ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ОЛИЙ ВА ЎРТА МАХСУС
ТАЪЛИМ ВАЗИРЛИГИ
ТОШКЕНТ МОЛИЯ ИНСТИТУТИ
«ИҚТИСОДИЁТ» КАФЕДРАСИ
«МИКРОИҚТИСОДИЁТ.МАКРОИҚТИСОДИЁТ» фанидан
КУРС ИШИ
Mavzu: Хўжалик субъектларининг фаолиятига таъсир этувчи ташқи омилларга давлатнинг таъсири
Бажарди:_Сиртқи_факултети,_II-курс СММ-50_гурухи талабаси Якубжанов Рустам
Текширди: катта ўқтувчи Файзиев Шавкат
Курс иши тақризга топширилган сана
«____» _______2021 й.
|
|
Курс иши тақриздан қайтарилган сана
«____» _______2021 й.
|
Курс иши химоя қилинган сана
«____» _______2021 й.
Баҳо «_____» _________
|
___________
(имзо)
___________
(имзо)
___________
(имзо)
|
Комиссия аъзолари:
__________________
__________________
__________________
|
Тошкент – 2021
Mavzu: Xo’jalik subektlarining faoliyatiga ta’sir etuvchi tashqi omillarga davlatning ta’siri
Kirish
Asosiy qism.
Davlatning xo‘jalik yurituvchi subektlar moliyasi bilan o‘zaro bog‘liqligi
2. Resurslar bozori
Xo’jalik subektlari faoliyatida soliqlarning roli
4. Xo‘jalik yurituvchi subektlarni isloh qilish
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
2
Kirish.
Davlatning moliyaviy salohiyati bozor iqtisodiyoti subekt-lari va aholining pul daromadlari va jamg‘armalari asosida shakllanib, o‘zaro bog‘langan quyidagi bo‘g‘inlardan tashkil topadi:
respublika va mahalliy byudjetlar, davlat nobyudjet fondlari byudjetlari; davlat kreditlashtirish resurslari; dav-lat (unitar) XYUSlari va davlatning ishtirokidagi XYUSlar mo-liyasi. Davlatning moliyaviy salohiyati tarkibiga asosiy fondlar, tugallanmagan ishlab chiqarish, moddiy aylanma mablag‘lar, uy-ro‘zg‘or mulklari, nomoddiy aktivlar qiymati – inson kapitali kiradigan moddiy kapital ko‘rinishidagi milliy boylik hajmi (o‘lchami)ni kiritish mumkin;
xususiy XYUSlar moliyaviy salohiyati. U aylanmadan tash-qari aktivlar va aylanma aktivlarining yig‘indisidan tashkil topa-di. Bu yerda aylanmadan tashqari aktivlar nomoddiy aktivlar, asosiy vositalar, tugallanmagan ishlab chiqarish, moddiy boyliklarga daro-madli qo‘yilmalar, uzoq muddatli moliyaviy qo‘yilmalar, aylanmadan tashqaridagi boshqa aktivlardan iborat. Shuningdek, bu yerda aylanma aktivlarning tarkibiga zaxiralar, debitorlik qarzlari, qisqa mud-datli moliyaviy qo‘yilmalar, pul mablag‘lari va boshqa aylanma aktiv-lar kiradi. Xo‘jalik yurituvchi subekt (XYUS)larning moliyaviy salohiyati ularning yangi qiymat yaratishdagi qobiliyatiga bog‘liq. Bir xil moliyaviy-iqtisodiy qudratga yega bo‘lgan XYUSlar bir-biridan tubdan farq qiluvchi moliyaviy natijalarga yerishishi mumkin. Bu mol-mulkdan, ishlab chiqarish-texnologik jarayonlar va kadrlarni boshqarish samaradorligiga, menejment malakasiga, tadbirkorlik-ning natijaliligiga, moliyaviy resurslar va tashqi qarzlardan oqilona foydalanishga bog‘liq bo‘ladi;
bank-kredit tizimining moliyaviy salohiyati – kredit re-surslariga bo‘lgan iqtisodiyotning yehtiyojlarini qondirish bo‘yicha kredit tashkilotlari aktivlari va real imkoniyatlarining yig‘indisi. Juda ko‘pchilik mamlakatlarning bank-kredit tizimi hozirgi paytda kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonini kredit resurslari bilan ta’minlash imkoniyatiga yega yemas. XYUS-larga taqdim yetilayotgan kredit resurslari, asosan, qisqa muddatli xarakterga yega. Asosiy kapitalni shakllantirishdagi kreditlar-ning salmog‘i iqtisodiyot samaradorligining o‘sishi uchun yetarli yemas;
sug‘urta fondlarining moliyaviy salohiyati. Bu salohiyat tadbirkorlik risklarini pasaytiradigan va jamg‘armalar hamda investitsiyalar o‘sishini ta’minlaydigan pul sug‘urta resurslarini shakllantirish bo‘yicha sug‘urtaviy moliyaviy-iqtisodiy imkoniyat-lar yig‘indisining amalga oshirilishi orqali namoyon bo‘ladi;
uy xo‘jaliklarining moliyaviy salohiyati. Bu salohiyat ular-ning jami daromadlari, soliq, renta va foiz to‘lovlari, inves-titsion talabning o‘sishiga iste’mol va jamg‘arishning ta’siri orqa-li ifodalanadi.
Hozirgi paytda juda ko‘p mamlakatlarda aholining jamg‘ar-malari, XYUS va tashkilotlarning jamg‘armalari singari kengay-tirilgan takror ishlab chiqarish maqsadlari uchun to‘liq foydala-nilmayapti.
Mamlakat moliyaviy va investitsion tizimining asosini iqtisodiyot real sektori moliyasi tashkil yetadi. Moddiy boylik ishlab chiqarish sohasida ishlab chiqarish samaradorligiga katta ta’sir ko‘rsatuvchi moliyaviy munosabatlar shakllanadi.
XYUSlarning moliyaviy resurslari ular tomonidan olinadi-gan pul daromadlari va ishlab chiqarish resurslari iqtisodiy doiraviy aylanishi samaradorligining o‘sishiga xizmat qiladigan, kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni moliyalashtirish jarayo-nini amalga oshirishga yordam beradigan va ularning ixtiyorida bo‘lgan qarz mablag‘lari asosida tashkil topadi.
Hozirgi vaqtda kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirishda XYUS o‘z mablag‘larining (sof foyda va amortizatsiya) salmog‘i mu-him ahamiyatga yega. Bunda amortizatsiya ajratmalarini shakllan-tirish va ulardan samarali foydalanish alohida o‘rin tutadi.
YAIM va MDni qayta (ikkilamchi) taqsimlash davlat va XYUS-lar o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlar doirasida sodir bo‘ladi. Ana shu darajada XYUSlar va aholining birlamchi daromadlari bir qismini to‘g‘ri (bevosita) va yegri (bilvosita) soliqli undi-rish yo‘li bilan, shuningdek, davlat kreditlashtirishi hisobidan mamlakatning davlat moliyasi tashkil topadi (shakllanadi).
XYUSlar pul resurslarini, uy xo‘jaliklari daromadlarini ikkilamchi qayta taqsimlash kredit-bank sohasi va sug‘urta tizimi orqali ham amalga oshiriladi. Bular depozitli, vekselli, pulli va banklarning boshqa jamg‘arma operatsiyalari, ular tomonidan yuridik shaxslar va aholiga uzoq, o‘rta va qisqa muddatli kreditlar va ssudalar berish, turli risklarni sug‘urta qilish shakllarida sodir bo‘ladi.
Ko‘p darajali byudjet tizimi va nobyudjet fondlar faoliya-tidagi qayta taqsimlash jarayonlarini takomillashtirish moliya-viy salohiyatni yanada kuchaytirish va davlat moliyaviy resurslari o‘sishining quyidagi yo‘nalishlari bilan uzviy bog‘langan:
byudjet-soliq sohasidagi daromadlarni qayta taqsimlash-ning samaradorligini oshirish. Bu narsa davlat tomonidan ta’sir-chan fiskal siyosatni hayotga tatbiq yetish bilan bog‘liqki, bu siyo-sat, o‘z navbatida, ishlab chiqarishning o‘sishi va XYUSlarning investitsiyalarga yo‘naltiriladigan moliyaviy resurslarining o‘si-shi rag‘batlantirilishini ko‘zda tutmog‘i kerak;
bank-kredit sektori orqali pul resurslarining qayta taq-simlanishini optimallashtirish. Buning yeng asosiy iqtisodiy instrumentlari va mexanizmlari quyidagilar hisoblanishi mum-kin: kredit siyosati; uzoq, o‘rta va qisqa muddatli kreditlar hajm-larining nisbati; Markaziy bankning hisob stavkasi; ssuda va depozit foizlarining stavkasi; qimmatli qog‘ozlar bozori. Iqti-sodiyotda bu instrument va mexanizmlardan foydalangan holda davlat tomonidan ma’lum bir maqsadga yo‘naltirilgan tarzda tartibga solish davlat, XYUSlarning investitsion imkoniyatlari chegaralarini kengaytiradi, aholining pulli jamg‘armalarini in-vestitsiyalarga jalb qiladi;
yangi samarali iqtisodiyotni – intellektual infrastruk-turaning yuqori sur’atlarda rivojlanishi farqlanuvchi belgisi bo‘lgan bilimlar iqtisodiyotini shakllantiradigan XYUSlarning ildam rivojlanishi. Mamlakat raqobatbardosh iqtisodiyotining yadrosini yuqori qo‘shilgan qiymat va yuqori darajada qayta ish-lanadigan mahsulotlar ishlab chiqaradigan yangi tarmoqlar tashkil yetmog‘i lozim. Iqtisodiyot tarkibiy tuzilishida xom ashyo-yenergiya sektorining hukmronlik qilishi, yoqilg‘i-yenergetika kompleksi-ning sanoat ishlab chiqarishida, konsolidatsiyalashtirilgan va res-publika byudjeti daromadlarida, yeksportda va valyuta tushum-larida nisbatan katta salmoqning yegallashi iqtisodiyotning shu tomonga deformatsiyalashganligidan dalolat beradi. Milliy xo‘ja-likning bunday tarkibiy nomuvofiqligi iqtisodiyotni qoloqlik sari yetaklaydi, uni modernizatsiya qilish vazifalarini murakkab-lashtiradi. Shu munosabat bilan xom ashyo tarmoqlaridan yuqori texnologiyali ishlab chiqarishga kapitalning oqib o‘tishini ta’-minlovchi samarali mexanizmlarni ishlab chiqish muammosi dol-zarblik kasb yetib, bu narsa oxir-oqibatda, davlatning moliyaviy salohiyatini yuqori darajaga ko‘taradi.
XYUSlar moliyaviy salohiyatining darajasi ularning sa-marali investitsion-tadbirkorlik faolligiga bog‘liq. Zamonaviy o‘zgaruvchan (dinamik) iqtisodiy muhit xorijiy kapitalni qo‘shgan holda o‘z va jalb qilingan investitsion manbalar asosida ishlab chiqarishni doimiy ravishda ilmiy-texnikaviy jihatdan yangilash-ni va rivojlantirishni talab qiladi.
Hozirgi paytda ishlab chiqarish kompaniyalarining moliyaviy barqarorligi va raqobatbardoshligini ta’minlashning o‘ziga xos omili ularning yirik tadbirkorlik tizimlariga (moliya-sanoat guruhlari, konsernlar, konglomeratlar, xoldinglar, konsorsium-lar va boshqalar) birlashishi hisoblanadi. Bank va sanoat kapita-lining real qo‘shilishi va ta’sirchan moliyaviy kapitalning shakl-lanishi sodir bo‘lmoqda. Bularning natijasida ishlab chiqarish masshtablarining o‘sishidan vujudga kelgan samara, iqtisodiyot tarkibiy tuzilmalarining o‘zaro ta’sirchanligi va investitsiyalar-ning o‘sishidan olingan sinergetik samara kompaniyalarga yirik masshtabli moliyaviy vazifalarni yechishga imkon bermoqda.
Har qanday tovarlami ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish uchun firmalar o ‘zlari uchun zarur boigan iqtisodiy resurslarni topishlari lozim. Resurslarning egalari — uy xo'jaliklari hisoblanadi (households). Resurslar bozorida uy xo'jaliklari sotuvchi bo'lib, firmalar esa, xaridor bo'lib paydo bo'ladi. Tayyor mahsulot bozorida aksincha, firmalar taklif etuvchi, sotuvchi bo‘lsa, uy xo'jaliklari esa xaridor, iste’molchi bo‘lib yuzaga chiqadi. Resurslar bozori va tovarlar bozorining bog'liqligini R.Makkonnell va L.Bryu ta’limotiga asosan 42-chizmada ko'rinadi.
Chizmada resurslar bozorida firma ishlab chiqarish omillari haqini to ‘lab tovarlar ishlab chiqaradi va xizm at ishlarini bajaradi. Bu korxonaning asosiy vazifasidir.
Resurslar bozorini o‘rganishda markaziy masalalardan biri ishlab chiqarish omillari bahosining shakllanishi. Buning zaruriyati va ahamiyati quyidagi shart-sharoitlar bilan belgilanadi:
— resurslar bahosi — ularning egalari daromadiga ta’sir etuvchi asosiy omildir (ish haqi, foiz, renta to‘lovi, tadbirkor foydasi);
— resurslar bahosi tarmoqlar va firmalar o'rtasida qanday taqsimlash kerakligini belgilaydi;
— resurslar bahosiga qarab uni iste’mol qiluvchi firmalar xarajati shakllanadi;
— resurslar bahosiga qarab jamiyat boyligi (daromad) yollangan hodimlar, yer egalari, kapital egalari (sarmoyadorlar), tadbirkorlar o'rtasida taqsim etiladi.
Jamiyatning xususiy va ijtimoiy talablarini qondirish uchun uy xo'jaliklari va davlat tashkilotlariga katta miqdorda tovarlar, xizmatlar kelib tushadi. Korxonani mehnat kapital tadbirkorlik qobiliyati kabi iqtisodiy resurslarga kelgan to'lovlari ishlab chiqarish xarajatlari (yoki mahsulot tannarxi) hisoblanadi. Lekin bir vaqtning o ‘zida ish haqi foizi va uy xo‘jaligidagi foydani tashkil qilgan shu to'lovlar resurslar xaid qilish uchun sarflanadi. Uy xo'jaliklari pul daromadlarini sarf qilish jarayonida zarur bo'lgan tovar va xizmatlarga o'zlarining talablarini ifoda etgan bo'ladi. Korxonaning bu xizmatlari va takliflari o‘zoro ta’siri mahsulot va xizmatlar bahosini belgilaydi.
Korxona nuqtai nazaridan tovarlar va xizmatlarga bo'lgan is’temol xarajatlari uni shu tovarlar va xizmatlami sotishdan tushgan daromadlami tashkil etadi. Shuni bilish kerakki uy xo'jaligi va korxona ikki bozorda qatnashadi:
— resurslar bozorida;
— mahsulot bozorida.Lekin har doim ular qarama-qarshi tomonda turadilar. Resurslar bozorida korxona xaridor sifatida paydo bo'ladi, uy xo'jaliklari esa resurs egasi sifatida taklif etuvchi bo'lib paydo bo'ladi.Mahsulot bozorida ular o'rin almashadi: Uy xo'jaligi is’temolchi bo'lib, korxona esa taklif etuvchi bo'lib qoladi. Chizmadan ko'rinadiki, barcha xo'jalik subyektlari bitta bozorda ishtirok etadi. Lekin ularni «Korxona-davlat tashkilotlari» bo'lgan holatidagi bog'liqligi har xildir.Xo‘jalik faoliyatining barcha subyektlari jamiyat iqtisodiy mexanizmining bir butun qismini tashkil etadi. Bozordagi ayirboshlash jarayoni faqat mahsulot ishlab chiqarilganda va xizmatlar ko‘rsatilgandagina sodir bo‘ladi. Bunday ne’matlar esa faqat mikrodarajada dastlabki ishlab chiqarish bo‘g‘inlarida yaratiladi. Shuning uchun bozorni shakllanishida, talabni qondirilishida korxonalarni yaratish va rivojlantirishning iqtisodiy ahamiyati nixoyatda yuqori. Mahsulot ishlab chiqarish uchun har bir korxonada resurslar o'zoro bog'lanishi, bir-biriga ta’sir etishi, ya’ni ishlab chiqarishini tashkil etish lozim. Bunda har qanday sharoitda resurslar cheklangan bo'ladi. Shuning uchun korxonalar o'zlarining iqtisodiy xususiyatlariga qarab, turlicha faoliyat natijalariga ega bo'ladi.
1. Maksimal - berilgan (mavjud) resurslar hisobiga eng ko'p maxsulot ishlab chiqarishiga erishish zarur.
2. Minimal - ma’lum hajmdagi mahsulotni eng kam ishlab chiqarish resurslari hisobiga ta’minlash.
3. Optimal - xarajat va natijalar ma’lum (foydali) nisbatida bo'ladi.Ko'rinib turibdiki, resurslar bahosi firmalaming bozordagi xatti-harakatini belgilashda muhim rol o'ynaydi.
Firma qachon resurslarni ko‘p xarid qiladi? Qo'shimcha birlik resurslar (MRP) dan keladigan daromad ulardan foydalanish xarajatlaridan yuqori bo'lishini ta’minlasa (M RC), firma resurslarni ko'proq xarid qiladi. Shunda MRP>MRC va MRP chizig'i MRC dan tepada turadi.
Agar MRP < MRC bo'lsa, qo'shimcha omillardan foydalanish xarajatlari daromadga nisbatan ko'proq kamayadi.Firma foydasini maksimal darajada bo‘Iishining asosiy sharti — resurslarni pirovard unumdorligining pirovard xarajatlarga teng kelishidadir: MRP=MRC.Bu fikrlar firmaning mahsulot sotishdagi muvozanati shartiga ancha o‘xshash keladi: MR=MC. Lekin unda mahsulotni sotish to'g'risida, bu yerda resurslar xarajati to‘g‘risida gap boradi.Tayyor mahsulot bozori raqobatlimi yoki monopol holatdami, undan qat’iy nazar firmaning ishlab chiqarish omillari bozoridagi muvozanatining bu oltin qoidasi: MRP=MRC — har qanday ishlab chiqarish omillari bozori uchun bor bo‘lgan haqiqatni o‘zginasi.Raqobatdagi va monopol sharoitdagi firma uchun tayyor mahsulot bozorida amal qilayotgan resurslarning pirovard unumdorligi boshqacha.
Tayyor mahsulot va xizmatlarning takomillashgan raqobat bozorida firma o'z mahsulotining hammasini o‘sha bir xil bozor bahosida sotadi. Agar firma resurs birligining miqdorini oshirsa, resurslarning pirovard unumdorligi, ya’ni shuning hisobicha olinadigan pirovard mahsulot hajmi kamayadi. Chunki resurslar unumdorligining kamayib borish qonuni amal qiladi. Resurslarning pirovard unumdorligi MRPc=MP x MR, bunda MR=P, shuning uchun MRPc=MP x P.Agar tayyor mahsulot bozorida firma yakka hokim bo'lsa, u o ‘z mahsulotini bozordagi baho pasaygandagina ko‘proq sotishi mumldn. U holda firmaning pirovard daromadi har doim baho darajasidan kam bo‘ladi: (MR
Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida davlat tomonidan boshqarishni to‘g‘ri tashkil etish va oqilona soliq siyosatini yuritish orqali soliq tushumlarini ko'paytirish, xo'jalik subyektlariga nisbatan soliq yukini pasaytirish imkoniyatlarini ko'rib chiqamiz. Biz iqtisodiyotni yuksaltirishning hamda soliq tushumlarini ko'paytirishning asosiy yo'li — bu ishlab chiqarishni rivojlantirishda degan fikrni asos qilib olgan holda, shu sohaga salmoqli darajada soliq imtiyozlari taqdim etish va soliq yukini kamaytirish tarafdorimiz. Ammo aynan qanday ishlab chiqarishni rivojlantirishdan boshlash kerak degan savolga javob berish zarur. Jahon iqtisodiy amaliyot tajribasiga ko'ra iqtisodiyotni industrilashtirishni ikki xil yo'l bilan amalga oshirish mumkin:
— katta kapitalni investitsiya qilishni talab etuvchi ishlab chiqarishni (po'lat quyish, mashinasozlik, avtom obilsozlik, samolyotsozlik) rivojlantirish;
— mahalliy resurslardan foydalanishga asoslangan hamda mehnat sig'imi yuqori bo'lgan ishlab chiqarishni rivojlantirish.
Bunday ishlab chiqarish asosan o'rta va kichik korxonalar zimmasiga yuklatiladi.Ikkinchi yo'l rivojlanayotgan davlatlar, shu jum ladan, respublikamiz iqtisodiyoti uchun qulaydir. Chunki bunday davlatlar uchun arzon ishchi kuchining ko'pligi va kapitalning ozligi xosdir. Soliq tushumlarini ko'paytirish, aholi asosiy qismining moddiy turmushini yaxshilash, o'rta va kichik biznesni rivojlantirish, chet el valutasiga bo'lgan ehtiyojni kamaytirish nuqtai nazaridan ham olib qaraydigan bo'lsak, ikkinchi yo'l m a’quldir.
Soliq siyosatini yuritishdagi eng asosiy muammolardan biri - bu soliqlarning fiskalligi juda yuqoriligidadir. Soliq fiskalligini pasaytirishyo'llaridan biri esa davlat xarajatlarini pasaytirishdir, davlat budjeti
miqdori. Bunday xarajatlar respublikamizda YAIMga nisbatan 40,l%ni tashkil etadi. Dunyo miqyosida olib qaraydigan bo‘lsak, bu nisbatan katta ko'rsatkich hisoblanadi. Davlatning iqtisodga aralashuv xarajatlarini ham qisqartirish lozim. Chunki soliq yukini oshiruvchi, milliy ishlab chiqarishni rag‘batlantirish uchun soliq imtiyozlarining qo‘llanishiga to‘siq bo‘luvchi omillardan biri davlatning iqtisodiyotni tartibga solish maqsadida ishlab chiqilgan ayrim investitsiya (shu jumladan noishlab chiqarish investitsiyalarining) dasturlarining iqtisodiy rivojlanishning hozirgi davri uchun eng muhim emasligi oqibatida moliyaviy resurslarning samarasiz ishlatilishidir. Bundan tashqari, butun dunyoda davlat eng sam arasiz investor deb tan olingan. Bizning davlat ham bundan mustasno emas. Respublikamizda ham davlat investitsiyalari asosan yuqorida ko'rsatilgan kapital sig'imi yuqori bo'lgan sohalarga sarflanmoqda. Bu esa ularning daromadliligini chegaralaydi, binobarin, davlatning yordamisiz ularning kelajagiga ishonch yo'q. Davlat subsidiyalari esa soliq yukini oshiradi va davlatning valuta zaxiralarini kamaytiradi. Xo'sh, bu sohalarning iqtisodiy samarasi, iqtisodiyot va jamiyat uchun iqtisodiy ahamiyati bunday xarajat uchun arziydimi. Bizningcha, bu savolga ijobiy javob
berish mumkin emas. Industrlashtirish samarali bo'lishi uchun, u avvalo, milliy xomashyo bazasida rivojlanishi, daromadliligi yuqori bo'lishi, ishsizlikni kam aytirishi, aholining moddiy farovonligini oshirishga xizmat qilishi lozimdir.
Soliq yukining oshish va valuta zaxiralarining kamayish sabablaridan yana biri xalqaro kreditlardan foydalanish va ularning asosan davlat korxonalari (yoki aksiyalarning kontrol paketi davlatning qo‘Iida bo'lgan korxonalar) orqali mazkur kapital sig'im i yuqori bo'lgan tarmoqlarga berilishidir. Chunki xorijiy kreditlar kelajakda davlatning tashqi qarzlarini ko'paytiradi. Bu qarzlar iqtisodiyotga zarar keltirmasligi uchun ularni investitsiya qilishdan olingan daromad foiz stavkasidan yuqori bo'lishi lozim. Ammo ko'p hollarda bunday natijaga erishish murakkablashmoqda.
Soliq siyosatini yuritishdagi muammolardan yana biri xorijiy va milliy investorlarga bir xil soliq sharoitining yaratilmayotganidadir. Respublikamizda xorijiy investorlar va milliy investorlarga bir soliq imtiyozlari taqdim etilishi, shuningdek, boshqa iqtisodiy imkoniyat, shart-sharoit ham yaratilishi lozimdir. Chunki soliq qonunchiligiga asosan, ular O'zbekiston to'lamagan soliqlarini, o'z davlatida soliqqa tortiladigan daromadlar o'rtasidagifarq sifatida to'laydilar. Biz o ‘zim izning mamlakatda olib qolish mumkin bo'lgan daromadni, boshqa mamlakatga borib to'lashga imkoniyat beramiz. Hozirgi paytda ularni jalb qiluvchi asosiy omillar valuta konvertatsiyasining ochilishidir. Bundan tashqari, hozirgi bosqichda respublikamizda davlatning vazifasi xorijiy investitsiyalarni jalb qilish maqsadida makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash uchun quyidagilarni amalga oshirishdir:
— erkin savdo tartibini joriy etish;
— joriy schyotlar bo'yicha valuta konvertatsiyasidan foydalanishni erkinlashtirish va uni murakkablashtirmaslik;
— davlat monopoliyasini qisqartirish;
— narxlarning asosiy qismini boshqarishni chegaralash va ularni talab va taklifdan kelib chiqishini ta’minlash;
— soliq tizimini soddalashtirish va yuqori darajada aniq tushunarli bo'lishini ta’minlash; soliq imtiyozlaridan samarali foydalanish; soliq yukini ishlab chiqarishga nisbatan real pasaytirish;
— obyektiv, neytral qonunchilik tizimini yaratish.
Bular davlat kafolati orqali emas, bevosita xorijiy investitsiya- larining kelishini ta’minlaydi. Ular bizda taqchil bo'lgan kapital va texnologiya olib kiradilar.
Respublikamizda davlat soliq siyosatiga xos xususiyatlardan biri shundaki, qo'shimcha soliqlar va yuqoriroq stavkalar o'matish orqali budjetga qo'shim cha daromadlar keltirish maqsad qilib qo'yiladi. Ammo bunda soliq tushumlarini kutilgan darajada ko'paytirib bo'lmaydi, ya’ni soliqlarning fiskalli samaradorligi pasayib boradi. Bir soliqning joriy etilishi boshqalarining bazasiga, binobarin tushumiga ta ’sir etadi. M asalan, resurs soliqlarining ko'tarilishi foyda solig'i bazasini kamaytiradi, egri soliqlar xo'jalik subyektlarida foydalilik darajasini pasaytiradi va hokazo. Soliqlarni cheksiz ko‘paytirish mumkin emas. Xo'jalik subyektlaridan undirish mumkin bo'lgan soliqlarning
maksimal chegarasini qonuniy o'rnatib qo'yish lozim.Respublikamizda oxirgi yillarda foyda solig'ining kamayishi kuza-
tiJmoqda. Foyda solig'i tushumlari mamlakatda ishlab chiqarish holatini aks ettiradi. Demak, iqtisodiyotimizning hozirgi davri uchun soliq tushumlarini ko‘paytirishning eng real yo‘li faqat soliq to‘lovchilar sonini ko‘paytirish, ularning daromadga ega boMishiga imkoniyat yaratishdir. Chunki soliq tushumlari, eng awalo, ishlab chiqarish va tovar aylanishining o'sishiga bog'liq. Bunda faqat aholi turmush darajasiga va xarid qobiliyatiga salbiy ta ’sir ko'rsatuvchi egri soliqlar emas, balki foyda solig'ining ko'payishiga imkoniyat yaratiladi.
XYUSlarning faoliyatida sifat o‘zgarishlarni amalga oshirmasdan turib bozor iqtisodiyotini rivojlantirish mumkin yemas. Ularni isloh qilish jarayonining mazmuni bozor munosabat-lari rivojlanishining qonuniyatlaridan kelib chiqadiki, ularda birlamchi bo‘g‘in (XYUSlar) ga alohida o‘rin berilishi kerak. Bozor iqtisodiyotidagi o‘zaro aloqalarning umumiy modeli quyidagi chizmada keltirilgan (1-chizma):
Bozor iqtisodiyoti sharoitida XYUSlar xaridor va sotuvchi sifatida maydonga chiqib, tovarlar va xizmatlar bozorida o‘zgaruv-chan talab va taklif asosida raqobat muhitida aniqlanadigan baho orqali o‘zaro ta’sir (aloqa)da bo‘ladi. Baholarning yig‘indisi tushumning o‘lchamini belgilab (aniqlab) berganligi uchun XYUS (firma, korporatsiya va h.k.)larning moliyaviy ahvoli bilan ular-ning bozordagi faolligi, ular faoliyatida taraqqiyotning bozor omillari o‘zgarishi (dinamikasi)ni har tomonlama hisobga olish o‘rtasida to‘g‘ri bog‘lanish mavjud. Bu omillarni hisobga olish XYUSlar, firmalar va korporatsiyalar faoliyatining butun falsa-fasini prinsipial jihatdan o‘zgartirishni talab qiladi. XYUS-larni bozor sharoitlariga moslashtirish bo‘yicha asoslangan chora-lar tizimini ishlab chiqish va ularni amalga oshirish, XYUSlarni bozor iqtisodiyotining mustaqil (to‘laqonli) subektiga aylanti-rish ularni moliyaviy isloh qilishning asosiy mazmunini tashkil yetadi.
Bozor iqtisodiyoti sari yuz tutilganligiga 15 yildan ko‘proq vaqt bo‘lganligiga qaramasdan hamon mamlakatimiz XYUSlarining ma’lum bir qismi dinamik rivojlanayotgan bozor munosabatlariga moslashayotganligi yo‘q. Ayrim yekspertlarning bahosiga ko‘ra, sa-noat XYUSlarining ¼ qisminigina bozor iqtisodiyotining to‘la-qonli subektlari safiga kiritish mumkin.
Yangi sharoit munosabati bilan XYUSlarni moliyaviy isloh qilishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
faoliyatni bozor talablariga yo‘naltirish va yeng yangi tex-nologiyalarga investitsiyalar asosida innovatsion jarayonlarni rivojlantirish yo‘li bilan mahsulotlar va xizmatlar raqobatbar-doshligini ta’minlash;
XYUS kapitalini shakllantirish va boshqarish samarador-ligini oshirish;
XYUS rivojlanishini moliyaviy jihatdan ta’minlash va uning moliyaviy barqarorligini oshirish rezervlarini qidirib topish va jalb qilish;
ishlab chiqarishning barcha omillaridan samarali foydala-nish va mahsulot birligiga to‘g‘ri keluvchi xarajatlarni kamayti-rish asosida ularning daromadlarini o‘stirish yo‘li bilan XYUS-larning investitsion jozibadorligini oshirish;
aktivlarni restrukturizatsiya qilish va bozor konyunktu-rasini bashoratlash, tovarlar va xizmatlarning to‘lovga layoqatli talabi va taklifi asosida XYUS faoliyatini diversifikatsiyalash.
XYUSlar, firmalar va korporatsiyalarni moliyaviy isloh qilishda kapitalizatsiya jarayoni, ya’ni mavjud salohiyat (aktiv-lar)dan yeng yaxshi foydalanish hisobidan kompaniyaning qiymatini oshirish va shu asosda kapitallashtirishning asosiy manbaini – kapitalni o‘stirishga yo‘naltiriladigan sof foydani o‘stirish alohida o‘rin yegallaydi. Sof foydani kapitallashtirish koyeffi-siyenti aktiv (kapital)ni oshirishga yo‘naltirilgan sof foyda qismining XYUS sof foydasi umumiy hajmiga nisbati bilan aniqlanadi. Uni formula shaklida quyidagicha aks yettirish mumkin:
Kk = (SFkq : SFuh),
bu yerda: Kk – sof foydani kapitallashtirish
koyeffitsiyenti;
SFkq – aktivlar (kapital)ni oshirishga
yo‘naltirilgan sof foydaning qismi;
SFuh – XYUS sof foydasining umumiy hajmi.
Kapitallashtirish jarayoni investitsion-innovatsiya strate-giyasini amalga oshirish asosida faqat aktivlar hajmini oshi-rishni yemas, balki ularning yanada samaraliroq foydalanilishini ko‘zda tutganligi bilan ham muhimdir. Uni quyidagi tartibda aniqlasa bo‘ladi:
Ka = (Kо‘ : Ao),
bu yerda: Ka – aktivlarni kapitallashtirish koyeffitsiyenti;
Kо‘ – tahlil davrida o‘z kapitalining o‘sishi;
Ao – tahlil davri oxiridagi aktivlar.
Kapitallashtirish jarayoni ishlab chiqarishda ilmiy yutuq-larning moddiylashganligini aks yettiruvchi ilg‘or innovatsion ishlab chiqarish vositalari va texnologiyalariga qo‘yiladigan ka-pital shaklning intellektuallashtirishga asoslanishi kerak.
O‘zlarining faoliyatlariga yangi sifat talablarini ilgari surayotgan samarali bozor o‘zaro aloqalarining tizimiga nisbatan tezroq kirish uchun XYUSlar tomonidan moliyaviy isloh qilish-ning asoslangan dasturini ishlab chiqilishi maqsadga muvofiq. Bunda butun xo‘jalik-ishlab chiqarish faoliyatining natijasi si-fatida yuqori yakuniy moliyaviy ko‘rsatkichlarga yerishishga alohida o‘rin ajratilmog‘i lozim. Bir vaqtning o‘zida bunday dastur bozor omillari va iqtisodiy o‘sish shart-sharoitlaridan foydalanish, shuningdek, innovatsion taraqqiyotning zamonaviy tendensiyalari-ni amalga oshirish asosida XYUS faoliyatining samaradorligini oshirish bo‘yicha choralar tizimini o‘z ichiga qamrab oladi.
Moliyaviy isloh qilish dasturi quyidagilarni ko‘zda tutadi:
XYUSning tashkiliy va mulkiy holatini o‘zgartirish (yuqo-ri samarali tashkiliy shakl, kapitalning tarkibiy tuzilishini o‘zgartirish va uni samaradorlikni oshirish maqsadlari uchun joy-lashtirish, yuqori talabga yega bo‘lgan mahsulotni ishlab chiqarish-ni rivojlantirish va h.k.);
ishlab chiqarishning investitsion-texnologik bazani o‘zgar-tirish (asosiy fondlar va aylanma mablag‘larning tarkibiy tuzi-lishi, texnologik yangiliklarni joriy yetish, ishlab chiqariladigan mahsulotlarni yangilash va h.k.);
ishlab chiqarish-xo‘jalik faoliyatining yuqori yakuniy natijalariga – XYUSning ixtiyoriga qoldiriladigan sof foydaga yerishish, kompaniyaning qiymatini o‘stirish va xarajatlarni qis-qartirishning tashkiliy negizi bo‘lgan asoslangan biznes-rejani ishlab chiqish;
XYUSning asoslangan marketing va baho strategiyasini ish-lab chiqish;
XYUSning moliyaviy strategiyasini uning ishlab chiqarish-marketing siyosati bilan o‘zaro ta’sirchanligi (bog‘liqligi)ni asoslash.
Yuqoridagilarning barchasi moliyaviy munosabatlarni tegish-li tarzda qayta qurishni, XYUSni boshqarishda moliyaviy oqimlar-ning rolini oshirishni; tushum, xarajatlar, foyda, soliqqa tortish norma (meyor)lari, sof foyda, umumiy va o‘zlik kapitali-ning hajmi va manbalaridan iborat bo‘lgan moliyaviy indikator-larning o‘zgarishini monitoring qilish orqali moliyaviy boshqa-ruvning yaxlit samarali tizimi shakllantirilishini talab qiladi. Bu ishlar, o‘z navbatida, quyidagi shartlar asosida amalga oshiri-lishi mumkin:
XYUS xo‘jalik-ishlab chiqarish faoliyatiga oid moliyaviy oqimlarning o‘zaro aloqadorligini kuchaytirish va ularda ishlab chiqarish omillari – moddiy, mehnat, informatsion va boshqa resurslarning tegishli harakatlarini yanada to‘laroq aks yettirish;
boshqaruv qarorlari qabul qilishda, XYUS moliyaviy re-surslari o‘sishining rezervlarini to‘liq qidirib topish va amalga oshirishda uning moliyaviy-analitik xizmatlari rolini oshirish;
XYUS faoliyatini moliyaviy resurslar bilan yanada to‘liq-roq ta’minlash uchun o‘z bilimlarini sarf yetayotgan moliyaviy me-nejment malakasi darajasini oshirish;
XYUS moliyaviy-xo‘jalik faoliyati to‘g‘risida xalqaro an-dozalarga muvofiq ravishda ma’lumotlar olish, XYUSlar, firma-lar va korporatsiyalar faoliyatida yuqori darajadagi barqarorlik-ni ta’minlash uchun moliyaviy hisobotning xalqaro andozalariga o‘tish.
Фойдаланилган адабиѐтлар рўйхати.
Ўзбекистон Республикаси Конституцияси.- Т.: Ўзбекистон,
2010. – 121 б.
2. Ўзбекистон Республикаси Президентининг ”Бозор
ислоҳотларини чуқурлаштириш ва иқтисодиѐтни янада эркинлаштириш соҳасидаги устувор йўналишлар амалга оширилишини жадаллаштириш чора-тадбирлари тўғрисидаги” Фармони// Халқ сўзи, 2005 , 15 июн.
Асосий вазифамиз – Ватанимиз тараққиѐти ва халқимиз фаровонлиги янада юксалтиришдир/И.А.Каримов. – Тошкент: «Ўзбекистон», 2010. – 34-50 б.
И.А.КаримовЖаҳонмолиявий-иқтисодийинқирози,
Ўзбекистон шароитида уни бартараф этишнинг йўллари ва чоралари/-Т.: Ўзбекистон, 2009.-56 б.
Шодмонов Ш.Ш., Ғафуров У.В. Иқтисодиѐт назарияси
(дарслик). – T., «Иқтисод-молия» нашриѐти, 2010 – 726 б
Shodmonov Sh.Sh., G’afurov U.V. Iqtisodiyot nazariyasi
(darslik). – T., «Iqtisod-moliya» nashriyoti, 2010. – 646 b.
Ўлмасов А., Ваҳобов А.В. Иқтисодиѐт назарияси: Дарслик. –
Т.: «Шарқ» нашриѐт-матбаа акциядорлик компанияси Бош таҳририяти, 2006. – 480 б.
Раззоқов А., Тошматов Ш., Ўрмонов Н. Иқтисодий таълимотлар тарихи. Дарслик (лотин ёзувида). - Т. “Иқтисод-
молия”, 2007. –320 б.
Т.Мирзамахмудов, М.Хўжахонов. Иқтьисодиѐт назарияси.
Маърузалар матни. Наманган НамМПИ, 2011. -246 б.
www.stat.uz – Ўзбекистон Республикаси Давлат статистика қўмитасининг расмий сайти.
www.uza.uz – Ўзбекистон Республикаси Миллий Ахборот Агентлиги расмий сайти.
www.ceep.uz – Ўзбекистон Республикаси Иқтисодиѐт вазирлиги ҳузуридаги Самарали иқтисодий сиѐсат маркази расмий сайти.
26
Do'stlaringiz bilan baham: |