Fotosintez. Fototrof organizmlarga xlorofi ll pigmentiga ega organizmlar, yashil o‘simliklar, lishayniklar va ayrim bakteriyalar kiradi. Yashil o‘simliklar hujayrasidagi xloroplastlarda to‘plangan xlorofi ll pigmenti yordamida yorug‘lik energiyasi kimyoviy energiyaga aylanadi. Yorug‘lik energiyasi hisobiga organik birikmalar sintezlanishi fotosintez deyiladi.
Fotosintezning umumiy reaksiyasi 12H 2O + 6СO2 = C 6H12O6 + 6O2 + 6H2O
Suvning fotolizi 12HO = 6O + 24H + 24 ē 2 2
NADF•Н ning hosil bo‘lishi 24NADF + 24H + 24 ē = 24 NADF H
Fotofosforlanish 18ADF + H3PO4= 18ATF
Yorug‘lik reaksiyalari 12H 2O + 24NADF + 18ADF + 18HPO = 3 4 6O + 24NADF H + 18ATF 2
Qorong‘ilik reaksiyalari 6CO2 + 24NADF·H + 18ATF = C 6H12O6 + 24NADF + 18ADF +18H 3PO4 + 6H2O
Xemosintez. Xemosintez hodisasini 1887-yil rus olimi S. N. Vinogradskiy kashf etgan. Xemotrofl ar anorganik moddalardan organik moddalarni sintezlashda, anorganik moddalarning oksidlanish reaksiyalarida hosil bo‘lgan energiyadan foydalanadi. Xemoavtotrof organizmlarning hujayralarida anorganik birikmalar oksidlanishidan hosil bo‘lgan energiya ATFning fosfat bog‘lari energiyasiga aylanadi, ATF organik moddalarning sinteziga sarfl anadi. Xemosintezlovchi bakteriyalarning bir necha turlari ma’lum.
Temir bakteriyalari ikki valentli temirni uch valentli birikmalargacha oksidlab, hosil bo‘lgan energiya hisobiga uglerodning anorganik birikmalaridan organik moddalarni sintezlaydi.
4 FeCO3 + O2+ 6H 2O = 4Fe(OH)3+ 4CO2 + energiya
Nitrifi kator bakteriyalar organik moddalarning chirishidan hosil bo‘lgan ammiakni nitritlarga (HNO2), nitritlarni nitratlargacha (HN03) oksidlab, shu jarayonda hosil bo‘ladigan energiyadan foydalanadi: 2NH3 + 3O2 = 2HNO2 + 2H2O + energiya 2NHO2 + O2 = 2HNO3 + energiya
Azot kislotasi esa tuproqdagi minerallar bilan birikib, o‘simliklar o‘zlashtira oladigan azotli o‘g‘itlar hosil qiladi. Oltingugurt bakteriyalari vodorod sulfi dni molekular oltingugurtga yoki sulfat kislotagacha oksidlab o‘z tanasida oltingugurt to‘playdi. Vodorod sulfi d yetishmaganida bakteriyalar o‘z tanasida to‘planib qolgan oltingugurtni sulfat kislotagacha oksidlashdan ajraladigan energiyadan foydalanadi.
2H2S + O2 → 2H2O + 2S + energiya
Uyga vazifa:Savollarga javob yozish.
1. Plastik reaksiyalar haqida nimalarni bilasiz?
2. Fotosintez jarayonini tushuntiring.
3. Fotosintezning qorong‘ilik bosqichini tushuntiring.
4. Fotosintezning yorug‘lik bosqichini izohlab bering.
5. Xemosintez jarayoni haqida so‘zlab bering.
“Insert” texnikasining qoidasi:
1. Matnni o‘qib chiqing.
2. Olingan ma’lumotlarni diqqat bilan o‘rganib, sohalarga ajrating. Qalam bilan har bir qatorga quyidagi belgilarni qo‘yib chiqing:
V – bilaman;
+ – yangi ma’lumot;
– – bilganlarimga zid;
? – meni o‘ylantirmoqda