yoxud ikkalasini ifodalovchi ma’no sifatida foydalanish mumkin. 158
Sifat — o ‘z tafsilotlari majmuyining talablarga muvofiqlik darajasi. Iste’molchilarning qoniqqanliligi — iste’molchilarning o ‘z talablarining bajarilganlik darajasidan mamnun bo‘lganlik hissiyoti. Sifat menejmenti tizimi — sifatga nisbatan tashkilotga rahbarlik qilish va boshqarish uchun menejment tizimi. Sifat sohasidagi siyosat — yuqori rahbariyat tomonidan ifoda- langan sifat sohasida tashkilotning umumiy maqsad va faoliyat yo‘nalishi. Tashkiliy tuzilma — xodimlar o ‘rtasida mas’ullik, vakolatlik va o ‘zaro munosabatlarning taqsimlanishi. Manfaatdor tomon — tashkilotning faoliyati yoki yutuqlaridan manfaatdor shaxs yoki guruh.