yog‘ingarchiligi va uning ekin hosiliga ta’siri to‘g‘risidagi ma’lumot-
10
lari, Ulug‘bekning «Zij jadvallari»da keltirgan, hozirgi kunda eng
zamonaviy o ‘lchash qurilmalarida olingan natijalardan juda oz
tafovut qiluvchi ma’lumotlari alohida tahsinga sazovordir. Bundan
tashqari, Forobiyning astronomik kuzatishlar va o ‘lchashlar uchun
maxsus asbob — usturlob yasash sirlari xususidagi qimmatli ma’lu
motlari juda katta ham ilmiy, ham falsafiy ahamiyatga ega.
O‘lchash texnikasi ehtimollar nazariyasi, boshqarish nazariyasi
va boshqa ilmiy yo‘nalishlar bilan birgalikda axborot-o‘lchash,
ya’ni o ‘zida asosiy axborot olish imkonini beradigan vositalarni
jamlagan (o ‘lchash, nazorat qilish, hisoblash, tashxis, umumlash-
tirish va tasvirlarni aniqlash) texnikasining rivojiga asos bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |