1.2. Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish
faoliyati va uning rivojlanish tarixi
XX asrning ikkinchi yarmida xalq xo‘jaligining barcha soha-
laridagi ilm-fan, madaniyatning gurkirab rivojlanishi bejizga ilmiy-
texnikaviy inqilob deb atalmaydi. Ilg‘or ilmiy yutuqlar fanga, bizning
kundalik hayotimizga kirib kelib, shu darajada odatiy bo‘lib qol-
ganki, aksariyat hollarda biz ularga e’tibor bermaymiz yoki sezmay-
miz. Bularning hammasi to ‘la ma’noda zamonaviy axborot o ‘l-
chash texnikalariga ham tegishlidir.
Metrologiya faoliyatining tarixi. O‘lchashlar haqidagi fanning
tarixi minglab yillarni tashkil etadi. O ‘lchashlarga bo‘lgan ehtiyoj
qadim zamonlarda yuzaga kelgan. Inson kundalik hayotida turli
kattaliklar: masofalar, yer maydonlarining yuzalari, jismlarning
Do'stlaringiz bilan baham: |