Ta’limda boshqaruv” kafedrasi Professional ta’limi tizimi kadrlarining malakasini oshirish kursi


Qarorda ko‘zda tutilgan Kambag‘al va ishsizlarni kasb-hunarga va tadbirkorlikka o‘qitish tizimi



Download 1,99 Mb.
bet9/15
Sana10.02.2022
Hajmi1,99 Mb.
#441994
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
BMI В.Djiyanbaev

Qarorda ko‘zda tutilgan Kambag‘al va ishsizlarni kasb-hunarga va tadbirkorlikka o‘qitish tizimi Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda «Ishga marhamat» monomarkazlarini, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkentda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimidagi kasb-hunarga o‘qitish markazlarini, Toshkent shahri tumanlarida qisqa muddatli kasb-hunarga o‘qitish kurslarini, mahalla aholisini kasb-hunarga o‘qitish maskanlarini, nodavlat kasb-hunarga o‘qitish muassasalarini o‘z ichiga oladi. тузатинг
Hujjat orqali aholini mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga, tadbirkorlik asoslari va xorijiy tillarga o‘qitishga, nodavlat sektori imkoniyatlaridan keng foydalanish uchun davlat yordamini berish mexanizmi joriy qilinadi.
Nodavlat kasb-hunarga o‘qitish muassasalarini tashkil etish uchun Vazirlikning «Ishga marhamat» monomarkazlari va kasb-hunarga o‘qitish muassasalarining binolari, mahalliy hokimiyat va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tavsiyasiga ko‘ra boshqa bo‘sh turgan binolar yoki ularning bir qismi operativboshqaruvga yoki uzoq muddatli imtiyozli ijaraga beriladi;
Nodavlat kasb-hunarga o‘qitish muassasalariga o‘quv dasturlari va o‘qituvchilarni mustaqil tanlash huquqi beriladi; kasb-hunarga o‘qitish markazlari binolari bir qismi berilgan taqdirda — mazkur markazlarning o‘quv jihozlari va anjomlaridan imtiyozli foydalanish imkoni yaratiladi.
Nodavlat kasb-hunarga o‘qitish muassasalarida Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi hisobidan o‘qitish, bunda davlat buyurtmasining kafolatlangan eng kam darajasi dan foydalanish belgilangan.
Qarorga muvofiq «Ishga marhamat» monomarkazlari hamda kasb-hunarga o‘qitish markazlari bitiruvchilarining kasbiy malakasini xalqaro WorldSkills standartlari asosida baholash, shuningdek baholashdan muvaffaqiyatli o‘tgan bitiruvchilarga mamlakatda va xorijiy davlatlarda tan olinadigan Skills pasporti beriladi. Monomarkazlar va kasb-hunarga o‘qitish markazlari tomonidan bitiruvchilarga berilgan o‘qishni tamomlaganlikni tasdiqlovchi hujjat hamda Skills pasporti o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi diplomi darajasiga tenglashtiriladi.
Ushbu loyihalar ijrosini ta’minlash uchun Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasiga Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasidan 2020 yil uchun ajratiladigan mablag‘larga qo‘shimcha ravishda 150 milliard so‘m mablag‘ ajratiladi.
Shuningdek mazkur qarorda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda har bir hududda kamida bittadan «Eng yaxshi kasbga tayyorlash dasturi» bo‘yicha nodavlat kasb-hunarga o‘qitish muassasalari o‘rtasida ochiq tanlov o‘tkaziladi.
Qaror bilan «Eng yaxshi kasbga tayyorlash dasturi» tanlovi g‘oliblarining loyihalarini rag‘batlantirish uchun Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasiga Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasidan 2020 yil uchun ajratiladigan mablag‘larga qo‘shimcha ravishda 50 milliard so‘m mablag‘ ajratish ko‘zda tutilgan.
Bu muhim tadbirlarni amalga oshirish natijasida har yili 60 ming nafarga yaqin ishsiz va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini mehnat boorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga bepul o‘qitish imkoniyati yuzaga keladi, 25 mingdan ziyod nogironligi bo‘lganlarning bandligi ta’minlanadi.
Respublika ishchi guruhi davlat va nodavlat kasb-hunarga o‘qitish muassasalari samarali faoliyat yuritishini hamda sifatli va xalqaro standartlarga javob beradigan kasb-hunarga o‘qitish tizimi joriy etilishini tashkillashtiradi, shuningdek ushbu maqsadda ajratilayotgan mablag‘larning manzilli sarflanishini ta’minlaydi.

Download 1,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish