  general-

gubernatorlik  mahkamasi  tomonidan  amalga  oshirilar  va 

mustamlaka  yurtning  fuqarolariga  moliya  fani  masalalari  bilan 

shug‘ullanishga  ruxsat  berilmas  edi.  Chunki  bu  holatda 

yurtimizdan  olib  chiqib  ketilayotgan  moddiy  va  moliyaviy 

boyliklarning  miqdorini  yerli  xalqning  vakillari  bilib  qolishlari 

mumkin edi.  

O‘zbekiston  sovet  davrida  ham  mohiyat  jihatidan  tom 

ma’nodagi  mustamlaka  davlat  bo‘lib  qolaverdi.  Bu  davrda  ham 

O‘zbekistonning 

iqtisodiyoti 

bir 


tomonlama, 

ya’ni 


faqat 

Markazning 

manfaatlariga 

xizmat 


qilishga 

moslashtirib 

rivojlantirildi,  SSSRning  asosiy  xomashyo  bazalaridan  biriga 

aylantirildi.  

O‘zbekiston  Sovet  Sotsialistik  Respublikasi  hududida 

yaratilayotgan  yalpi  ichki  daromad  va  milliy  daromadning  haqiqiy 

miqdorini 

Moskvadagi 

markaziy 

iqtisodiy 

idoralarning 

rahbarlarigina  bilishar  va  bu  davlat  siri  edi.  Chunki  yurtimizda 

faoliyat ko‘rsatayotgan eng yirik ishlab chiqarish korxonalari Ittifoq 

mulki  bo‘lib,  shu  sababdan  ularning  daromadlari  ham  SSSRning 

daromadlari  hisoblanardi.  Ittifoq  markaziga  bo‘ysunuvchi  mazkur 

korxonalarning  soliq  va  to‘lovlari  ham  Ittifoq  byudjetining 

daromadlari  tarkibiga  kiritilgan  va  uning  daromad  manbalari 

hisoblanar  edi.  Ana  shu  sabablarga  ko‘ra,  ya’ni  xuddi  Rossiya 

imperiyasi  davridagiga  o‘xshab,  O‘zbekiston  hududida  uning 

korxonalari  va  xalqi  tomonidan  yaratilayotgan  daromadlar 

miqdorini  bu  ittifoqdosh  respublika  fuqarolari  bilib  qolmasliklari 

uchun sobiq Ittifoq rahbariyati barcha vositalarni ishga solgan. 

1931-yili  Toshkentda  maxsus  moliya  instituti  tashkil  etildi. 

Mazkur oliy o‘quv yurti O‘rta Osiyo va Qozog‘iston (Sovet davrida 

Markaziy  Osiyo  shunday  nom  bilan  atalgan)  ittifoqdosh 

respublikalari  moliya  vazirliklari,  boshqa  barcha  vazirlik  va 

199 

rivojlanishini  yoritgan  kitoblarini  kiritish  mumkin; 2) moliyaviy 



amaliyotni yoritib bergan ishlar. Bular, asosan, yozma bayon etish 

xarakteriga ega bo‘lib, moliyaviy ta’lim tizimida faol foydalanilgan. 

 

Iqtisodiy  nazariyada  qotib  qolgan  voqeliklarga  barham 



berilishi  sovet  moliya  fanida  ham  yakkafikr  hukmronligiga  yakun 

yasadi. 1950-yillarning oxiri va 1970-yillarning boshlarini o‘z ichiga 

olgan  davrda  moliya  nazariyasiga  bag‘ishlangan  iqtisodchi 

olimlarning  qator  ishlari  paydo  bo‘ldi.  Ularning  orasida 

A.Aleksandrovning  “Sotsializm  moliyasi” (1965-yil),  A.Birmanning 

“Sovet  moliya  nazariyasining  ocherklari” (1968, 1972 va  1975- 

yillardagi  uch  nashri),  E.Voznesenskiyning  “Sotsialistik  moliya 

nazariyasining 

munozarali 

masalalari” (1969-yil), 

G.Tochilnikovning  “Sotsialistik  moliya” (1974-yil)  kabi  asarlari 

alohida  o‘ringa  ega.  Shu  davrning  o‘zida  “SSSR  moliyasi”  va 

“SSSR moliya va krediti” o‘quv fanlari bo‘yicha bir necha darsliklar 

va  o‘quv  qo‘llanmalari  nashrdan  chiqadiki,  ularning  orasidan 

M.Shermenyov  tahriri  ostida  1977-yilda  e’lon  qilingan  “SSSR 

moliyasi” darsligini alohida qayd etish lozim. 

 

Moliya  nazariyasi  masalalari  bo‘yicha  munozaralarning 



mohiyati kengaytirilgan takror ishlab chiqarish tizimida moliyaning 

o‘rnini  aniqlashga  borib  taqaladi.  O‘sha  davrda  moliya  sohasida 

ishlab  chiqilgan  turli  konsepsiyalarning  mualliflari  ikki  guruhga 

bo‘linadi.  Birinchi  guruh  mualliflarining  fikricha,  moliyaning  o‘rni  - 

bu  faqat  noekvivalent  xaraktyerga ega  bo‘lgan  pul  mablag‘larini 

taqsimlash  tizimidir.  Ana  shundan  kelib  chiqqan  holda,  moliya 

faqat  bilvosita  va  taqsimlash  orqali  moddiy  boyliklarni  ishlab 

chiqarish,  almashuv  va  iste’mol  munosabatlariga  o‘z  ta’sirini 

ko‘rsatadi.  Bu  guruhga  kiruvchi  olimlarning  yorqin  namoyondalari 

V.D’yachenko, G.Tochilnikov va M.Shermenyov edilar. 

 

E.Voznesenskiy,  A.Aleksandrov,  A.Birman  va  boshqalardan 



iborat  bo‘lgan  olimlarning  ikkinchi  guruhi  bu  masalaga  nisbatan 

boshqacha  qarashga  ega  bo‘lgan.  Bu  guruhga  kiruvchi 

olimlarning fikricha, moliyaviy munosabatlarning  mohiyatini takror 

ishlab  chiqarishning  barcha  to‘rt  bosqichi  yoki  uning  bir  necha 

bosqichi 

belgilab 

beradi. 

Bunday 


yondashuv 

moliyaning 

kengaytirilgan konsepsiyasi, deb e’tirof etildi. 

 

Moliya  nazariy  konsepsiyasi  asosidagi  ana  shunday 



farqlardan 

kelib 


chiqqan 

holda 


olimlarning 

moliyaviy 

munosabatlarning 

o‘ziga 


xos 

xususiyatlari, 

moliyaning 



200 

funksiyalari, moliyaning chegaralari, moliyaviy tizimning tarkibi va 

boshqa shunga o‘xshash bir necha xususiy masalalarga nisbatan 

qarashlari ham turlicha bo‘lgan. 

 

Moliya  nazariyasining  rivojlanishi  bilan  bir  vaqtning  o‘zida 



1950-yillarning  oxiri  va  1960-yillarning  boshlarida  prinsipial 

jihatdan yangi ko‘rinishga ega bo‘lgan amaliy moliyaviy tadqiqotlar 

ham  paydo  bo‘ldi.  Agar  1930-  va  1950-yillarning  boshlarigacha 

amaliyotda  moliyaviy  munosabatlarni  tashkil  etish  masalalariga 

bag‘ishlangan  ishlar,  asosan,  mavjud  holatni  yozma  bayon  etish 

yoki  maqtash  xarakteriga  ega  bo‘lsa, 1960-yillarda  boshlangan 

xo‘jalik  islohotidan  keyin  tanqidiy  xaraktyerga ega  bo‘lgan  va 

alohida  moliyaviy  instrumentlarni  takomillashtirish  bo‘yicha 

ishlanmalarga  ega  muhim  ishlar  e’lon  qilina  boshlandi.  Bunga 

misol  qilib,  birinchi  navbatda,  A.Birmanning  kitoblarini  ko‘rsatish 

mumkin.  Uning  kitoblarida  sovet  moliya  fanida  ilk  marta 

korxonalar  moliyasining  masalalari  yuqori  darajada  tadqiq  qilindi. 

Shuningdek,  uning  asarlarida  birinchi  marta  xo‘jalik  hisobi 

sharoitida  moliyaviy  kategoriyalardan  foydalanish  masalalari 

ishlab  chiqildiki,  ular  muallif  talqinida  sotsializm  sharoitida  bozor 

xo‘jaligining elementlariga ega edi. 

 

Shu  davrda  moliyaviy  resurslar  va  korxonalar  moliyasini 



boshqarishning  mazmunini  birinchi  marta  o‘rganishga  kirishildi. 

A.Birmanning  ishlari  1960-1980-yillardagi  olimlarning  (P.Bunich, 

G.Bazarova, 

V.Senchagov, 

S.Sitaryan, 

M.Romanovskiy, 

V.Kolesnikov,  P.Jevtyak,  D.Molyakov  va  boshqalar)  ishlarida 

korxonalar moliyasini tadqiq etishda o‘ziga xos turtki bo‘ldi. 

 

Byudjet sohasining muammolarini tadqiq etish bu davrda ikki 



yo‘nalishda  amalga  oshirildi: 1) byudjet  daromadlari  va 

xarajatlarining  rivojlanishi; 2) mahalliy  byudjetlarni  tashkil  etish. 

Biroq, shu davrlarda byudjet masalalarini kompleks tadqiq etishni 

moliya  fanida  hukmronlik  qilgan  ma’lumotlarning  yetarli  emasligi 

va 

g‘oyaviy 



qotib 

qolishlarning 

mavjudligi 

ancha 


murakkablashtirgan 

edi. 


Bu 

davrdagi 

davlat 

byudjetiga 

bag‘ishlangan  yirik  izlanishlar  qatoriga  G.Rabinovich,  S.Sitaryan, 

Ya.Liberman,  V.Rodionova  va  L.Pavlovalarning  ishlarini  kiritish 

mumkin. 

 

Sug‘urta  ishiga  nisbatan  davlat  monopoliyasining  mavjudligi 



sug‘urta  masalalarini  o‘rganishga  o‘zining  keskin  salbiy  ta’sirini 

ko‘rsatdi.  Bu  sohadagi  nazariy  tadqiqotlar  K.Marksning  sug‘urta 

201 

fondlarining  zarurligi,  mazmuni  va  roli  to‘g‘risidagi  tasavvurlarini 



interpretatsiya qilishga bag‘ishlangan bo‘lib, yyetarli darajada ilmiy 

yangiliklarga ega emas edi. Shu davr sug‘urtasining nazariyasi va 

amaliyotini  umumlashtirgan  L.Motilev,  L.Reytman  E.Kolomin  va 

boshqalarning ishlari birmuncha diqqatga sazovordir. 

 

Shu 


davrlarda 

xorijiy 


mamlakatlarning 

moliyaviy 

munosabatlarini  tahlil  va  tanqid  qilish  masalalariga  ham  katta 

e’tibor  qaratilgan  edi.  Shu  munosabat  bilan,  bir  tomondan, 

kapitalizm  moliyasining  rivojlanishiga  bag‘ishlangan  ishlarni 

(B.Boldirev, L.Drobozina, L.Pavlova, L.Okuneva va boshqalarning 

asarlarini)  alohida  ajratib  ko‘rsatish  maqsadga  muvofiq  bo‘lsa, 

ikkinchi 

tomondan, 

sotsialistik 

mamlakatlarda 

moliyaviy 

instrumentlarning  rivojlanish  tendensiyalari  va  o‘ziga  xos 

xususiyatlarini  tadqiq  etishga  bag‘ishlangan  ishlar  (D.Butakov, 

Yu.Kashin  va  boshqalarning  asarlari)  ham  diqqatga  sazovor 

bo‘lganligini e’tirof etish zarur. 

 

Rossiya  moliya  fanining  hozirgi  holatiga  tavsifnoma 



bera  turib,  qayd  etish  kerakki,  ayni  davrda  bu  sohaga 

bag‘ishlangan  chuqur  nazariy  va  amaliy  ishlar  paydo  bo‘lmoqda. 

Mualliflarning  ko‘pchiligi  bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  moliyaning 

metodologik va metodik masalalarini tadqiq etishmoqda, ayrimlari 

davlat  byudjeti  va  mahalliy  byudjetlar  daromadlari  va  xarajatlari 

muammolarini  o‘rganishmoqda,  boshqalari  xo‘jalik  yurituvchi 

subyektlarning  moliyasi,  xalqaro  moliyaviy  munosabatlar  kabi 

mavzular  bilan  shug‘ullanishmoqda.  Shu  bilan  birgalikda  yana 

shuni  ta’kidlash  lozimki,  mazkur  darslikda  Rossiya  Federatsiyasi 

olimlarining  moliya  sohasidagi  ayni  davrdagi  ilmiy  izlanishlari 

chuqur  tahlil  etilmadi.  Buning  sababi  bugun  Rossiya  va 

O‘zbekiston moliya tizimlarining bir-biridan farq qilishlari tufayli rus 

olimlari  asarlarining  biz  uchun  ahamiyati  oldingidan  ancha 

pasaydi.  

 


Download 5,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   444




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish