Mavzusining dolzarbligi.
Texnika yo’nalishidagi oliy o’quv yurtlari ta’limining har bir kursi yakunida talabalar egallashi lozim bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalar ta'lim predmetlari bo'yicha ishlab chiqilgan o'quv dasturlarida o'z aksini topgan. Shuning uchun
talabalar fizika asoslariga oid quyidagi bilim, ko'nikma va malakalarni egallashi ko'rsatib o'tilgan, ya'ni fizikadan masalalarni mustaqil ishlash, fizik hodisalarni kuzatish va ularni tushuntira bilish, ko'nikmalarni shakllantirish kerak.
Talabalarni mexanikadan masalalar yechishga yo'naltirishni fizika fanining 1-kursidan boshlanishi kerak. Har bir mavzuni o'rganishda masalalar yechishni ham to'g'ri rejalashtirish lozim. Masalalar tanlangan metodikaga mos keladigan aniq sistemani tashkil etish va o'qitishning ma'lum maqsadga javob berishi lozim.
Oliy o’quv yurtlari ta’limi talabalarining ilmiy va hayotiy dunyoqarashini kengaytirish, o’qitish ishiga qo’shib olib boriladigan zarur pedagogik jarayondir. Bunga erishmoq uchun fanlarni u yoki bu darajali fanlar toifasiga ajratmasdan, balki bu fanlarning jamiyatimiz taraqqiyotiga qo’shayotgan hissasiga asosan, kundalik turmushimizdagi bu fanlarga ehtiyojimiz asosida fanlarni bir-biriga uzviy bog’liq holda, kompleks ta’limni joriy etish uchun kurashmoq zarur.
Ishining ob’yekti.
Bitiruv malakaviy ishining ob’yekti bo’lib, texnika yo’nalishidagi oliy o’quv yurtlarida ta’lim jarayoni hisoblanadi.
Ishining predmeti.
Tadqiqot predmeti bo’lib texnika yo’nalishidagi oliy o’quv yurtlari ta’limi tizimida nazariy mexanika fanida masalalar turlari va ularni yechish usullari, ushbu fandan yaratilgan turli elektron qo’llanmalar, mul’timedialar, virtual laboratoriyalar tizimlari, elektron test topshiriqlari va bundan oldin shu ish bilan shug’ullangan olimlarning tajribalari bo’lib hisoblanadi.
Bitiruv malakaviy ishining uslubi va uslubiyoti.
Texnika yo’nalishidagi oliy o’quv yurtlarida tadqiqot mavzusi bilan bog’liq bo’lgan, ya’ni nazariy mexanika darslarida masalalar turlari va ularni yechish usullarini amalga oshirishga doir ilmiy-uslubiy adabiyotlarni, dastur, darslik, o’quv hamda uslubiy qo’llanmalarni o’rganish va ularni tahlil qilish. Oliy o’quv yurtlari va kasb-hunar kollejlarida fizika o’qituvchilarning ish tajribalarni kuzatish, tahlil qilish. O’qituvchi va o’quvchilar bilan suhbat o’tkazish, so’rovnoma o’tkazish, tahlil qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |