194
sarflanadigan daromadlarning bir qismini soliqqa tortish sifatida
talqin
qiladi.
Uning
nazarida,
bu
chora
jamg‘arishni
rag‘batlantirishi va inflyatsiyaning darajasini pasaytirishi mumkin.
N.Kaldorning fikri G‘arb olimlari tomonidan keng qo‘llab-
quvvatlanildi. Ular ham soliq tizimini xarajatlardan olinadigan
yagona soliqqacha soddalashtirish tarafdori bo‘lib, fuqarolarning
faqat iste’mol xarajatlari soliqqa tortilishi kerak, deb hisoblashdi.
XX yuz yillikning oxiri va XXI yuz yillikning boshlarida iqtisod
ilmi, yaxlit holda bozor tizimini, biznes qonunlarini, iqtisodiyotning
har qanday sohasidagi amaliy faoliyatni o‘rganishni zarur
hisoblamoqda. Bir vaqtning o‘zida esa, amerikalik mashhur
olimlar K.R.Makkonnell va S.L.Bryular o‘zlarining “Ekonomiks.
Prinsiplar, muammolar, siyosat” asarida yozganlaridek, moddiy
ehtiyojlar cheklanmagan, resurslar esa (kapital, yer, mehnat,
tadbirkorlik qobiliyati va boshqalar) aksincha, cheklangandir.
Shuning uchun ham iqtisodiyot taraqqiyotining turli davrlarida
uning
darajasi
turlicha
bo‘lishiga
qaramasdan
iqtisodiy
jarayonlarni tartibga solish doimiy ravishda talab qilinadi.
Yuqoridagi har ikkala muallif taklifga yo‘naltirilgan fiskal siyosatni
qo‘llab-quvvatlaydilar. Fiskal siyosat esa jami talabga va soliqlarni
o‘zgartirish orqali esa taklifga ham ta’sir ko‘rsatadi. Byudjetdan
transfert to‘lovlari va soliq tizimi, bu olimlar fikricha, turli iqtisodiy
vaziyatlarda talab qilingan muvozanatni ta’minlashi mumkin.
Xorijiy mamlakatlarning zamonaviy moliya fanida, turli
maktablar o‘rtasida doimiy ravishda munozaralar va farqlanuvchi
fikrlar
bo‘lishiga
qaramasdan,
konvergensiya
jarayoni
kuzatilmoqda. Masalan, keynschilar nazariyasida qarashlar yangi
mumtoz maktab vakillarining qarashlariga va yangi mumtoz
nazariyalar esa keynschilar nazariyalaridagi qarashlarga kirib
bormoqda. Bu, eng avvalo, barcha nazariyalarda mavjud bo‘lgan
moliya-kredit-pul mexanizmiga tegishlidir. Barcha nazariyalar
mamlakatning xo‘jalik hayotiga ta’sir ko‘rsatish uchun bu
instrumentlarni tadqiq etish zarur ekanligini bir ovozdan tan
oladilar, so‘zsiz e’tirof etadilar. Holbuki, bunday ta’sir choralari,
ulardan foydalanish vositalari va vaqtlari bir-biriga mos
tushmasligi mumkin.
Xorijiy
olimlar
tomonidan
yaratilgan
moliyaviy
konsepsiyalarining tahlili quyidagi yakuniy xulosalarni chiqarishga
imkon beradi:
207
malakasiga, tadbirkorlikning natijaliligiga, moliyaviy resurslar va
tashqi qarzlardan oqilona foydalanishga bog‘liq bo‘ladi;
• bank-kredit tizimining moliyaviy salohiyati – kredit
resurslariga bo‘lgan iqtisodiyotning ehtiyojlarini qondirish bo‘yicha
kredit tashkilotlari aktivlari va real imkoniyatlarining yig‘indisi.
Ayrim
mamlakatlarning
bank-kredit
tizimi
hozirgi
paytda
kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonini kredit resurslari
bilan ta’minlash imkoniyatiga ega emas. Ularda XYuSlarga
taqdim etilayotgan kredit resurslari, asosan, qisqa muddatli
xaraktyerga ega hamda asosiy kapitalni shakllantirishdagi
kreditlarning salmog‘i iqtisodiyot samaradorligining o‘sishi uchun
yetarli emas;
• sug‘urta fondlarining moliyaviy salohiyati. Bu salohiyat
tadbirkorlik risklarini pasaytiradigan va jamg‘armalar hamda
investitsiyalar o‘sishini ta’minlaydigan pul sug‘urta resurslarini
shakllantirish bo‘yicha sug‘urtaviy moliyaviy-iqtisodiy imkoniyatlar
yig‘indisining amalga oshirilishi orqali namoyon bo‘ladi;
• uy xo‘jaliklarining moliyaviy salohiyati. Bu salohiyat ularning
jami daromadlari, soliq, renta va foiz to‘lovlari, investitsion
talabning o‘sishiga iste’mol va jamg‘arishning ta’siri orqali
ifodalanadi.
Hozirgi paytda ko‘p mamlakatlarda aholining jamg‘armalari,
XYuS va tashkilotlarning jamg‘armalari singari kengaytirilgan
takror ishlab chiqarish maqsadlari uchun to‘liq foydalanilmayapti.
Aholining
jamg‘armalaridan
foydalanish
masalasi
bizning
mamlakatimizda ham hali o‘z yechimini topmagan. Mustaqillikning
dastlabki yillarida banklarning aholi omonatlari bo‘yicha foiz
stavkalarini
bir
tomonlama
kamaytirish
hodisalariga
yo‘l
qo‘yganliklari, omonatni sir saqlash shartini buzganliklari kabi
noxush holatlar aholining banklarga bo‘lgan ishonchini pasay-
tirganligi sir emas. 2016-yildan boshlab mamlakatimizda bu
masalada ham juda katta ijobiy o‘zgarishlar yuz bera boshladi.
Ayni paytda aholi omonatlari miqdori keskin suratlar bilan oshib
boryapti.
Do'stlaringiz bilan baham: