Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


 Moliyaviy oqimlarni boshqarish



Download 5,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/444
Sana22.12.2021
Hajmi5,3 Mb.
#122845
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   444
Bog'liq
Moliya 2020 (darslik)

4.3. Moliyaviy oqimlarni boshqarish 

 

Korxonalarning 



jamg‘armalari, 

daromadlari 

hamda 

markazlashtirilgan  va  markazlashtirilmagan  moliyaviy  resurslar 



fondlarini  shakllantirish  va  ulardan  foydalanish  jarayonidagi  pul 

mablag‘larining  miqdoriy  va  sifat  jihatidan  harakatiga  moliyaviy 

oqim  deyiladi.  Moliyaviy  oqimlarning  hajmi  ular  asosida 

shakllanishi  lozim  bo‘lgan  moliyaviy  resurslar  fondlarining 

o‘lchamiga  bog‘liq.  Mamlakatning  iqtisodiy  qudrati  qancha  kuchli 

bo‘lsa, uning o‘sishiga xizmat qiluvchi moliyaviy resurslar fondi va 

moliyaviy oqimlar hajmi shuncha katta bo‘ladi. 

Moliyaviy  oqimlarning  sifat  jihatdan  tavsifnomasi  ular 

shakllantiruvchi 

moliyaviy 

resurslar 

fondining 

nimaga 

mo‘ljallanganligi  bilan  bevosita  bog‘liq.  Masalan,  soliqli  moliyaviy 

oqim bilan korxonaning tushumini shakllantiruvchi moliyaviy oqim 

sifat  jihatidan  bir-biridan  farqlanadi.  Shuning  uchun  ham  ularni 

boshqarish  metodlari  ham  turlichadir.  O‘zining  sifat  mazmuniga 

ko‘ra quyidagilarni farqlash maqsadga muvofiq: 

•  byudjetli-soliqli  moliyaviy  oqimlar  –  barcha  darajalardagi 

byudjetlarning  mablag‘larini  shakllantirish  va  ulardan  foydalanish 

jarayonida vujudga keladi; 

•  tijorat  (tijoriy)  moliyaviy  oqimlari  –  tadbirkorlik  xo‘jalik 

subyektlari tomonidan amalga oshiriladi; 

•  nobyudjet  moliyaviy  oqimlar  –  notijorat  tashkilotlarining 

fondlarini shakllantiradi. 

Moliyaviy 

oqimlarni 

boshqarishning 

funksiyalari 

quyi-


dagilardan iborat: 

•  qonunchilik – Oliy Majlisning vakolatida; 

•  nazoratchilik  (tartibga  soluvchanlik)  –  Hisob  palatasi  va 

mamlakatning  boshqa nazorat organlari (Moliya  vazirligi, soliq va 

bojxona qo‘mitalari va boshqalar) tomonidan amalga oshiriladi; 

•  boshqaruvchanlik  –  korxona  va  korporatsiyalar,  banklar, 

soliq organlari, G‘aznachilik apparati va Moliya vazirligining hisob-

kitob-kassa va boshqa xizmatlarining vakolatida; 

•  nazorat-kuzatuv – korxonalarning moliyaviy jihatdan kasodga 

uchraganligi to‘g‘risidagi ishlarni ko‘radigan va bu holda moliyaviy 

oqimlar  ustidan  nazoratni  amalga  oshiruvchi  arbitrajlik  sudlari 

tomonidan bajariladi.  

97 

 -  aksiyalar,  obligatsiyalar,  boshqa  qimmatli  qog‘ozlar  va 



omonatlar bo‘yicha olinadigan daromadlar; 

   -  notijorat  tashkilotning  mulkidan,  notijorat  tashkilotlarining 

yordami  asosida  tuzilgan  xo‘jalik  jamiyatlarining  faoliyatidan 

olinadigan daromadlar; 

•  tijorat  tuzilmalari  va  xususiy  shaxslarning  homiylik 

yordamlari; 

•  ta’sischilardan doimiy ravishda va bir vaqtning  o‘zida tushib 

turishi mumkin bo‘lgan tushumlar; 

•  qonun  bilan  ta’qiqlanmagan  boshqa  tushilmalar  (masalan, 

ko‘ngillilarning  mehnat  sarflari,  resurslarni  jalb  qilish  bo‘yicha 

o‘tkazilgan  tadbirlar  (lotereyalar,  auksionlar,  ko‘ngilxushlik, 

madaniy,  sport  va  boshqa  ommaviy  tadbirlardan)dan  kelgan 

tushumlar. 

Turli  mamlakatlarda  notijorat  tashkilotlarini  moliyalashtirish 

manbalarining  tarkibiy  tuzilmasi  turlichadir.  Masalan,  rivojlangan 

mamlakatlarda  xususiy  xayriyalarning  miqdori  keyingi  yillarda 

1%dan  (Yaponiyada)  20%gacha  (AQShda)  oraliqda  bo‘lgan  va 

o‘rtacha  11%ni  tashkil  etgan.  Hukumat  ajratmalarining  salmog‘i 

esa  26%dan  (Germaniya) 71%gacha  bo‘lib,  uning  o‘rtacha 

darajasi  48%ga  teng  bo‘lgan.  Notijorat  tashkilotlarining  o‘zlari 

tomonidan  ishlab  topilgan  mablag‘larning  salmog‘i  23%dan 

(Vengriya) 71%gacha  tebranib,  uning  o‘rtacha  darajasi  41% 

atrofida edi. 

Notijorat  faoliyatni  moliyaviy  jihatdan  tartibga  solishning 

shakllari,  ularning  davlat  va  mahalliy  hokimiyat  organlari  bilan 

hamkorligi  har  bir  mamlakatning  tegishli  qonunlari  yordamida 

amalga  oshiriladi.  Ularni  moliyaviy  jihatdan  qo‘llab-quvvatlash 

bevosita va bilvosita shakllarda amalga oshirilishi mumkin.  

Notijorat  sektorni  davlat  tomonidan  bevosita  qo‘llab-

quvvatlashning uch asosiy shakli mavjud: 

•  to‘g‘ridan-to‘g‘ri (bevosita) byudjet investitsiyalari; 

•  hamkorlikda moliyalashtirish; 

•  davlat ijtimoiy buyurtmasi. 

Notijorat  sektorni  bilvosita  moliyalashtirish  shaklidan  ham, 

ya’ni notijorat tashkilotlarini davlat va mahalliy hokimiyat organlari 

oldidagi  to‘lovlari  va  boshqa  shunga  o‘xshash  majburiyatlaridan 

ozod  qilish  shaklidan  ham  amaliyotda  tez-tez  foydalaniladi. 

Bilvosita  moliyalashtirishning  asosiy  ko‘rinishlari  quyidagilardan 

iborat bo‘lishi mumkin: 

•  soliq xarakteriga ega bo‘lmagan imtiyozlar; 




98 

•  soliqlardan imtiyozlar; 

•  boshqa imtiyozlar. 

Soliq  to‘lashda  imtiyoz  berish  quyidagi  ko‘rinishlarda  bo‘lishi 

mumkin: 

•  xayriya qiluvchilar uchun imtiyozlar; 

•  homiylik qiluvchi yuridik shaxslar uchun imtiyozlar. 

Boshqa imtiyozlar quyidagi ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi: 

•  notijorat  tashkilotlarining  faoliyati  uchun  binolarni  ijaraga 

olish, yer maydonlarini ajratish; 

•  litsenziyalashtirishning soddalashtirilgan tizimini joriy etish; 

•  aloqa xizmatlari va kommunal xizmatlarni to‘lashda imtiyozli 

tariflardan foydalanish; 

•  va boshqalar. 

Davlat 

organlari 

notijorat 

tashkilotlarining 

faoliyatiga 

aralashish,  agar  ularning  sarflanishi  tashkilotning  maqsadlariga 

mos  kelayotgan  bo‘lsa,  xarajatlarning  yo‘nalishiga  o‘zgartirishlar 

kiritish huquqiga ega emas. 

 


Download 5,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   444




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish