samarali mehnat qilayotgan ishchi-xizmatchi mehnatiga yarasha ko‘proq haq olishi
lozim. Shunda u rag‘batlantirilgan hisoblanadi. Shu bilan birga mehnatkashlarni
moddiy hamda ma’naviy rag‘batlantirishni amalga oshirishni ta’minlash kerak.
Yeng avvalo, mehnatlari natijalarini e’tiborga olgan holda mukofotlash, turli
xildagi unvonlarni berish lozim. Bu unvonlar ham ma’lum
darajada fuqarolarni
mablag‘lar bilan ta’minlaydi. Jumladan, Respublikada xizmat ko‘rsatgan
iktisodchi, agronom, irrigator unvolarini olganlarning asosiy ish haqlariga yeng
kam oylikning 60 foizi miqdorida ustama beriladi. Demak, ma’naviy
rag‘batlantirish ham ayrim hollarda moddiylashadi.
Qishloq
xo‘jaligidagi
mehnat
jarayonlarini
mexanizasiyalashtirish,
avtomatlashtirish,
elektrlashtirish
natijasida
sarflanayotgan
mehnatning
unumdorligi oshishini ta’minlash mumkin. Buning uchun xo‘jaliklar ixtiyoridagi
barcha mashinalar, traktorlarning ishga yaroqliligini oshirish hamda ulardan yil
davomida to‘liq foydalanishga erishish tadbirlarini shakllantirish lozim. Yeng
avvalo, ularni malakali kadrlar, ta’mirlash ustaxonalari bilan ta’minlash kerak.
Xo‘jaliklarning ishlab chiqarish resurslari bilan ta’minlanganligini
ham talab
darajasiga yetkazish zarur. Buning uchun esa moliyaviy resurslar bilan ta’minlash
choralarini aniqlab, ularning bajarilishini ta’minlash kerak.
Demak, qishloq xo‘jaligida mehnat resurslaridan yil davomida to‘liq va
samarali foydalanish hamda ularning mehnatlari unumdorligini oshirish uchun
quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlash maqsadga muvofiqdir:
- tarmoqning rivojlanishini e’tiborga olgan holda qo‘shimcha ish joylarini
tashkil etish;
- tarmoqning ishlab chiqarish tarkibini takomillashtirish va moddiy-texnika
ta’minotini yuksaltirish;
- qishloq xo‘jaligiga yangi texnikalarni, samarali texnologiyalarni izchillik
bilan tatbiq etish;
- qishloqda tadbirkorlik shakllarini
rivojlantirish;
- qishloqda ishlash va yashash uchun barcha sharoitlarni yaratish;
- mehnatni tashkil etishning samarali turlarini tashkil etish va rivojlantirish;
- kadrlarni tayyorlash, malakalarini oshirish, ularni moddiy, ma’naviy
rag‘batlantirishni takomillashtirish va boshqalar.
Bu kabi chora-tadbirlarning qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishiga joriy etilishi
tarmoqdagi mehnat resurslaridan foydalanishni yaxshilab, mehnat unumdorligi
oshishiga ijobiy ta’sir yetadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2004-2006
yillarda fermer
xo‘jaliklarini rivojlantirish konsepsiyasi to‘g‘risida»gi Farmoni, Respublika
Vazirlar Mahkamasining «2005-2007 yillarda fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish
to‘g‘risida» gi qarorlarini bajarish maqsadida Respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan
«Biznes maktablari»da faoliyat ko‘rsatayotgan fermer xo‘jaliklarining bilimini
oshirish bo‘yicha yangidan tashkil etilayotgan fermer xo‘jaliklarining rahbarlarini
tayyorlash uchun 2004 yilda mahsus o‘quv kurslari tashkil etildi. Bu kurslarda yiik
olimlar, tajribali mutaxassislar qatnashib, fermerlarni tayyorlashga o‘z hissalarini
qo‘shmoqdalar. Shu kurslarda fermerchilik faoliyatidagi barcha masalalar
o‘rgatilmoqda.
Bu hol albatta, fermerlarni bilimlarini, malakalarini yuksalishini
ta’minlaydi. Lekin ayrim hollarda o‘qishda qatnashayotgan fermerlarda loqaydlik,
e’tiborsizlik, mas’uliyasizlik hollari yuz bermoqda. Shuning uchun bo‘lajak
fermerlarni tanlashda shu masalalarga katta e’tibor berish zarur deb hisoblaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: