21.3. Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi
Bozor iqtisodiyoti asosida milliy iqtisodiyotini tashkil etayotgan
barcha mamlakatlarda bandlik (ishsizlikni oldini olish)ni qo‘llab-
quvvatlash davlat jamg‘armalari tashkil etiladi. Jamg‘armaning
hajmi, moliyalashtirish manbalari va xarajat yo‘nalishlari har bir
alohida davlatning olib borayotgan ijtimoiy-iqtisodiy siyosatidan
kelib chiqadi. Byudjetdan tashqari bandlikni qo‘llab-quvvatlash
jamg‘armasi maqsadli xususiyatga ega bo‘lib, davlat tasarrufi va
uning joylardagi vakolatini olgan organlarda tashkil etiladi.
“O‘zbekiston Respublikasida Bandlikni qo‘llab-quvvatlash
davlat jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 606-sonli Qarori 1992-yil
501
Mahkamasining 1996-yil 27- dekabrdagi 459-son qaroriga asosan
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy
sug‘urta jamg‘armasi negizida O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy
ta’minot vazirligi huzurida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ijtimoiy
ta’minot vazirligi va ijtimoiy ta’minot mahalliy organlari qoshida
tegishli hududiy bo‘linmalari va bo‘limlari bo‘lgan Pensiya
jamg‘armasi
tashkil
etilgan.
Pensiya
ta’minoti
tizimidagi
boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish davlat ijtimoiy sug‘urtasi
bo‘yicha majburiy badallar to‘liq yig‘ilishini ko‘paytirish, amaldagi
boshqaruv tuzilmalarini qisqartirish hamda pensiyalar va
nafaqalar to‘lashga yo‘naltiriladigan mablag‘lardan foydalanish
samaradorligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 15-noyabrdagi 444-son qaroriga
muvofiq, 2001-yil 1-yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasi
Ijtimoiy ta’minot vazirligi huzuridagi Pensiya jamg‘armasi
O‘zbekiston Respublikasining byudjetdan tashqari Pensiya
jamg‘armasiga aylantirilgan. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va
aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi (hozirgi O‘zbekiston
Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi)ga
pensiyalar, shuningdek‚ ijtimoiy ta’minot bo‘limlari tomonidan
to‘lanadigan nafaqalarni o‘z vaqtida hisoblash va to‘lash
funksiyalari yuklatilgan. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining
2004-yil 21-oktyabrdagi 490-son qaroriga asosan, 2005-yil 1-
yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasining byudjetdan
tashqari Pensiya jamg‘armasi O‘zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi
huzuridagi
Pensiya
jamg‘armasiga
aylantirilgan.
“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida” gi O‘zbekiston
Respublikasi Qonuniga muvofiq hamda pensiya ta’minoti
tizimining tashkiliy tuzilmasini yanada takomillashtirish, pensiyalar
va
ijtimoiy
nafaqalarni
byudjetdan
tashqari
Pensiya
jamg‘armasidan o‘z vaqtida moliyalashtirish hamda ularni to‘liq
hajmda to‘lash, shuningdek, respublika fuqarolarining pensiya
ta’minotiga yo‘naltiriladigan mablag‘lardan maqsadli foydalanilishi
ustidan
nazoratni
kuchaytirish
maqsadida,
O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2009-yil 30-dekabrdagi PF-4161-son
Farmoniga
muvofiq, 2010-yilning
1-yanvaridan
boshlab
pensiyalar, shuningdek, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiya va
boshqa to‘lovlarni tayinlash, moliyalashtirish, ularning to‘lanishini
hisobga olish va monitoringini yuritish O‘zbekiston Respublikasi
Moliya
vazirligi
huzuridagi
byudjetdan
tashqari
Pensiya
502
jamg‘armasining tegishli hududiy bo‘linmalari tomonidan amalga
oshirilishi belgilangan.
2005-moliya yili boshlangunga qadar, Byudjetdan tashqari
Pensiya jamg‘armasi dastlab O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy
ta’minot vazirligi, so‘ngra vazirlik Mehnat vazirligi bilan
umumlashtirilganidan keyin O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va
aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi (hozirgi O‘zbekiston
Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi)
tasarrufiga o‘tkazildi.
2004-yil 21-oktyabrda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining
490-sonli
“Byudjetdan
tashqari
Pensiya
jamg‘armasi boshqaruvini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi
Qarori e’lon qilindi. Ushbu qarorga muvofiq Pensiya jamg‘armasi
2005-yil 1-yanvardan boshlab, O‘zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi
maqomini oldi. Shuningdek, ushbu qaror bilan Byudjetdan
tashqari Pensiya jamg‘armasini boshqaruv kengashi va uning
tarkibi ham belgilandi.
Qayd etilgan qarorga muvofiq Moliya vazirligi huzuridagi
byudjetdan
tashqari
Pensiya
jamg‘armasini
tezkor
muvofiqlashtirib turuvchi Ijroiya direksiya tasdiqlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |