Таълим вазирлиги тошкент молия институти «ИҚтисодиёт» кафедраси


Tashqi iqtisodiy faoliyatning ma’zmuni



Download 0,72 Mb.
bet3/8
Sana06.07.2022
Hajmi0,72 Mb.
#747773
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Kurs ishi St-50 (Boqijonov Abdumalik)

1.Tashqi iqtisodiy faoliyatning ma’zmuni.
Tashqi iqtisodiy faoliyat (TIF) - bu chet el davlatlari bilan savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy hamkorlik, pul-kredit, moliyaviy va kredit munosabatlari usullari va vositalaridir. Tashqi iqtisodiy faoliyatning eng muhim qismi bu xalqaro tovarlar, ishlar, xizmatlar, ma'lumotlar va intellektual faoliyat natijalari sohasidagi tadbirkorlik faoliyati sifatida belgilangan tashqi savdo.
“Tashqi iqtisodiy faoliyat deganda O‘zbekiston Respublikasi yuridik va jismoniy shaxslarining xorijiy davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslari, shuningdek xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro foydali iqtisodiy aloqalarni o‘rnatish va rivojlantirishga qaratilgan faoliyati tushuniladi.
O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatga olingan yuridik shaxslar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining hududida doimiy yashash joyiga ega bo‘lgan va yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatga olingan jismoniy shaxslar tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanishga haqlidir.
O‘zbekiston Respublikasining davlat organlari, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishlari mumkin.”1
Tashqi iqtisodiy faoliyat ishlab chiqarish tuzilmalari (firmalar, tashkilotlar, korxonalar va boshqalar) darajasida, tashqi sherikni tanlashda, eksport-import operatsiyalari uchun tovarlar turini tanlashda, shartnomaning narxini va qiymatini, hajmini va yetkazib berish muddatini belgilashda va ularni ishlab chiqarish hisoblanib, mahalliy va xorijiy sheriklar bilan tijorat faoliyatidir. Shunday qilib, tashqi iqtisodiy faoliyat - bu ishlab chiqarish, xo'jalik, tashkiliy, iqtisodiy va tijorat funktsiyalarining kombinatsiyasi.
Tashqi iqtisodiy faoliyatda eksport, import, reeksport va kontragent operatsiyalarni ajratib turadi.
Eksport - bu mamlakatning bojxona hududidan tovarlarni qaytadan import qilish majburiyatisiz va chet elliklar tomonidan intellektual mulk natijalariga xizmat va huquqlarni taqdim etish majburiyatisiz chet elga olib chiqish. O’zbеkiston Rеspublikasining yuridik yoki jismoniy shaxsi tomonidan xorijiy davlatning yuridik yoki jismoniy shaxsi uchun ishlar bajarish (xizmatlar ko’rsatish),ularning bajarilish (ko’rsatilish) joyidan qat’i nazar, ishlar (xizmatlar) eksportidir. 
Mamlakat eksport salohiyatini kengaytirish bo`yicha hukumat tomonidan olib borilayotgan siyosat muayyan natijalarga erishishga imkon berdi. Jumladan, hisobot davrida tovarlar va xizmatlar eksportida ishtirok etgan korxonalar soni o`tgan yilning shu davriga nisbatan 952 taga ko`payib, ularning umumiy soni 4 840 tani tashkil etdi. Hisobot davrida tovarlar va xizmatlar eksporti bilan shug`ullanuvchi xo`jalik yurituvchi subyektlarning eksport hajmi 12 463,0 mln. AQSh dollarini tashkil etdi (o`tgan yilning shu davriga nisbatan o`sish sur`ati 46,7 % ga teng). Eksport tarkibida tovarlar 82,4 % ulushga ega bo`lib, bular asosan energiya manbalari va neft mahsulotlari (15,6 %), to`qimachilik va to`qimachilik buyumlari (8,4 %), oziqovqat mahsulotlari (8,2 %), rangli metallar va undan tayyorlangan buyumlar (5,1 %) hamda kimyo mahsulotlari va buyumlari (4,8 %) hissasiga tog`ri kelmoqda. Oltin hajmini hisobga olmagan holda, jami tovar va xizmatlar eksporti 8 518,9 mln. AQSh dollarini tashkil etib, 22,8 % ga o`sdi.(1-diagramma)

1-diagramma.
Eksport qilinayotgan tovar va xizmatlarning asosiy qismi Xitoy (eksport umumiy hajmining 16,1 %), Rossiya (12,8 %), Qozog`iston (7,8 %), Turkiya (6,2 %), Qirg`iziston (3,9 %), Afg`oniston (2,9 %) va Tojikiston (1,6 %) hissasiga to`g`ri keladi. Joriy yilning yanvar-avgust oylarida tovarlar va xizmatlar eksporti bo`yicha yettita asosiy hamkor davlatlardan biri bo`lgan Tojikiston eksport ulushi bo`yicha Eron Islom Respublikasini ortda qoldirib o`z o`rniga ega bo`ldi. Shu bilan birga, Qirg`iziston yildan yilga Afg`oniston bilan bir qatorda o`z mavqeini mustahkamlamoqda.(2-diagramma)

(2-diagramma)
Hamkor mamlakatlarning tovarlar va xizmatlar eksporti bo`yicha jug`rofiyasi o`tgan yilning shu davriga nisbatan 145 davlatdan 166 davlatgacha o`sdi.
Xizmatlar eksporti hajmi 2 197,1 mln. AQSh dollarini yoki jami eksport hajmining 17,6 % ini tashkil etib, o`tgan yilning shu davriga nisbatan 10,9 % ga o`sganligi kuzatildi. Xizmatlar eksporti tarkibining asosiy ulushi transport xizmatlari, turizm xizmatlari, telekommunikatsiya, kompyuter va axborot xizmatlari hamda moliyaviy xizmatlar hissasiga to`g`ri keladi.
Import - chet ellik sotuvchidan tovarlarni sotib olish, ularni xaridor mamlakatining bojxona hududiga olib kirish. Xorijiy davlatning yuridik yoki jismoniy shaxsi tomonidan O’zbеkiston Rеspublikasining yuridik yoki jismoniy shaxsi uchun ishlar bajarish (xizmatlar ko’rsatish),ularning bajarilish (ko’rsatilish)joyidan qat’i nazar, ishlar (xizmatlar) importidir.
Joriy yilning yanvar-avgust oylarida import hajmi 15 970,3 mln. AQSh dollariga (o`sish sur`ati 32,8 %) teng bo`ldi. Import tarkibida eng katta ulush mashina va asbob uskunalar hamda ularning qismlari (44,9 %), kimyo mahsulotlari va undan tayyorlangan buyumlar (12,8 %) hamda oziq-ovqat mahsulotlari (7,7 %) hisobiga to`g`ri keldi.
2019 yil yanvar-avgust oylarida import qilingan tovarlar va xizmatlar tarkibi tahlili shuni ko`rsatdiki, o`tgan yilning mos davriga nisbatan mashina va asbobuskunalar hamda ularning qismlari importining ulushi 40,3 % dan 44,9 % gacha o`sdi, oziq-ovqat mahsulotlari importining ulushi esa 9,1 % dan 7,7 % ga kamaydi.
Importning eng katta ulushi, jumladan, energiya manbalari va neft mahsulotlari (95,2 %), rangli metallar va ulardan tayyorlangan buyumlar (66,1 %), oziq-ovqat mahsulotlari (65,9 %) shuningdek qora metallar va ulardan yasalgan buyumlar (65,5 %) MDH mamlakatlariga to`g`ri keladi, boshqa xorijiy mamlakatlarga esa eng katta ulush mashina va asbob-uskunalar (88,8 %), kimyoviy mahsulotlar va undan tayyorlangan buyumlar (78,8 %) hissasiga to`g`ri keladi.
2019-yilning yanvar-avgust oyida respublikaga 149 dan ortiq xorijiy davlatlardan tovar va xizmatlar importi amalga oshirilgan. Shulardan 7 tа eng yirik bo`lgan Xitoy Xalq Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Koreya Respublikasi, Qozog`iston, Turkiya, Germaniya va AQSh hamkor davlatlaridan jami import hajmi 10 836,8 mln. AQSh dollariga teng. Bu esa umumiy import hajmining 67,9 % ini tashkil qiladi.

Download 0,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish