Seysmik mintaqa- Yer qimirlash markazlari joylashgan va zilzilalar bo’lib turadigan mintaqa. Xozirgi zamon tektonik xarakatlari, tog’lar xosil bo’lishi ro’y berayotgan, chuqur okean botiqlari paydo bo’layotgan joylarni o’z ichiga oladigan uzun cho’zilib ketgan xududlar kiradi. Ikkita katta S. m. mavjud. Yevropa – Osiyo (Alip – Ximolay) va Tinch okean xalqasi.
Seysmograf –(yunoncha ,,seysmos’’ – yer qimirlash, ,,grafo’’ yozaman)- zilzila bo’lganda yoki portlatishlar vaqtida Yer po’stida ro’y beradigan tebranishlarni qayd qiladigan asbob.
Seysmologiya (yunoncha –seysmos- yer qimirlash, logos-fan)-yer qimirlash va u bilan bog’liq xodisalarni o’rganuvchi fan. Zilzilalar sabablarini, ularning tektonik jarayonlar bilan aloqalarini, oldindan aytib berish imkonlarini, Yer yuzasida tarqalish jug’rofiyasini, yer qimirlash oqibatlariga qarshi kurash yo’llarini o’rganadi.
Sel-Tog’ vodiylari, soylar va jarlardan qisqa vaqt ichida juda katta tezlik bilan oqib keluvchi loyqa, tosh aralash suv oqimi. Sel xodisasi qattiq jala quyishi, tog’lardagi qorning juda tez erishi, yonbag’irning qiyaligi va unda nuroq jinslarning ko’p yig’ilib qolishi natijasida vujudga keladi.Odatda sel oqimlari qurg’oqchil iqlimli, o’simligi kam yonbag’irlarda kuchli bo’ladi. Sel xodisasi O’rta Osiyoda Farg’ona, Qashqadaryo, Surxondaryo vodiylarida, Kopetdog’da, Tyanshanning g’arbiy va shimoliy tizmalari vodiylarida, Kavkazda, G’arbiy Yevropa, AQSH, Janubiy Amerikaning tog’li rayonlarida, Yaponiyada ko’p kuzatiladi. Xo’jalikka katta zarar keltiradi.Selga qarshi kurashish uchun selto’sar to’g’onlar quriladi, tog’ yonbag’irlarida ixota o’rmonlari bunyod etiladi.
Sizot suv - yerning g’ovak yuza qatlamidagi va tuproqdagi bo’shliqlarni to’ldirgan suv.S.s. suvli qatlam yer yuzida yotgan joylarda bo’ladi. Suvli qatlam ustini suv o’tkazmaydigan qatlam qoplamaydi.S.s satxi bevosita yer usti suvlari va yog’in suvlari bilan tutash bo’lgani sababli fasllarga qarab o’zgarib turadi. Ba’zan botqoqliklarni xosil qiladi.
Siljiq-Tog’ jinslarining tektonik yoriqlar bo’ylab gorizantal siljigan palaxsalari. Katta siljiqlar yuzlab,xatto minglab km ga cho’ziladi, uzoq davr mobaynida ro’y beradi.
Sinklinal (yunoncha- sinklino –egilaman)- tog’ jinslari qatlamlarining qabariq tomoni pastga qaragan burmasi. S. Antiqlinal bilan yonma –yon joylashgan bo’ladi.
Sig’alon – Tog’larda tik yonbag’irlarning o’rta va quyi qismida to’plangan silliqlanmagan parcha toshlar. Tub tog’ jinslarning nurashi va nuroq jinslarning yuqoridan qutab tushishi natijasida hosil bo’ladi. Sig’alondagi jinslarning katta-kichikligi ularning tarkibiga, iqlim sharoitiga bog’liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |