o ‘lchov birligi sifatida ishlatilgan — karat; dorishunoslikda og‘irlik
birligi sifatida qo‘llaniladigan, ingliz, fransuz, lotin va ispan tillarida
«bug‘doy doni» ma’nosini bildiruvchi gran va hokazolar.
Ba’zi tabiiy o ‘lchovlar ham uzoq o ‘tmishga ega. Ularning
dastlabkilaridan biri hamma yerda ishlatiladigan — vaqt o ‘lchov-
laridir. Munajjimlarning ko‘p yillik kuzatishlari natijasida qadimgi
Bobilda (Vavilonda) vaqt birligi sifatida yil, oy, soat tushunchalari
ishlatilgan. Keyinchalik Yerning o ‘z o ‘qi atrofida to ‘la aylanishiga
8
ketgan vaqtning 1/86400 qismi sekund (soniya) nomini olgan.
Qadimgi bobilliklar miloddan avvalgi II asrdayoq vaqtni minalarda
o ‘lchashgan. Mina taxminan ikki astronomik soat vaqt oralig‘iga
Do'stlaringiz bilan baham: |