7.2. Rossiyalik iqtisodchilarning moliyaviy nazariyalari
56
Rossiyada moliya fani mustaqil voqelik sifatida XIX asrning
boshlarida shakllana boshladi. Shu davrda moliya sohasiga oid
birinchi yirik ilmiy ishlar paydo bo‘ldi. Rus moliya fanining
boshlanishiga N.I.Tergenevning “Soliqlar nazariyalari tajribasi”
asari (bu asar 1818-yilda nashr etilgan) asos soldi. Unda
Rossiyada ilk marta soliqlarning o‘ziga xos xususiyatlari, ularning
davlat xo‘jaligi va mamlakatning butun iqtisodiyoti uchun
ahamiyati o‘rganildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |