III.Dars jixozi: Rasmli plakatlar , slaytlar IV. Darsning xronologik tuzilishi:
№
Dars bosqichlari
Vaqt
1
Tashkiliy qism
3
2
O’tilgan mavzuni so’rash
10
3
Yangi mavzuni tushuntirish
15
4
Darsni mustaxkamlash
10
5
O’quvchilarni baxolash
5
6
Uyga vazifa.
2
Darsning borishi 1.Tashkiliy qism:O’quvchilarni darsga jalb qilish. Salomlashish. Yuqlama qilish. Dunyo yangiliklaridan xabardor qilish. 2. O’tilgan mavzu bayoni:Takrorlash 3.Yangi mavzuning bayoni:
4.Darsni mustaxkamlash uchun savollar:
Modda miqdori deb nimaga aytiladi?
Bir mol nimaga teng?
Avogadro doimiysi deb qanday songa aytiladi? Uning qiymati nimaga teng?
Molar massa deb qanday kattalikka aytiladi?
Avogadro qonuni qanday ta'riflanadi?
5.Uyga vazifa: 10 - betni o’qib kelish.
O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari:____________________________________ 9-sinf Fizika Sana: “A”«___» _________ 201__ y. “B”«___» _________ 201__ y. “V”«___» _________ 201__ y. Darsning mavzusi: Ideal gaz molekular-kinetik nazariyasining asosiy tenglamasi
Darsning maqsadi :
Talimiy maqsad: O’quvchilarga Ideal gaz molekular-kinetik nazariyasining asosiy tenglamasi xaqida tushuncha berish.
Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni tabiatga bo’lgan muhabbatini o’yg’otish, Tabiatni asrab avaylashga o’rgatish.
Rivojlantiruvchi maqsad:O’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish,nutq madaniyatini o’stirish.
II.Dars turi:Maruza III.Dars jixozi: Rasmli plakatlar , slaytlar IV. Darsning xronologik tuzilishi:
№
Dars bosqichlari
Vaqt
1
Tashkiliy qism
3
2
O’tilgan mavzuni so’rash
10
3
Yangi mavzuni tushuntirish
15
4
Darsni mustaxkamlash
10
5
O’quvchilarni baxolash
5
6
Uyga vazifa.
2
Darsning borishi 1.Tashkiliy qism:O’quvchilarni darsga jalb qilish. Salomlashish. Yuqlama qilish. Dunyo yangiliklaridan xabardor qilish. 2. O’tilgan mavzu bayoni: Takrorlash 3.Yangi mavzuning bayoni:
Ideal gaz Gaz holatdagi moddalarda molekulalar orasidagi o'rtacha masofa molekulalar o'lchamidan juda katta bo'ladi. Molekulalar orasidagi o'zaro ta'sir kuchlari ular bir-biriga juda yaqin kelgandagina namoyon bo'lib, qolgan hollarda juda kichikdir. Shuning uchun gaz molekulasi bir to'qnashishdan keyingi to'qnashishgacha erkin va tekis harakatlanadi, deb olish mumkin.
Molekulalari bir-biri bilan o'zaro ta'sirlashmaydigan hamda molekulalari moddiy nuqtalar deb qaraladigan gaz ideal gaz deb ataladi. Tabiatda mutlaq ideal gaz uchramaydi.
Xossalari molekulalarining o'zaro ta'siriga bog'liq bo'lgan gaz real gaz deb ataladi. Real gaz molekulalari o'zaro ta'sirlashadi. Ammo oddiy sharoitda molekulalarning o'zaro ta'siri tufayli hosil bo'lgan potensial energiyaning o'rtachasi kinetik energiyasining o'rtachasidan ancha kichikbo'lganda bunday gazni ham ideal gaz deb hisoblash mumkin.
Siyrak gaz o'zini ideal gaz kabi namoyon etadi. Bunday gaz ideal gaz onunlariga bo'ysunadi.
Ideal gazning bosimi Faraz qilaylik, idishda ma'lum temperaturada ideal gaz bo'lsin. Idish ichidagi har bir molekula xaotik harakat qilib, idish devorlariga uriladi. Har bir urilganda idish devorlariga kuch bilan ta'sir etadi. Bitta molekula ta'sir etadigan kuch juda kicliik. Lekin idishda juda ko'p molekulalar mavjud. Ularning devorga deyarli uzluksiz ta'siridan devor sirtida bosim vujudga keladi. Idishdagi gaz molekulalarining devorga beradigan shu bosimini aniqlaylik.
Ma'lumki, molekulaning tezligi qancha katta bo'lsa, shuncha qattiq zarb bilan uriladi va gazning idish devoriga bosimi shuncha katta bo'ladi. Ya'ni bosim molekulalarning tezliklariga bog'liq.
Gaz molekulalarining bosimi uchun quyidagi tenglama keltirib chiqarilgan:
(1)
bunda n — gaz molekulalarining konsentratsiyasi, m0 — bitta molekulaning massasi, v2 — molekulalar tezliklari kvadratlarining o'rtacha qiymati.