Ta`lim vazirligi



Download 9,18 Mb.
bet3/47
Sana26.02.2022
Hajmi9,18 Mb.
#466791
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47
Bog'liq
Donli ekinlarning biologik va ekolik xususiyatlari

Ishning ob`ekti: donli ekinlar.
I. DONLI EKINLARNING UMUMIY TAVSIF.
Donli ekinlar O’zbekiston Respublikasining xalq xo'jaligida katta iqtisodiy, ishlab chiqarish ahamiyatiga ega. Aholining oziq-ovqatga bo'lgan ehtiyojlarini qondirishda, chorvachilikni konsentrat va omuxta yem, sanoatning ayrim sohalarini xomashyo bilan ta’minlashda donli ekinlar muhim o'rinni egallaydi.
Don yetishtirishni ko'paytirish, qishloq xo'jaligidagi asosiy muammolardan biri hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyin don yetishtirishni ko'paytirish, mamlakat aholisi, xalq xo'jaligining donga bo'lgan talabini respublikada yetishtirilgan don hosili hisobiga qondirish bo'yicha bir qator amaliy ishlar bajarildi, farmonlar, qonunlar qabul qilindi.
O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyin ekin maydonlari tarkibida katta o'zgarislilar sodir bo'ldi. Asosiy ekin g'o'za hamda yem-xashak ekinlari maydonlari qisqartirildi va boshoqli don ekinlari maydonlari keskin oshirildi. Respublikamizda 4,3 mln gektar sug'oriladigan, 730 ming gektar lalmikor ekin maydonlari bor.

  1. jadval.

O'zbekiston Respublikasida 2003-yilda boshoqli don ekinlarini yetishtirish.



Qoraqalpog’iston
Respublikasi va viloyatlar

Ekin maydoni,
ming ga

Hosildorlik,
s/ga

Yalpi hosil,
ming tonna

Qoraqalpog’iston Respublikasi

50

27,1

136

Andijon

74

75,1

556,7

Buxoro

61

44,7

271,9

Jizzax

116

36

417,6

Qashqadaryo

140

44,9

628,6

Navoiy

38

41,1

143,1

Namangan

78

48,4

371

Samarqand

102

53,1

541,6

Surxandaryo

95

42,6

404,6

Sirdaryo

91

24,3

213,1

Toshkent

115

42,6

493,4

Farg‘ona

105

48,7

511,3

Xorazm

35

31

108,5

Jami:

1100

43,9

4797,4

2002-yilda

1059

42,6

4494,1

Respublikamiz mustaqillikka erishgandan keyin boshoqli don va boshqa donli ekinlar hosildorligi yildan yilga ortib bormoqda. Boshoqli don ekinlarining hosildorligi sug'oriladigan yerlarda 1992-1994-yillarda 22s/ga, 2004-yili 41s/ga yetdi. Hosildorlikning ortishi hamma donli ekinlar bo'yicha kuzatilmoqda.


2-jadval.
O’zbekistonda don ishlab chiqarishning o'sishi, ming tonna.



Yillar

1990

1992

1994

1996

1998

2000

2001

2002

2003

Hosil, ming
Tonna

990

1200

1550

2550

3000

3100

3400

4500

5100

Mamlakatimizning donga bo'lgan bir yillik ehtiyoji 6,0-6,5 mln tonnani tashkil etadi. Kelajakda mamlakatimizda don yetishtirishni ko'paytirish asosan hosildorlikni oshirish, jadal o'stirish texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish hisobiga amalga oshirilishi ko'zda tutilmoqda. Orol dengizi muammosi mavjudligi mamlakatimizda ekin maydonlarini kengaytirish hisobiga don yetishtirishni ko'paytirish imkoniyatlarini cheklaydi. Hozirda hosil yetishtirishda suvni, energiyani tejaydigan, tuproq unumdorligini oshiradigan, donli ekinlardan yuqori va sifatli hosil olishni ta’minlaydigan ekinlarni yetishtirish texnologiyalarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish amalga oshirilmoqda. Jahon dehqonchiligida donli ekinlar maydoni umumiy ekinlar maydonining 70% dan ortig'ini tashkil qiladi (1-rasm). Har yili dunyoda donli ekinlar 700 mln ga dan ortiq maydonga ekilmoqda. O'rtacha don hosildorligi 24,1s/ga ni tashkil qilgan. So'nggi yillarda jahonda don ekinlari maydonlari qisqarib, hosildorlik va yalpi hosil ortib bormoqda.





1-rasm. Donli ekinlarning umumiy ko’rinishi.

I.1. G’alla ekinlarining tuzilishi, o’sishi va rivojlanishi.


Don ekinlarining morfologik xususiyatlari. Morfologik xususiyatlari va yetishtirishdagi yo'nalishlari bo'yicha donli ekinlar birinchi guruh g'alla ekinlari kuzgi va bahori bug'doy, kuzgi va bahori javdar, kuzgi va bahori arpa, kuzgi va bahori tritikale, suli va ikkinchi guruh g'alla ekinlari (makkajo'xori, tariq, oq jo'xori, sholi) hamda dukkakli don ekinlari (ko'k no'xat, soya, loviya, mosh, no'xat, burchoq, yasmiq, lyupin, xashaki dukkaklilar)ga bo'linadi. Birinchi va ikkinchi guruh don ekinlari G’alladoshlar ( Gramineae) yoki Qo’ng‘irboshlar (Poaceae) oilasiga, marjumak Marjumakdoshlar (Polygonaceae), dukkakli don ekinlari Dukkakdoshlar (Fabaceae) oilasiga mansub.
Ildiz tizimi. Don ekinlarining ildiz tizimi faqatgina suv va unda erigan oziqa moddalarni so'rish organi emas, balki ko'plab organik moddalar sintez bo'ladigan muhim organdir. Ildizlarda murakkab fiziologik va biokimyoviy jarayonlar natijasida organik kislotalar, fosfororganik moddalar, aminokislotalar, alkoloidlar, amidlar va boshqa birikmalar hosil bo'ladi. Ildizlar o'simliklarda modda almashinuvi, fiziologik jarayonlarda, xlorofil hosil bo'lishida ishtirok etadi, ularga ta’sir ko'rsatadi. Don ekinlarining ildiz tizimi popuk ildiz (2-rasm). Don ko'karganda dastlab murtak yoki birlamchi ildizlar hosil bo'ladi. Ularning soni o'simlik turiga bog'liq. Kuzgi bug'doyda murtak ildizlar 3 dona, bahori bug'doyda 5 dona, sulida 3-4 dona, arpada 5-8 dona, tariqsimon o'simliklarda 1 dona bo'ladi. Keyin poyaning yer osti bo'g'inlaridan qo'shimcha yoki bo'g'in ildizlari hosil bo'ladi. Tuproqda yetarli namlik bo'lganda ular tez rivojlanadi. O'simlikning rivojlanishida, hosil to'plashida birlamchi (murtak) va ikkilamchi (bo'g'in) ildizlarining ahamiyati katta. Bug'doy, arpada ikkilamchi ildizlar hosil bo'lmaganda hosildorlik 35-40% kamayadi. Murtak ildizlar o'simliklarning butun o'suv davri davomida oziqlanishda ishtirok etadi. Ular bo'g'in ildizlaridan oldin hosil bo'ladi va o'simlik o'suv davri oxirida kuzgi bug'doyda 2,5-3m, makkajo'xori, oq jo'xorida 3-4m chuqurlikka kirib boradi. Ildizlarining asosiy massasi tuproqning 25-30sm haydalma qatlamida joylashgan.

1 2 3

Download 9,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish