xavfidan himoyalangan qurilmalar, kemalar, suzish vositalari,
samolyotlar, aviatsiya qurilmalari, atom reaktorlari va tog‘ texnika-
sining ishlatilishidagi xavfsizligini ta’minlash maqsadida texnikaviy
nazorat o ‘rnatuvchi idoralar shartli tekshiruvni amalga oshiradi.
Akkreditatsiya — nufuzli idora tomonidan boshqa bir tashkilot
yoki shaxsni rasmiy ravishda aniq ishlarni bajarishga to ‘la huquqli
vakolat berilganligini e ’tirof etishidir.
Mahsulot — ma’lum faoliyat yoki jarayon natijasidir. Mahsulot
tushunchasiga quyidagicha izohlar keltirilgan:
1. Mahsulotning to ‘rtta toifasi bor:
— xizmatlar (yuk tashish, bank xizmati, sug‘urta faoliyati va
h.k.);
— dasturiy vositalar (kompyuter dasturi, lug‘at, o ‘quv dastur-
lari);
— texnik vositalar (motorning qismi);
— qayta ishlanadigan materiallar.
Do'stlaringiz bilan baham: |