Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollar
• Siyosiy iqtisod mumtoz olimlari konsepsiyalarining asosiy
mazmuni nimalardan iborat?
• Siyosiy iqtisod mumtoz olimlari qatoriga kimlar kiradi?
• A.Smit soliqqa tortishni maqsadga muvofiq ravishda tashkil
qilishning qanday to‘rt asosiy tamoyillarini ifodalagan?
• A.Smit mashhur asarining nomini bilasizmi? U qanday
nomlangan?
• A.Smitning soliq konsepsiyasi qanday maqsadga qaratilgan
edi?
• J.S.Mill “xizmatlarning soliq nazariyasi”ning asosiy g‘oyasini
tushuntirib bering.
• Yangi tarixiy maktab konsepsiyalarining vakillari kimlar?
• A.Vagner tomonidan ishlab chiqilgan soliqqa tortishning
to‘qqiz tamoyillari qanday guruhlarga birlashtirilgan?
• Moliyaviy muammolar markschilar asarlarida qanday talqin
qilingan?
• Foydalilikning cheklanganligi nazariyasining moliyaviy
jihatlari nimalardan iborat?
• J.M.Keyns moliyaviy konsepsiyasining asosida qanday g‘oya
yotadi va uning asosiy jihatlariga nimalar kiradi?
• “Samarali talab”ga erishishning muhim omillarini aytib bering.
• 1936-yilda nashr etilgan J.M.Keynsning mashhur asari
qanday nomlangan?
• J.M.Keynsning yetmayotgan talabni to‘ldirish formulasi
nimalardan iborat va u qanday ko‘rinishga ega?
• Neokeynschilarning qanday nazariyalari mavjud?
• Iqtisodiy o‘sish nazariyasining asosiy mazmuni nimalardan
iborat va uning ijodkorlari kimlar?
• Fiskal antisiklik nazariyaning asosiy g‘oyasini aytib bering.
• “Defitsitli
moliyalashtirish”
va
“byudjetni
siklik
balanslashtirish” nazariyalarining asosiy xarakterli belgilari.
197
daromadlari ustidan haqiqiy nazoratni o‘rnatish, zebi-ziynat
buyumlariga yuqori egri (bilvosita) soliqlarni joriy etish orqali soliq
tizimini o‘zgartirish ko‘zda tutilgan edi. Amalda ana shu
tadbirlarning barchasi, pul muomalasini barqarorlashtirish va soliq
tizimini isloh qilishdan tashqari, Oktyabr davlat to‘ntarilishini
amalga oshirish jarayonida va undan keyingi dastlabki yillarda
sodir etildi.
Keyingi yillarda V.I.Lenin tomonidan amalga oshirilgan
moliyaviy muammolarning tadqiqi, asosan, davlat oldida vujudga
kelgan taktik vazifalar bilan bog‘liq edi. Moliyaviy nazorat, yangi
moliyaviy apparatni yaratish, davlatning moliyaviy ahvolini
mustahkamlash, pul islohotini o‘tkazish va keyingi bosqichlarda
davlatning moliyaviy siyosatini amalga oshirish masalalari u
tomonidan nisbatan faolroq ravishda ishlab chiqilgan.
V.I.Lenin va XX asrning boshlaridagi boshqa markschi-
olimlarning ishlarini tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, ular tomonidan
moliya hamda asosiy moliyaviy kategoriyalarning (soliqlar,
byudjet, davlat krediti va boshqalar) roli va mazmuni yaxlit tarzda
tadqiq etilmagan. Bu o‘rinda faqat davlatning moliyaviy xo‘jaligini
boshqarish bilan bog‘liq bo‘lgan bir necha xususiy masalalarning
o‘rganilganligini qayd etib o‘tish kerak, xolos.
Bularning barchasi Oktyabr davlat to‘ntarilishining dastlabki
davrlarida moliyaviy masalalarni o‘rganish undan oldingi davrning
iqtisodchilari (I. Yanjul, I. Ozerov, L. Xodskiy) va ularning
izdoshlari (Ya. Torgulov, I. Kulisher, F. Menkov) asarlariga
asoslanishiga olib keldi. Moliya fanining bunday ahvoli 1920-
yillarning o‘rtalarigacha davom etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |