1.1 Mehnat bozori ehtiyojini o‘rganish uslublari
|
|
1.2 Axolini qisqa muddatlarda kasbga o‘qitishni mexnat bozoridagi axamyati
|
|
II-bob Bo‘ka tumani 2-son kasb-hunar maktabida aholini qisqa muddatlarda kasbga o‘qtishni tashkil etish.
|
|
2.1 Bo‘ka tumanida aholisini qisqa muddatlarda kasbga o‘qitish kurslarini tashkil etishga innavasyon yondashuv
|
|
2.2 Qisqa muddatli kasbga o‘qigan bitiruvchilarni bandligini ta’minlashda korxonalar bilan xamkorlik ishlari.
|
|
Xulosa va takliflar.
|
|
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.
|
|
Ilovalar.
|
|
KIRISH
Yoshlar ta’lim-tarbiyasini to‘g‘ri, milliy manfaatdorlik nuqtai nazaridan qayta qurish jiddiy masala Chunki ta’lim-tarbiya sifati va tarkibi har qanday mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini belgilaydigan eng asosiy omillardan biridir.
XX asr ikkinchi yarmida yoshlar ta’lim-tarbiyasini maqsadli isloh etish natijasida yuksak taraqqiyotga erishgan davlatlarga bir e’tibor beraylik: Yaponiya, Janubiy Koreya, Finlyandiya, Norvegiya... Ushbu davlatlar islohotni bog‘chadan boshlab, 2-3 o‘n yillikda o‘ziga xos, samarali ta’lim-tarbiya tizimini yaratish evaziga fuqarolari ijtimoiy himoyalangan, iqtisodiy barqaror mamlakatlarga aylandi.
Kasb-hunar ta’limi ham qayta ko‘rib chiqilmoqda. Bu tizim ish beruvchilarning real talabidan kelib chiqqan holda, aniq va optimal bo‘ladi.
Prezidentimiz rahbarligida mamlakatimiz kelajagi, xalqimizning farovon hayotini ta’minlaydigan milliy elita yoshlarni tarbiyalash bo‘yicha davlat siyosati yuritilayotgani va ta’limga konseptual yondashilayotgani yaqin yillarda iqtisodiyotimizning barcha sohalarini innovatsion fikrlaydigan mutaxassis-kadrlar bilan ta’minlash imkonini beradi. Bu maqsadga erishish uchun ta’lim sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi muhim omillar belgilandi va ularni mamlakat miqyosida bajarish bo‘yicha qator manzilli ishlar amalga oshirilmoqda.
Ta’lim sifati jamiyat ravnaqini ta’minlaydigan asosiy va birlamchi omil sifatida davlatning ustuvor masalasiga, iqtisodiyotning real sektorlari talabidan kelib chiqib milliy elita kadrlarni tayyorlash va ularni dunyo bozorida raqobatbardoshligini ta’minlashni tashkil qilish esa mintaqa (viloyat)lar strategiyasining bosh masalasiga aylanib bormoqda. Bu o‘ta muhim siyosatning muvaffaqiyati mamlakatning har bir fuqarosi ta’lim islohotlarida faol ishtirok etishini taqozo qiladi.
Prezidentimiz 2018 yil 28 dekabr kuni Oliy Majlisga Murojaatnomasida ta’kidlaganidek, islohot – bu yangilanish, o‘zgarish degani. Islohotlarning ijobiy natija berishi uchun, avvalo, rahbarlarimiz va odamlarimiz o‘zgarishi kerak. Inson o‘zgarsa, jamiyat o‘zgaradi.
Davlatimiz rahbarining ta’lim sohasida, xususan, yoshlar masalasi bo‘yicha olib borayotgan siyosati tufayli yaqin 5-10 yilda O‘zbekistonda ta’lim, fan va texnologiyalarning yangi pog‘onaga chiqishiga mustahkam zamin yaratilmoqda. Ana shu poydevor asosida ta’lim sifati va samaradorligi ijobiy tomonga keskin o‘zgaradi, innovatsion bilim va fanni shakllantiradigan ilmiy texnologik infratuzilmalar shakllantiriladi, xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda minglab intellektual darajasi yuqori yosh kadrlar tayyorlanadi, ular yurtimizning jahon intellektual mulk bozoridagi mavqeini yuksaltiradi.
Shnungdek Prezident Shavkat Mirziyoev 2020 yil 25 dekabrda birinchi marta o‘tkazilayotgan O‘zbekiston yoshlari forumiga tashrif buyurib, nutq so‘zladi. Davlat rahbari o‘z nutqida Uchinchi Renessans, yosh volontyorlar faoliyati, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha Toshkent tajribasi, «Yoshlar: 1+1» dasturi, Yoshlar kichik sanoat zonalari, «Yoshlar murojaati» elektron platformasi, tadbirkorlikka o‘qigan yoshlarga 4 foizlik kreditlar, yosh oilalarni uy-joy bilan ta’minlash va boshqa mavzularga to‘xtaldi.
«Hunarli kishi xor bo‘lmas», deydi xalqimiz. Ammo keyingi paytda farzandlarimizning mohir hunarmandlar qo‘lida kasb-hunar o‘rganishiga yetarli e’tibor berilmayapti. Vaholanki, ustoz ko‘rgan o‘g‘il-qizlarimiz domlasiga munosib bo‘lishga intiladi, ularning ko‘magi bilan hayotda o‘z o‘rnini topadi. Shu bois, hududlarda «ustoz-shogird» an’anasini kuchaytirsak, o‘ylaymanki, nur ustiga nur bo‘ladi. Bu ishga jalb etiladigan hunarmand ustalarni Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasidan moddiy rag‘batlantirish tizimi joriy etiladi", — deya ta’kidladi Shavkat Mirziyoev.
Do'stlaringiz bilan baham: |