Ta’limda boshqaruv” kafedrasi Professional ta’limi tizimi kadrlarining malakasini oshirish kursi


Axolini qisqa muddatlarda kasbga o‘qitishni mexnat bozoridagi axamyati



Download 1,99 Mb.
bet7/15
Sana10.02.2022
Hajmi1,99 Mb.
#441994
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
BMI В.Djiyanbaev

1.2 Axolini qisqa muddatlarda kasbga o‘qitishni mexnat bozoridagi axamyati
Zamonaviy bozor iqtisodiѐtini shakllantirish sharoitida yetishib chiqaѐtgan kadrlarni o‘z egallagan sohalari bo‘yicha bandligini ta’min-lashda qator muammolar kuzatilmoqda. Shuningdek, qayd etish lozimki, intellektual va mehnat resurslari salohiyatidan samarali foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan muammolar ham vujudga kelmoqda. Mazkur muammolarni hal qilish orqali kadrlar bandligini yangicha zamonaviy usulda ta’minlash hamda ijtimoiy muhofaza qilish va mehnat bozori munosabatlarini samarali oshirish zaruriyati yuzaga keldi. Lekin, bunday masalalarni hal qilish birmuncha murakkab jaraѐn hisoblanib, ijtimoiy mehnat sohasida muammolar, jumladan alohida korxonalarning ѐpilishi, ishchi kuchiga bo‘lgan talab-taklif nisbatining o‘zgarishi, ayrim soha-tarmoqlardagi tarkibiy o‘zgarishlar, ishchi kuchiga to‘lanadigan ish haqi darajasining haddan tashqari pastligi, aholi turmush farovonligining oshirish va boshqa qator munosabatlar natijasida vujudga keladigan muammolarni hal qilishni murakkablashtirmoqda.
Bu borada mamlakatimizda mehnat bozorini shakllantirish jaraѐnida ―Aholining ish bilan bandligi to‘g‘risidagi qonun hamda O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi muhim huquqiy baza hisoblanadi. Mazkur normativ qonun hujjatlari ishsizlik, ish bilan bandlik shaklini tanlash huquqi, ishsizlikdan ijtimoiy himoya qilish kafolatlari e’tirof etilgan. Mazkur normativ me’ѐriy hujjatlar aholi turmush farovonligini oshirishda ularning bandligini ta’minlashda muhim omil hisoblanadi. Ammo, keltirib o‘tilgan qonun va kodeksda belgilangan kafolatga qaramay “Xalqaro moliya va hisob” ilmiy elektron jurnali. № 2, aprel, 2019 yil тузатинг 2 2017 yilda ―Yurtimizda yiliga 1,5 million odamni ishga joylashtirishga ehtiѐj bo‘lsa-da, o‘tgan yili Bandlikka ko‘maklashish markazlari atigi 248 ming kishini ѐki 16,5 foizini ishga joylashtirgan. Buning asosiy sababi ish faoliyatidagi eskirgan shakl va usullar hamda bandlik muammolarini hal etishdagi rasmiyatchilik bilan bog‘liq. Ushbu keltirib o‘tilgan holat mamlakatimizda mehnat bozori mutanosibligini va infratuzilmasi rivojlanishini ta’minlash, ishsizlik darajasini kamaytirish masalasiga alohida e’tibor qaratishni taqozo etadi.
Shuning bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziѐev ta’biri bilan aytganda ―Navbatdagi muhim vazifa - bu bandlik masalasini hal qilishning butun tizimini tubdan o‘zgartirish bo‘yicha kompleks rahbariyati, hokimlar va ularning birinchi o‘rinbosarlari shaxsiy mas’uliyatini oshirishdan iborat. Hozirgi kunda zamonaviy bozor iqtisodiѐti va innovatsion iqtisodiѐtini shakllantirish sharoitida mamlakatimizda olib borilaѐtgan investitsiya siѐsati hamda tarmoqlardagi innovatsiyalarga asoslangan iqtisodiy faoliyatni yo‘lga qo‘yish hamda iqtisodiѐtning lokomativi hisoblangan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan islohotlar yangicha qarash va texnologiyalarni chuqur tushunib yetadigan intellektual mulk salohiyati yuqori bo‘lgan ishchi kuchiga bo‘lgan talab oshib bormoqda. Shuning uchun mutaxassislarni ijtimoiy himoyalan-gan va o‘z ishidan qoniqish oladigan mehnat bilan bandligini ta’minlash sohasida davlatning mehnat bilan bandlik sohasida yangicha yo‘nalishda tartibga solish mexanizmlarini ishlab chiqishni taqozo etadi. Umuman olganda yuqorida keltirilgan holatlar va mamlakatimizni zamonaviy shart-sharoitlarga mos holda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiѐtini belgilashda mutaxassis kadrlar mehnat bozorida samarali bandligini ta’minlash hamda tartibga solish mexanizmlarini nazariy va metodologik jihatdan tadqiq etishni taqozo etadi.
Samarali bandlik – ijtimoiy mehnat unumdorligini o‘stirish asosida jamiyatning har bir a’zosi uchun munosib daromad, salomatlik, ta’lim va kasbiy darajasini oshirishni ta’minlash hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi aholisi samarali bandligini ta’minlash bo‘yicha mehnat bozori ishtirokchilari sa’y-harakatlari va kuchlarini birlashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda viloyatlar, shahar va tuman hokimliklari va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari, kasaba uyushmalari tizimi o‘rtasida aholi samarali bandligini ta’minlash bo‘yicha ishlab chiqilgan birgalikdagi harakat Bosh kelishuvini har yili takomillashtirib borish va amalga oshirilishini ta’minlash lozim [10]. Samarali bandlik – jamiyat a’zolari sanalgan aholining iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan ularni qanoatlantira oladigan hamda ularning mehnat salohiyatidan unumli foydalanishga imkon beruvchi bandliqdir. Davlat uchun samarali bandlik quyidagilarda namoѐn bo‘ladi:  milliy daromadning o‘sishi, mahalliy ishlab chiqarishning taraqqiѐti, jamiyat uchun zarur mahsulotlarni ishlab chiqarish, iqtisodiѐtning rivojlanishi;  aholi farovonlik darajasining oshishi, ularning kasbiy malaka darajasining ortishi;  mamlakatda ilmiy texnikaviy rivojlanish;  iqtisodiy-ijtimoiy jihatdan yangi ish o‘rinlarini yaratish imkoniyatining mavjudligi;  davlat boshqaruvining ijtimoiy iqtisodiy rivojlanish darajasi va korxonalarda ishchilar uchun shart-sharoitlar yaratilganligi kabi mezonlar bilan belgilanadi.
Shu nuqtai nazardan aholi bandligini tartibga solish usullarini qo‘llashni talab etiladi. Mehnat bozori, ishsizlik va aholining ish bilan bandligi masalalari bozor munosabatlari tizimida muhim o‘rin egallaydi. Jamiyatning asosiy boyligi insonlar bo‘lib, respublikamiz uchun mehnatga qobiliyatli aholining ish bilan bandligini oshirish bo‘yicha muammoni hal qilishni eng samarali qurollaridan biri bo‘lgan mehnat bozori tushunchasi, tarkibi, xususiyati va vazifalarini tadqiqot qilish, ishsizlik tushunchasi mohiyatini chuqur o‘rganish va bartaraf etish yo‘llarini ishlab chiqish katta ilmiy-amaliy ahamiyatga egadir. Bugungi kunda respublikada mehnat bozoriga kirib kelayotgan mehnat resurslarini ish bilan bandligini ta’minlash, ularning malakasini oshirish, mehnat bozori talablariga moslashtirish, ishchi kuchiga talab va taklifni muvofiqlashtirish, mehnat bozorini tartibga solish kabi o‘z yechimini kutayotgan muammolar mavjud. Iqtisodiy rivojlanish va ijtimoiy himoya o‘zaro bog‘liq tushunchalar bo‘lib, ularni bir-biridan ajralgan holda tasavvur qilib bo‘lmaydi. 2019 yil – “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da aholi o‘rtasida ishsizlikni kamaytirish, odamlar va oilalarning daromadini oshirish lozim. Bu borada ishsizlarni kasbga o‘qitish, ularga huquqiy va boshqa maslahatlar berish hamda boshqa ijtimoiy yordam usullaridan keng foydalanish kerak. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi PF-4947-son va 2017 yil 24 maydagi «Bandlik sohasida davlat siyosatini yanada takomillashtirish va mehnat organlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5052-sonli farmonlari, 2017 yil 24 maydagi «O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3001-sonli qarori hamda mazkur sohaga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda mehnat bozorini tartibga solish borasidagi davlat siyosatining asosiy vazifalari belgilab berilgan.2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida «yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda aholining, eng avvalo, o‘rta maxsus va oliy o‘quv muassasalari bitiruvchilari bandligini ta’minlash, mehnat bozori mutanosibligini va infratuzilmasi rivojlanishini ta’minlash, ishsizlik darajasini kamaytirish»63 vazifasi qo‘yilgan. Bu vazifalarni samarali hal etish mehnat bozori infratuzilmasini rivojlantirish samaradorligini oshirishni, bu borada ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishni taqozo etadi. Ijtimoiy mehnat munosabatlarini davlat tomonidan tartibga solishdan ko‘zlangan asosiy maqsad aholining turmush darajasi va sifatini hamda raqobatbardoshligini oshirish, mehnat resurslarining iqtisodiyot sektorlari va faoliyat turlari bo‘yicha oqilona taqsimlanishini rag‘batlantirish asosida aholining samarali ish bilan bandligini ta’minlash, mehnat munosabatlari sohasidagi kafolatlarni yaratish, aholi bandligiga ko‘maklashish va ishsizlik tufayli yuzaga keladigan salbiy oqibatlarning oldini olishdan iborat. Bunda mehnat bozorini tartibga solish, aholining ish bilan bandligi sohasidagi davlat siyosatining elementi sifatida, uning muvozanatlashganligining eng yuqori darajasini ta’minlashi lozim, bu davlat va mahalliy hokimiyat organlarining muhim vazifasi hisoblanadi, chunki mehnat bozorining holati ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning sur’atlari va xususiyatini belgilab beruvchi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar milliy davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, xavfsizlik va huquq-tartibotni, davlatimiz chegaralari daxlsizligini, jamiyatda qonun ustuvorligini, inson huquq va erkinliklarini, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik muhitini ta’minlash uchun muhim poydevor bo‘ldi, xalqimizning munosib hayot kechirishi, fuqarolarimizning bunyodkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida “...mehnat bozori mutanosibligini va infratuzilmasi rivojlanishini ta’minlash” ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida belgilangan. Ijtimoiy-iqtisodiy tizimda mehnat bozori muhim o‘rinni egallaydi. Mazkur bozorda mehnatga layoqatli kishilar va davlat biror bir jamoa va xususiy tashkilotlarning nomidan ish ko‘ruvchilar va ish beruvchilarning manfaati to‘qnash keladi. Mehnat bozorida vujudga keladigan munosabatlar yaqqol ifodalangan ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatga ega bo‘lib, ular mamlakat aholisi ko‘pchiligining muhim ehtiyojlariga daxldor bo‘ladi. Mehnat bozoridagi vaziyatni tahlil qiladigan bo‘lsak, 2013-2018 yillar mobaynida respublikada doimiy aholi soni – 8,0 foizga, mehnat resurslari soni esa 5,7 foizga ko‘paygan. Tahlillarga ko‘ra, doimiy aholi soniga qaraganda mehnat resurslari soni yuqori sur’atda o‘sgan. Ammo ko‘rilayotgan davrni yillar bo‘yicha tahlil qilish uning bir me’yorda kechmaganligini ko‘rsatadi. Tahlillar 2013 yildan boshlab mehnat resurslari ulushining kamayib boshlaganligini ko‘rsatadi. Ya’ni, 2013 yildagi 58,4 foizdan 2018 yilda 57,1 foizgacha kamaygan. Iqtisodiy faol aholi soni 2013 yilga nisbatan 11,2 foizga ko‘paygan bo‘lsa, iqtisodiynofaol aholi soni 2018 yilda 2013 yilga nisbatan 9,9 foizga kamayganligini ko‘rishimiz mumkin. Mehnat resurslarini baholash balansi bo‘yicha 2017 yilda jami iqtisodiy faol aholi soni 14357,3 ming kishini tashkil etgan bo‘lsa, 2018 yilga kelib ularning soni 284,4 ming kishiga ko‘payib, 14641,7 mingkishini tashkil etdi, ya’ni 2,0 foizga o‘sdi. Iqtisodiy faol aholi tarkibidagi ish bilan bandlar 2017 yilda 13520,6 ming kishini tashkil etgan. 2018 yilda esa 13273,1 ming kishini tashkil etib, 2017 yilga nisbatan 247,7 ming kishiga, ya’ni 1,8 foizga kamayganligini ko‘ramiz. Ishga joylashtirishga muhtoj shaxslar 2017 yilda 837,0 ming kishini tashkiletgan bo‘lsa, 2018 yilda ularning soni 1368,6 ming kishiga yetganligi, bu esaavvalgi yilga nisbatan 531,6 ming kishiga, ya’ni 63,5 foizga ko‘pligini ko‘ramiz. Ishsizlik darajasi xam 2017 yilda 5,8 foizni tashkil etgan bo‘lsa,2018 yilda 9,3 foizni tashkil etdi. Bunday katta mutanosiblikning asosiy sababi yuqoridagiko‘rsatkichlarni hisoblashla yangi metodikadan foydalanilganligini aytish mumkin. Iqtisodiy nofaol aholi soni 2017 yilda 4309,0 ming kishini tashkil etgan, 2018 yilda 115,1 ming kishiga kamayganligi va 2018 yilga nisbatan 97,3 foizni tashkil etishini ko‘rishimiz mumkin. Jami mehnat resurslari soni 2017 yilda 18666,3 ming kishini tashkil etgan bo‘lsa, 2018yilda ularning soni 169,3 ming kishiga ko‘paygan. Bu ko‘rsatkich 2017 yilga nisbatan 0,9 foizga ko‘p ekanligini ko‘ramiz. Respublikada mehnat resurslarining soni 2018 yilning yanvar-dekabr oylari uchun o‘rtacha 18835,6 ming kishini yoki jami aholi sonidagi ulushi 57,1 % ni tashkil qildi. Mehnat bozoriga demografik omillarni salmoqli ta’sirini mamlakat aholisining hududlar bo‘yicha turlicha zichlikda joylashuvi oqibatida yuzaga kelgan mamlakat mehnat resurslarining viloyatlar kesimi bo‘yicha notekis hududiy taqsimotida ham yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Mamlakat jami mehnat resurslari soni mustaqillik yillarida aholi o‘sishiga mos ravishda muntazam o‘sish tendensiyasiga ega bo‘lib, bu ko‘rsatkich 1991-2018 yillarda 84,4 %ga yoki 8621,8 ming kishiga ko‘paygan. Umumiy mehnat resurslarining hududiy joylashuvi bo‘yicha salmoqli ulushini Xorazm (2,0 marta), Surxondaryo (2,3 marta), Samarqand (2,0 marta), Qashqadaryo (2,3 marta), Farg‘ona (85,6 %) va Jizzax (2,0 marta), Andijon (91,9 %) kabi viloyatlarda kuzatish mumkin. So‘nggi yillarda respublikamiz ish bilan band bo‘lgan aholining oliy va o‘rta maxsus ma’lumotlilari tarkibida sezilarli o‘zgarishlar yuz berdi, xususan, 1991 yilda ish bilan band bo‘lgan aholi tarkibidagi oliy va o‘rta maxsus ma’lumotlilar soni korxona va tashkilotlarda yollanib ishlovchilarning mos ravishda 25,6 % va 28,1 %ini tashkil etgan bo‘lsa, 2018 yilga kelib, bu ko‘rsatkichlar mos holda 32,6 % va 42,0 %ga o‘zgargan. Bunday o‘zgarish respublikamizning deyarli barcha viloyatlariga xos. Bu esa o‘z navbatida respublikamizda ish bilan band aholining so‘nggi yillarda yetarli darajada yuqori ta’lim darajasiga chiqqanligini bildiradi. Shu bilan birga, ish bilan band bo‘lgan aholi tarkibidagi o‘rta va boshlang‘ich ma’lumotlilar ulushi bu davrlarda 46,3 %dan 25,4 %ga kamaydi. Buning sababi esa ta’lim tizimida majburiy umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining to‘liq qamrab olinganligi bilan izohlanadi. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida 1991-2018 yillar davomida oliy, o‘rta maxsus, o‘rta va boshlang‘ich ma’lumotli ishlovchi aholi sonini 100 foiz deb olsak, oliy ma’lumotlilar soni 25,6 foizdan 32,6 foizga, ya’ni 7,0 foizga o‘sganligi, o‘rta maxsus ma’lumotlilar 28,1 foizdan 42,0 foizga ko‘tarilganligini ko‘ramiz. Shu bilan birga o‘rta va tugallanmagan o‘rta ma’lumotlilar 46,3 foizdan 25,4 foizga tushib ketganligini ko‘rishimiz mumkin. Respublikada ishchi kuchi taklifi mehnat bozoriga ilk kiruvchi shaxslar, ishga joylashishga muhtoj, ish bilan band bo‘lmagan aholi va muddatli harbiy xizmatdan qaytganlar, jazoni o‘tashdan ozod etilganlar tarkib topadi. Tahlil qilinayotgan yillarda mehnat bozoriga ilk kiruvchi shaxslar soni 3,0 foizga ko‘paygan. Shuni alohida qayd etish lozimki, mehnat bozoriga ilk kiruvchi shaxslarning asosiy qismini (83%) kasb-hunar kollejlarini bitiruvchilar tashkil etadi. Mamlakatimizda aholi bandligini ta’minlash ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning ustuvor yo‘nalishlaridan biri, xalq turmush darajasi va sifatini yuksaltirishning muhim sharti sifatida belgilangan. Binobarin, yurtimizda har yili milliy iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish, hududiy kesimlarda mehnat resurslaridan yanada to‘liq va oqilona foydalanish, aholining ijtimoiy muhofazasini ta’minlashga qaratilgan tegishli dasturlar qabul qilinmoqdaayapti. Mehnat bozoridagi muvozanatga erishishga yo‘naltirilgan tartibga solish tadbirlarini amalga oshirishda quyidagi jihatlarni hisobga olish lozim: Birinchidan, mehnat bozorida ishchi kuchiga talab va taklifning muvozanatlashganligiga erishish statik muvozanatga emas, balki dinamik muvozanat tomon harakatlanishdan dalolat berdi. Shu munosabat bilan mehnat bozorida talab-taklif mexanizmlari vaqtga ko‘ra o‘zgaruvchi muhitda ishlaydi, muvozanatni biz dinamik muvozanat sifatida ko‘rib chiqamiz. O‘z navbatida, tavsiyalar ham dinamik jihatni hisobga olishi kerak.Ikkinchidan, mehnat bozorida ishchi kuchiga talab va taklifningmuvozanatlashganligi, shuningdek muvozanat holati ham nisbiy, jamiyatning ular bilan mehnat bozori va uning tarkibiy qismlari uzviy o‘zaro bog‘liq bo‘lgan boshqa kichik tizimlaridagi o‘zgarishlarga bog‘liq omillarhisoblanadi. Shundan kelib chiqqan holda, jamiyat rivojlanishining iqtisodiy, demografik, texnologik, ekologik va ijtimoiy sohalaridagi har qanday o‘zgarishlar mehnat bozorida (shuningdek uning alohida segmentlarida) ishchi kuchiga talab va taklifning hajmi va tarkibiga, uning faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Shuning uchun mehnat bozorini tartibga solish jarayonini takomillashtirishga doir tavsiyalar makroiqtisodiy siyosat chora- tadbirlari va amalga oshirilayotgan maqsadli dasturlar bilan bog‘langan bo‘lishi lozim.
O‘zbekiston prezidentining «Kambag‘al va ishsiz aholini tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehnat faolligini oshirish va kasb-hunarga o‘qitishga qaratilgan hamda aholi bandligini ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori imzolandi.

Download 1,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish