Ta'lim vazirligi Toshkent Kimyo-texnologiya instituti



Download 1,54 Mb.
bet12/19
Sana31.12.2021
Hajmi1,54 Mb.
#255208
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
Bog'liq
M9-20 Turg'unova Roziya (3)

4NH3 + 5O2 = 4NO + 6H2O

  1. NO ni havo kislorodi ishtirokida NO2 ga qadar oksidlash:

2NO + O2 = 2NO2

  1. NO2 ni mo‘l miqdorda kislorod ishtirokida suvga yuttirish:

4NO2 + 2H2O + O2 = 4HNO3

Nitrat kislota ahamiyati va ishlatilish sohasining kengligi bo‘yicha boshqa anorganik kislotalar orasida faqat sulfat kilotadan keyingi ikkinchi o‘rinda turadi. Juda ko‘p sohalarda ishlatiladi. Dunyoda ishlab chiqariladigan nitrat kislotaning 75% i azotli o‘g‘itlar ishlab chiqarishda, 15% i portlovchi moddalar va organik bo‘yoqlar olishda va boshqa moddalar ishlab chiqarishda ishlatiladi.

Ammiakli selitra (NH4NO3) asosan o‘simliklar uchun mineral ozuqa sifatida ishlatiladi. U atmosfera bosimida va —50°C dan 169,60C gacha xarorat oralig‘ida besh xil kristallik shaklida bo‘ladi. NH4NO3— N2O izotermik diagrammasida ammoniy nitratning I-1U turli kristall shakli uchun xarorat oraliqlari ko‘rsatilgan.

U 169,6°C da suyuqlanadi va U-shakli esa-16,9°C; dan quyi xaroratdagina to‘g‘ri bo‘ladi. Kristall shakllarining o‘zgarish chegarasi hamda xarorati ammiakli selitraning namligi va tarkibidagi qo‘shimchalar miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Ammoniy nitrat suvda yaxshi eriydi. Uning 100°C xaroratdagi eruvchanlik koeffitsienti 1000 kg H2O da 10000 kg dan ortiqroq NH4NO3 ga tengdir. Ammoniy nitratning suvli eritmasini kristallanish xaroratidan yuqorirokda bug‘latilsa, tamoman suvsiz suyulgan tuzga aylanadi.

U o‘ta gigroskopik modda xisoblanadi 30°C xaroratda to‘yingan eritmasi (70,2% li) ning yuzasidagi bo‘g‘ bosimi -2,46 KPa (yoki 18,5 mm.sim.ust.) atrofida, gigroskoiik nuqtasi esa 60% atrofida bo‘ladi. Bunda xavoning nisbiy namligi 60% dan yuqori bo‘lganda u namlanib qoladi.

Ammoniy nitrat gigroskopikligi va uni xavodan nam tortish tezligi unga eruvchan noorganik tuzlar qo‘shilganda ortib boradi. Masalan, 1,2% magniy nitrat qo‘shilsa, ammoniy nitratning gigroskopik nuqtasi 8-12% gacha pasayadi, nam tortish tezligi esa oshadi.

Suvda yaxshi eruvchanligi, eruvchanlik koeffitsenti yuqoriligi, gigroskopikligi va polimorf o‘zgaruvchanligi sababli ammoniy nitrat kristallari o‘zaro yopishib, qattiqlashib qoladi. Sepiluvchanligi yo‘qolib, uni ishlatish qiyinlashadi.

Ammoniy nitratning yopishqoqligini kamaytirish uchun:



  1. Mahsulot tarkibida juda oz miqdorda (0,2%) suv qolguncha bug‘latiladi, donadorlanadi va sovutiladi. Bunda 32, 30S dan quyi xaroratda turg‘un, (stabil) bo‘lgan uning 1U-shakli hosilbo‘ladi.

  2. Mahsulot kristallanguncha turli qo‘shimchalar qo‘shiladi. Bunday qo‘shimchalar sifatida magnezit yoki dolomitni nitrat kislotada parchalash yo‘li bilan olingan magniy nitrat, kalsiy va magniy nitratlari, fosforit yoki apatitni nitrat kislotada parchalash orqali hosil qilingan mahsulotlar, diammoniyfosfat, ammoniy sulfatlardan foydalaniladi. Bunda magniy nitrat {Mg (NO₃)2 *H2O} kristallogidratini hosil qilib, ammoniy nitratning II-shaklini III-ga o‘tishini sekinlashtiradi va II- shaklini IV-ga metastabil o‘tishini va donalar mustaxkamligini ta'minlaydi.

Qotmagan mahsulotga erimaydigan moddalarni qo‘shish esa donalarning mayda kristall struktura xolida qotishiga, zichligi oshishi va mustaxkam bo‘lishiga yordamberadi.

  1. Mahsulot donalariga sirt aktiv moddalar bilan ishlov berilib, gidrofob qatlam hosil qilinadi. Buning uchun naftalin-formaldegid (NF) ning 40% li eritmasi ishlatiladi. Mahsulot polietilen yoki qog‘oz qoplarga solinib, og‘zi maxkam tikiladi.


2.1- rasm. NH4NO₃ ning suvda eruvchanligi.

Kristallar shakli: I — kubsimon; II — tetragonal; III — rombik-monoklinik; IV— bipromidal rombik; V — tetragonal.

Ammoniy nitrat 110°C xaroratdan yuqorida parchalana boshlaydi: NH4NO₃ → NH₃(g) +HNO₃(g) - 174,4 kj

Bu reaksiya sekin sodir bo‘ladi. Masalan, 1650C xaroratda bir sutka davomida massa jixatdan 6% miqdori parchalanadi. Namlik ortishi bilan parchalanish tezligi ham ortadi. Xarorat 200-270°S da parchalanish tezligi yanada ortadi:


Download 1,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish