hisoblab topiladigan tavsif bilan ifodalanadi. Qayta ishlanadigan
materiallar, odatda, moddiy bo‘ladi va ularning miqdori uzluksiz
tavsif bilan ifodalanadi. Texnik vositalar va qayta ishlanadigan mate-
riallar ko‘pincha
tovarlar
(mahsulotlar) deb ataladi.
Uslubiyat (metod ika) — faoliyatni rasmiy amalga oshirish yo‘lidir.
Uslublar, odatda, hujjatlashtiriladi.
Hujjatlashtirilgan uslublar o ‘zida quyidagilarni ifoda etadi:
— faoliyatning maqsadi va doirasini;
— kim tomonidan va nima bajarilishi kerakligini;
157
— qachon, qayerda va qay tarzda amalga oshirilishi kerakligini;
— qanday manbalar, hujjatlar va qanday jihozlar ishlatilishi
kerakligini;
— ular qay yo‘sinda nazorat qilinishi va qayd etilishi kerakligini.
Do'stlaringiz bilan baham: |