Tayanch iboralar Hujjatlarni ekspertiza qilish (ekspertizadan o’tkazish) - hujjatlarni ilmiy qiymatini aniqlash va davlat arxivlari uchun tanlab olish bilan bog’liq ishlar Hujjatlarni ekspertizadan o’tkazish tamoyillari - hujjatlarni ilmiy ahamiyatini aniqlash jarayonida e’tiborga olinadigan tarixiylik, yaxlitlik va hartomonlamalilik prinsiplari Hujjatlarni ekspertizadan o’tkazish me’yorlari - hujjatlarni ilmiy qiymatini belgilab beruvchi Hujjatlarni ekspertizadan o’tkazishni tashkil etish 38 asosiy belgilar Ekspert komissiyalari – davlat va muassasa arxivlarida hujjatlarni ekspertizadan o’tkazish bilan shug’ullanadigan maxsus komissiyalar Ekspert-tekshiruv komissiyalari – viloyat arxiv bo’limlari huzurida tashkil etilgan va ekspert komissiyalari faoliyatini nazorat qiluvchi komissiyalar Markaziy ekspert-tekshiruv komissiyasi – O’zbekiston Respublikasi Bosh arxiv boshqarmasi huzurida faoliyat ko’rsatuvchi va barcha ekspert komissiyalar faoliyatini yo’naltiruvchi va nazorat qiluvchi komissiya