Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan



Download 5,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet242/444
Sana22.12.2021
Hajmi5,3 Mb.
#122845
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   444
Bog'liq
Moliya 2020 (darslik)

21.5. Yo‘l jamg‘armasi 

 

O‘zbekiston  Respublikasi  geografik  joylashuviga  muvofiq, okean 

va dengiz  bandargohlariga  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  chiqish  uchun  kamida 

ikkita  mustaqil  mamlakatning  davlat  chegarasini  bosib  o‘tishi 

lozim.  Bunday  holat,  o‘z  navbatida,  dengiz  transportini  tashkil 

etish  va  undan  foydalanishga  imkoniyat  bermaydi,  albatta.  Bu 

narsa  bizda  havo  yo‘li  tarnsporti,  temir  yo‘l  tarnsporti,  quvur 

transporti  va  eng  asosiysi  avtomobil  yo‘l  transportini  boshqa 

davlatlardagi  (Rossiya  Federatsiyasi,  Ukraina,  Yaponiya,  Buyuk 

Britaniya,  AQSh  va  bir  qator  Fors  hamda  Arab  mamlakatlari)ga 

qaraganda  jadal  va  tez  rivojlantirishni  obyektiv  zarurat  qilib 

qo‘yadi.  Ushbuni  teran  his  etgan  mamlakatimiz  rahbariyati 

mustaqillikning  ilk  kunlaridan  boshlab,  umumiy  foydalanishdagi 

avtomobil  yo‘llarni  qurish,  qayta  ta’mirlash,  rekonstruksiya  qilish 

chora-tadbirlariga katta ahamiyat berib kelmoqda.  

O‘zbekiston  Respublikasining  Markaziy  Osiyo  mintaqasida 

tranzit  transport  tashuvlari  chorrahasida  joylashuvi  bevosita 

avtomobil  yo‘llarini  muttasil  yangilanishini  va  davr  talabiga  mos 

rivojlanishini talab etgan.  

Mamlakatimizda  Respublika  yo‘l  jamg‘armasi  O‘zbekiston 

Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  Qaroriga  muvofiq  1993-yilda 

tashkil  etilgan.  Jamg‘arma  umumiy  foydalaniladigan  avtomobil 

yo‘llarini  saqlash,  ta’mirlash,  rekonstruktsiya  qilish  va  qurish  bilan 

bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirishga safarbar etilgan. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2003-yil  21- 

avgustdagi  361-son  Qarori  bilan  “O‘zbekiston  Respublikasi  Moliya 

vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi to‘g‘risida”gi Nizom 

tasdiqlandi.  Keyinchalik,  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining 




518 

“O‘zbekiston  Respublikasi  Avtomobil  yo‘llari  davlat  qo‘mitasi  va 

O‘zbekiston 

Respublikasi 

Vazirlar 

Mahkamasi 

huzuridagi 

Respublika  yo‘l  jamg‘armasi  faoliyatlarini  tashkil  etish  to‘g‘risida”gi 

2017-yil 14-fevraldagi PQ-2776-sonli qaroriga ko‘ra Respublika yo‘l 

jamg‘armasi 

O‘zbekiston 

Respublikasi 

Moliya 

vazirligidan 

O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  Hududlarni 

kompleks  rivojlantirish  va  kommunal  soha,  transport,  kapital 

qurilish, qurilish industriyasi masalalari kompleksiga bo‘ysundirildi.  

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  “2019-yilgi  asosiy 

makroiqtisodiy 

ko‘rsatkichlari 

prognozi 

va 


davlat 

byudjeti 

parametrlari hamda 2020-2021-yillarga byudjet mo‘ljallari to‘g‘risida” 

gi 26-dekabr 2018-yilda qabul qilingan PQ-4086 son Qaroriga ko‘ra 

2019-yil  1-yanvardan  boshlab  O‘zbekiston  Respublikasining 

Avtomobil  yo‘llari  davlat  Qo‘mitasi  tasarrufiga  o‘tkazildi  va  uning 

asosiy  funksiyalarini  bajarish  maqsadidagi  manzilli  dasturlarni 

kelishish  va  moliyalashtirish  O‘zbekiston  Respublikasi  Moliya 

vazirligi  funksiyasiga  o‘tkazildi.  Yo‘l  xo‘jaligi  sohasidagi  qurilish, 

rekonstruktsiya  qilish,  ta’mirlash  va  jihozlash  bo‘yicha  manzilli 

dasturlarni  moliyalashtirish  va  kelishish,  shuningdek,  avtomobil 

yo‘llaridan 

foydalanish 

va 


saqlash 

bo‘yicha 

xarajatlarni 

moliyalashtirish,  O‘zbekiston  Respublikasi  Avtomobil  yo‘llari  davlat 

qo‘mitasi,  uning  hududiy  bosh  boshqarmalari,  tuman  yo‘llardan 

foydalanish 

korxonalari, 

yo‘llardan 

muntazam 

foydalanish 

korxonalari,  ko‘priklardan  foydalanish  korxonalari,  Respublika  yo‘l 

jamg‘armasi  va  Vazirlar  Mahkamasi  huzuridagi  Yo‘l-qurilish  ishlari 

sifatini  nazorat  qilish  Davlat  inspektsiyasini  saqlash  funksiyalarini 

Moliya vazirligi zimmasiga yuklandi hamda boshqaruv xodimlarining 

cheklangan  sonini  9  birlikdan  iborat  etib  belgilagan  holda 

Respublika  yo‘l  jamg‘armasini  yo‘l  xo‘jaligi  sohasida  xalqaro 

moliyaviy institutlar, xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi 

investitsiya  loyihalarini  amalga  oshirish  bo‘yicha  ijrochi  organ 

sifatida belgilandi.  

Respublika  yo‘l  jamg‘armasiga  2019-yil  1-yanvardan  keyin 

tushadigan  majburiy  ajratmalar  summasi  to‘liq  miqdorda  Pensiya 

jamg‘armasiga o‘tkaziladigan bo‘ldi hamda ushbu to‘lovlar bo‘yicha 

ortiqcha  to‘langan  summalar  Pensiya  jamg‘armasidan  to‘lanilishi 

belgilandi.  Respublika  yo‘l  jamg‘armasining  (xodimlarni  moddiy 

rag‘batlantirish  maxsus  hisobraqamidan  tashqari) 2018-yil  yakuni 

bo‘yicha  qoldiq  mablag‘lari  O‘zbekiston  Respublikasi  respublika 

byudjetiga  o‘tkaziladi  hamda  yakunlanmagan  qurilish-ta’mirlash  va 

jihozlash  ishlari  keyinchalik  O‘zbekiston  Respublikasi  respublika 

523 

•  O‘zbekiston  Respublikasi  Markaziy  banki  bilan  Jamg‘arma 



mablag‘larining  bo‘sh  qoldiqlarini  ishonchli  boshqarish  to‘g‘risida 

shartnomalar tuzadi; 

•  Jamg‘arma  zimmasiga  yuklatilgan  vazifalarni  bajarish  bilan 

bog‘liq bo‘lgan boshqa funksiyalarni amalga oshiradi. 

•  Jamg‘armani  boshqarish  bo‘yicha  Kengash  Jamg‘armaning 

yuqori  boshqaruv  organi  hisoblanadi,  uning  tarkibi  O‘zbekiston 

Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi. 


Download 5,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   444




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish