Manbalar va adabiyotlar
Alimov I va b. Arxivshunoslik. Toshkent, 1997.
Teoriya i pratika arxivnogo delo v SSSR. Moskva, 1980.
8- Mavzu: Arxivlarni yangi hujjatlar bilan to’ldirish
Reja:
1. Arxivlarni komplektlash tushunchasi. Arxivlarni yangi
hujjatlar bilan to’ldirish manbalari
2. Arxivlarni yangi hujjatlari bilan to’ldirishni tashkil etish
39
Arxivshunoslikda «arxivlarni
komplektlash» deganda ularni yangi
hujjatlar bilan to’ldirish tushuniladi. Davlat
arxivlari sistemali ravishda yangi hujjatlar
bilan to’ldirib boriladi. Arxivlarni
komplektlash tartibi qonunda, O’zR Bosh
arxiv boshqarmasining nizomlarida hamda rejalarda belgilab beriladi.
Idoraviy arxivlar ham doimiy tarzda yangi hujjatlar bilan to’ldiriladi. Bu
arxivlarga har yili yangi hujjatlar qabul qilinadi. Idoraviy arxivlarda hujjatlar
vaqtincha, ma’lum muddat davomida saqlanadi. Belgilangan muddatdan so’ng
ilmiy ahamiyatga molik hujjatlar doimiy ravishda saqlash uchun davlat arxivlariga
topshiriladi, qolganlari esa dalolatnoma tuzilib, yo’q qilinadi.
Davlat arxivlarini komplektlash murakkab va mas’uliyatli ish bo’lib, u
hujjatlar manbasini aniqlash, hujjatlarni tanlab olish va ularni davlat arxivlari
shoxobchalariga taqsimlashni o’z ichiga oladi. Hujjatlar va yig’majildlarni idoraviy
arxivlardan davlat arxivlariga o’tkazish ham arxivlarni komplektlash bilan bevosita
bog’liqdir.
Davlat arxivlarini komplektlashdan asosiy maqsad har bir arxivda uning
yo’nalishiga mos keladigan hujjatlarni imkon qadar to’liqroq yig’ishdir. Bu esa
hujjatlarni to’g’ri tashkil etish, ularni ilmiy-ma’lumotnoma apparatini yaratish,
ulardan har tomonlama foydalanish imkoniyatini beradi.
DAF hujjatlarini davlat arxivlari shoxobchalariga taqsimlash har bir arxiv
fondining bo’linmasligini hamda hujjatlarni turkumlashning asosiy belgilarini
inmobatga olgan holda amalga oshiriladi.
O’zR DAF hujjatlari respublika ahamiyatiga va mahalliy ahamiyatga molik
bo’lgan materiallarga bo’linadi. Respublika ahamiyatiga molik hujjatlar qatoriga
Turkiston general-gubernatori mahkamasi, Muvaqqat hukumatning Turkiston
Komiteti, TASSR va O’zSSR MIK va XKS, O’zSSR Oliy Soveti iva Ministrlar
Soveti, O’zR Prezidenti Devoni, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasi, respublika
vazirliklari va muassasalari fondlari markaziy ahamiyatga molik hujjatlardir.
Bunday hujjatlar ularning mazmuni, yaratilish texnikasini hisobga olgan holda
markaziy davlat arxivlari – O’zR MDA, O’z ITMH MDA, O’zR KFFH MDA yoki
O’zR Prezidenti Devoni arxivida joylashtiriladi.
Mahalliy ahamiyatga ega bo’lgan hujjatlar respublikaning ma’muriy-siyosiy
tuzilishi asosida tuzilgan Qoraqalpog’iston Respublikasi MDA, viloyat davlat
arxivlari va ularning filiallari hamda Toshkent shahar davlat arxiviga taqsimlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |