1.2 TA’LIM VOSITALARI VA TEXNIK VOSITALARDAN FOYDALANISH
Та’lim, shu jumladan o‘rta umaumta’lim maktablaridagi ta’lim darajasi va sifati mamlakat taraqqiyoti – uning iqtisodiyoti, jahon hamjamiyatidagi o‘rnini, mazkur yurtda yashaydigan insonlarning turmush darajasi, ijtimoiy yutuqlarini belgilaydi. Mamlakatimizda bo‘lganidek eng yaxshi deb hisoblagan ta’lim darajasi aholining ijtimoiy, huquqiy hayot darajasi, kommunikatsion savodliligi, ta’lim olishga qiziqishning yuqoriligi bilan belgilanadi. Ta’lim darajasi va sifati ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchining shaxsiy sifatlari va kasbiy mahoratigagina emas, balki, aynan ta’lim tizimining asoslariga ham bog‘liq bo‘ladi.
Ta’limning rivojlanish yo‘li fanlar sonining va o‘rganiladigan mavzularning ortishi hisobiga olinadigan bilimlar bilan kengayishi mumkin. Fanlar sonini kengaytirish, o‘quvchilarga yuklamalarni ko‘paytirish bilangina emas, balki o‘qituvchi-pedagoglarning o‘zlari ta’lim berayotgan fanlariga har tomonlama va zamonaviy axborot texnologiyalariga tayangan holda saboq berishlari uchun ularning malakalarini oshirib borish ham muhim omildir. Ta’limni rivojlantirishning — intensiv yo‘li, birinchidan, ta’lim metodini o‘zgartirishni, qo‘shimcha bilim berish yo‘llarini izlashni talab etadi. Axborotlar bilan mustaqil ishlashni bilish, topish, anglab yetish va nihoyat mavjud axborotlar asosida yangi bilimlarni uyg‘unlashtirishni bilish, mana shu o‘quv jarayonini rivojlantirishning eng istiqbolli yo‘li bo‘lishi mumkin.
Mana shunday yondashuvda ta’lim olish jarayoni markazining tayyor, to‘g‘ri ma’lumotlar olish va ularni yodlab olishdan axborotni izlash, qayta ishlab chiqish va bir shakldan boshqa shaklga aylantirish ko‘nikmalarini egallashga yo‘nalish sodir bo‘ladi. Zamonaviy o‘quvchilarning bilim olish manbalarini kuzatadigan bo‘lsak, unda o‘qituvchi eng muhim manba bo‘lib qolayotganligi yaqqol ko‘zga tashlanadi. Aynan ungagina muhim rol — o‘quvchiga aniq bir fan bo‘yicha bilim berish, klassifikatsiyalash, o‘zgartirish tizimini berish roli yuklatiladi. Har bir fan bo‘yicha mazmunli qadriyatli yo‘nalishlar tizimini yaratish va o‘quvchiga yetkazish — o‘qituvchining eng asosiy funksiyasi hisoblanadi va shunday bo‘lib qolmoqda.
Agar darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarida maktab dasturi bo‘yicha tegishli minimum bilimlar jamlangan holda berilganligini va nazorat hamda imtihon biletlari savollari bilan uzviy bog‘liqligini e’tiborga oladigan bo‘lsak, unda o‘quvchilar darsliklar hamda qo‘llanmalar materiallariga tayanib, bilim olishga intilganlar. Bilimlarini baholashda tortishuvlarda ular mana shunday manbalarga asoslanishlari osonroq, mustaqil ifodalar, umumlashtirishlar va shunga o‘xshash ko‘p mehnat talab qiluvchi harakatlarga xojat bo‘lmagan.
Keyingi vaqtda, shaxsiy kompyuterlardan keng foydalanish bilan internet va maxsus o‘quv kompyuter dasturlari orqali bilim olish keng rivojlanmoqda. Internet manbaidan olingan bilimlar ishonchliligini baholashni talab qiladi. Axborot olish manbalariga ishonch masalasi o‘qitishning an’anaviy metodlarida umuman muhokama qilinmaydi. Internet va ommaviy axborot vositalarining ta’lim tizimi, o‘quvchi va o‘qituvchilar dunyoqarashiga ta’siri haqida ko‘plab fikrlar mavjud. Darslik va dasturlar mualliflarining, muxbirlar hamda sharhlovchilar va boshqalarning bilib yoki bilmay yo‘l qo‘ygan kamchiliklari borliqni to‘g‘ri anglashda ta’sir ko‘rsata oladi.
Turli axborot olish manbalarini haqiqiy o‘quv jarayoniga kiritish, ushbu bilim manbalariga ishonchni baholash, boshqa, yanada ishonchli manbalarni topa bilish o‘quvchilarning mustaqil ishlashga qiziqishlarining o‘sishiga olib kelishi kerak. Turli manbalardan olingan bilimlarni solishtirish va umumlashtirish, ularni ijodiy qayta ishlab chiqishni bilish ham juda muhim bo‘lib hisoblanadi. Ba’zan bilimlar sinovi sifatida taklif etiladigan o‘quvchining tanlangan mavzu bo‘yicha referat tayyorlash o‘rniga (referat nima, uni yozish qoidalari, referatlar bilan to‘g‘ri ishlash uchun boshqa zarur ma’lumotlar maktab dasturi doirasida o‘rganilmaydi) va oqibatda, odatda internetdan topilgan tayyor referatlarni oddiy ko‘chirib olish sodir bo‘ladi. O‘z fikrini ifoda etish va bayon etish o‘rniga o‘quvchi boshqalarning fikrlarini ko‘chirib olib va anglab yetmagan holda o‘zinikidek ko‘rsatish bilan almashtiriladi.
Faqat turli axborot manbalari bilan ishlash sohasida maxsus metodik ishlanmalar, shu jumladan, texnik vositalar (kompyuter, televizor va boshqalar)da taqdim etilgan materiallar yordamida mana shu kabi muammolar-ning oldini olish mumkin. Ushbu yo‘nalishda ta’lim bilan birlashtirilgan mediata’lim sohasida tadqiqotlar olib borilmoqda. Turli maktab fanlari bilan birlashtirilgan mediata’lim standartini ishlab chiqish — katta axborot muhitida pedagoglar va o‘quvchilarni hayotga tayyorlashda katta, ahamiyatli hissa hisoblanadi. Mediata’lim maqsadlari quyidagi ko‘rinishda ifoda etiladi:
• ommaviy axborot vositalari (OAV) orqali beriladigan axborotlarni tushunish va qayta ishlash, keng talqin etishga o‘rgatish;
• ijodiy fikrlashni, u yoki bu xabarning yashirin mazmunini tushunishni, salbiy mazmunli axborotlardagi yoshlarning ongini o‘zgartirishga harakatlariga qarshilik qilishni bilishni rivojlantirish;
• maktabdan tashqari axborotlarni umumiy tayanch ta’lim mazmunida fan sohasidagi bilim va malakalarda shakllantiriladigan tizimga kiritish;
• talab etiladigan axborotni topish, tayyorlash, yetkazish va qabul qilish malakasini shakllantirish.
Ushbu vazifalar ikki o‘zaro bog‘liq bo‘lgan sohalarda tadqiqotchilik va amaliy ishlar: bir tomondan, maktab dasturi fanlarini o‘qitish sohasidagi metodik ishlar, axborot va kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) sohasidagi metodik ishlar olib borilishini ko‘zda tutadi. Axborot va kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bilan bog‘liq vazifalar guruhi maktab dasturi tayanch fanlaridan alohida ekanligi va texnik vositalardan to‘g‘ri foydalanish malakasini talab etishi tushunarli holdir. Axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini ishlab chiqish va qo‘llash zamonaviy maktabda ta’lim samaradorligini oshirish muhim yo‘llaridan biri bo‘lib qolmoqda. Shu bilan birga, axborot texnologiyalarining va demak, ularni ta’minlash texnik vositalarining ahamiyatli roli, zamonaviy jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi omili sifatida tan olingan va bunga shubha yo‘q.
O‘qituvchi va o‘quvchi zamonaviy axborot texnik va texnologik imkoniyatlarini qayerda va qanday o‘rganishlari kerak? Ushbu masalalarni hal etiishda «Informatika» fani asos bo‘lib qolmoqda. Zamonaviy informatikaning roli va o‘rnini faqat hisoblash texnikasi vositalari bilan ma’lumotlarni qayta ishlash texnik vositalari va metodlarini o‘zlashtirishdan iborat deb hisoblab bo‘lmaydi. Umuman, informatikani texnik ta’minlashni faqat kompyuterlar bilan chegaralash to‘g‘ri emas. Zamonaviy dunyoning axborot muhiti boshqa texnik vositalardan, masalan, televizorlar va videomagnitofonlar, foto va videokameralar, telefon apparatlari va ko‘plab boshqalar ham foydalanadi. Texnika bilan ishlash qoidalarini, turli qurilmalarning o‘zaro bog‘liqliklarini va kompleks foydalanishni o‘rganish, axborot bilan va uni qayta ishlash texnik vositalari bilan ishlashda huquqiy maydonini bilish — «Informatika» fanining ajralmas qismi hisoblanadi.
Informatikaning rivojlanishi va uning metodlari hamda modellarining deyarli barcha maktab fanlariga asta-sekin uzviy kirib borishi an’anaviy kurslar tuzilishining o‘zgarishiga olib keladi. O‘qituvchining fan haqida tizimli tasavvurining «loyihachisi» sifatidagi roli qoladi va yanada ortib boradi, lekin shu bilan birga, o‘quvchilarning mustaqil ishlari hajmi ham ortib borishi kerak, bunda o‘qituvchi yo‘naltiruvchi va maslahatchi sifatida ishtirok etadi. O‘quvchilarning mustaqil ishlari texnika va tegishli texnologiyalardan ommaviy foydalanishni ko‘zda tutadi. Shunda agar o‘quvchi informatika darslarida turli manbalar va ma’lumotlarni qayta ishlash texnologik qoidalari bilan ishlash tayanch ko‘nikmalarini olsalar, fan o‘qituvchisi ushbu masalalarni hal etishga e’tiborni kuchaytirishi kerak, «Informatika» darsida o‘quvchilarning olgan bilim va malakalarini o‘z predmeti sohasida qo‘llashi mumkin.
Shu tariqa, o‘quvchi axborotni izlaydi, anglab yetadi, o‘zgartiradi; ko‘plab texnika manbalaridan foydalanib, shunday ishlarni tez, sifatli bajarish imkonini beradi; o‘qituvchi o‘quvchilarning olgan bilimlarini umumlashtiradi, tizimlashtiradi, ularning ishlarini boshqaradi, yo‘naltiradi, yordam ko‘rsatadi, tuzatib boradi.
Xulosa qilib aytganda, ta’lim jarayoni shunday tashkil etilganda, texnik vositalar mustaqil ahamiyatga ega bo‘ladi, texnik vositalar uning to‘la huquqli tarkibiy qismi bo‘lib qoladi. Texnik vositalardan foydalanish har bir o‘quvchiga individual yondashuvni ta’minlashi va turli darajadagi murakkablikka ega topshiriqlarni ishlab chiqish, individual qobiliyati hamda tayyorgarligiga qarab bir dars doirasida turli o‘quvchilarga taklif etishni ta’minlashi mumkin bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |